My Mafia Teacher
Ep: 16
Kech bo'lishiga qaramasdan Suna hali ham uxlab yotar ekan. Yuzida sovuq qo'llarning sayr qilayotganini sezib uyg'onib ketdi. Qiz ko'zini ochib qarasa qarshisida ko'ziga tanish bo'lgan insoni turar edi.
-Jimin? (deya qiz o'zini yigitni bag'riga otdi. Jimin ham qizni bag'riga olib sochlaridan silay boshladi. Kutilmaganda qizning ko'zlaridan yoshlar sizib chiqa boshladi)
-Shsh. Bo'ldi Suna. Hammasi yaxshi. Men shu yerdaman. Men qaytib keldim. Yig'lama iltimos.
-Meni siz yo'qligingizda qanchalik qiynalib, azob chekkanimni bilasizmi?
-Meni kechir. Tezroq qayta olmaganim uchun (deya qizni ko'ryoshlarini artayotganda ko'zi qizning qo'lidagi ukol izlariga ko'zi tushdi)
-Qo'lingdagi ukol izi qayerdan keldi? Kasal bo'ldingmi?
-Bilasizmi Jimin, Siz ketganingizdan keyin... (Deya Suna Jiminga barcha voqealarni aytib berdi)
Bu gaplarni eshitgan Jiminni g'azabdan qo'llari musht bo'lib tomirlari bo'rtib turardi.
-Men uni o'ldiraman. U iflos seni jinnixonaga tiqib yana kamiga senga qo'l ko'targani uchun. Qani o'giril
deya Jimin qizni o'ziga teskari qaratib qizni kiyimini tepaga ko'tardi va qizni tanasini ko'zdan kechirdi. Qizni oppoq tanasidan hali ham remen izlari ketmagan edi.
Iflos Taehyung o'yininga yaqinlarimni aralashtirganing uchun hali javob berasan.
-Izlar hali ham ketmapti. Endi men yoningdaman. O'sha Taehyung senga hech narsa qilolmaydi.
-Iltimos boshqa meni yolg'izlatib qo'ymang. Sizsiz rosa qiynaldim. Sizni judayam sog'indim.
-Men ham seni sog'indim. Endi bu yerda qolmaysan. Men bilan ketasan. Janob Lee kelguncha menikida turasan. Narsalaringni yeg'
-Hop. Lekin qachon qaytdiz Amerikadan?
-1 soat oldin. Aeraportdan chiqishim bilan bu yurak sen tomonga oshiqdi. (Deya Jimin qo'lini yuragiga olib bordi)
Suna esa narsalarini yig'ishni boshladi.
Isul esa xonasida RM kelishini kutib o'turar ekan xonasiga akasi Yoongi kirib keldi. Isul akasini ko'rib butkul hayratdan og'zi ochilib qoldi.
-Qoyil. Judayam handsome bo'lib ketibsiz. Va yana yoqimtoy mushukka o'xshab qolibsiz.
-Bas qil mushuk deyishni. Menga yordaming kerak. Uchrashuvga qaysi bo'yinbog'ni taqsam yaxshiroq unisimi yoki bumi? (deya Yoongi singlisiga qo'lidagi 2 ta bo'yinbog'ni ko'rsatdi)
-Menimcha chap qo'lizdagisi yaxshiroq.
Rahmat. Haliroq ko'rishamiz. Ha aytgancha qayerga ketyapsan o'zing?
-Menmi? Men dugonamni tug'ilgan kuni edi.
-Faqat kech qolib ketma. (deya Yoongi xonadan chiqb ketdi)
Aka kechiring men sizni aldamoqchi emas edim. Lekin ko'nglim negadir notinch. Bir tarafdan "RMni idol bo'lib debyut qilgandan keyin hammasi hozirgidek davom etamikan?" degan savol o'ylantirsa, ikkichi tomondan "u bilan akam munosabatimizdan xabar topsa qarshilik qilmaydimikan?" Degan savol o'ylantirar edi. Menga maslahat beradigan odam kerak. Bu holatimda menga faqat Suna yordam bera oladi. Lekin Sunani bir necha kundan beri ko'rganim yo'q. Ahvoli yaxshimi? Yo'qmi bilmayman. Hattoki qo'g'iroqlarimga javob bermayotganligi meni havotirga solar edi. Sunani boshlang'ich maktabdan beri yaxshi bilaman. Hech qachon sababsiz o'z-o'zidan g'oyib bo'lib qolmaydi. Har doim oldimdan aytib qo'yar edi. Ha mayli hammasi yaxshilikka bo'lsin. Ertaga uyiga borib habar olaman.
Birozdan so'ng Isulning telefoni jiringladi. Qarasa ekranda tanish bo'lgan inson. Isul ikkilanmay telefonga javob berdi.
-Aloo, Isul men keldim. Uyingni oldida turibman. Chiq.
-Hozir bir daqiqa (deya Isul telefonni o'chirdiyu, sumkasini olib chiqib ketdi)
Isul uyidan chiqqanida tashqarida mashina eshigiga suyangacha RM motatsiklga suyangacha RM turar edi. Ikkisi ham bir-birini ko'rib hayratda qoldi. Ikkalasi ham juda ajoyib ko'rinishar edi.
Qarshimdagi qizni yana qaytadan sevib qolayotgan edim. U men tomonga yaqinlashib kelar ekan unga ilk marotaba sevgi izhor qilmoqchi bo'layotgan boladay hayajonlanar edim.
-Salom, sevgilim (deya RM Isulni yengil quchoqladi)
-Senga ham salom (deya Isul ham RM ni yuzidan yengil o'pib oldi)
-Kettikmi? (deya RM qizga qo'shimcha Shlemini berib Motasiklga o'tirdi. Isul ham orqa o'rindig'ni egallaganida RM qorong'i ko'chalar bo'ylab motasiklini haydab ketdi)
Suna narsalarini yig'ib bo'lib Jimin bilan uydan chiqib ketishar ekan kutilmaganda zalning chiroqlari yondi. Ularning qarshisida viski ushlagancha Taehyung turar edi. Jimin hech qanday ikkilanmay vajohat bilan Taehyungning yoqadidan oldi
-Hoy, iflos, nega o'yininga yaqinlarimni aralashtiryapsan?
-Tort qo'lingni. Bilasanku, begunohlarni azoblash yoqadi. Yaqinlaring orqali senga zarar bermoqchiman.
-Mendan nima hohlaysan. Nega hayotimga kirib kelding?
-Qasos. Otamni o'ldirganlaring uchun butun oilangdan qasosimni olaman.
Bu gaplarni chetda eshitib turgan Sunaning hayolida minglab savollar paydo bo'la boshladi.
Nahotki, men sevgan inson qotil bo'lsa? Unga keyinchik ham ishona olamanmi? Balki o'z sababi bordir. Lekin nega uning otasi? Yaxshisi Jiminning o'zidan javob olaman.
-Orada hech qanday qasos qolmagan. Dadang qilgan ishi uchun badal to'lagan (deya Jimin Sunani qo'lidan tutib uydan chiqib ketayotganda Taehyungni gapi ularni to'xtatdi)
-Qiz hech qayerga ketmaydi. Shu yerda qoladi.
-Yana uni kaltaklashing uchunmi? Yoki yana jinni xonaga tiqishing uchunmi? Hech qachon. U men bilan ketadi. Bu haqida uning dadasiga xabar beraman.
-Uning dadasi allaqachon opamni quchog'ida bo'lsa kerak.
-Menga farqi yo'q. Men Sunani olib ketaman. (deya Jimin qizni qo'lidan tutib uydan chiqib ketdi)
Opera binosi oldida qiz soatiga qaragancha u kutayotgan insoni kelishini kutar edi. Ko'p o'tmay u kutayotgan odam ham ko'rinish berdi. Va qiz tomonga yaqinlashib kela boshladi.
-Salom Yona. Kuttirib qo'yganim uchun uzr so'rayman.
-Hech qisi yo'q. Ko'p kutmadim.
-Ha aytgancha bu sizga (deya Yoongi qiz uchun olgan guldastani qizga topshirdi)
-Rahmat. Didingiz chakki emas. Menga juda yoqdi.
Yoqqanidan xursandman. (Deya yigit qizga yengil tabassum qildi)
-Ha aytgancha o'tgan safargi sochiz biroz boshqacha edi.
-Juda kelishgansiz...(Yonaning bu gap qanday qilib og'zidan chiqib ketganini ham bilmay qoldi)
-A...aa.. Balki operani tomosha qilgani binoga kirarmiz
-Aha (deya ular bino ichiga kirib ketishdi)
5 daqiqadan so'ng ularni ortidan RM va Isul yetib keldi va motatsikldan tushib bino ichiga kirib ketishdi.
Jimin Sunani uyiga olib keldi va uyda ukasi yo'qligini his qilgan Jimin qizni mehmonxonaga olib kirdi. Qizni divanga o'tirishini aytib o'zi esa oshxonadan suv olib kelib qizga berdi va qizning oldidan joy egalladi.
-Buni ichib ol. Senga tinchlanishinga yordam beradi.
-Jimin boya Taehyung aytgan gap rostmi. U bilan o'rtangizda nima bor?
Yaxshi.( deya Jimin o'rnidan turib kamin oldiga bordi va kamindagi olovga tikilgancha gap boshladi:
-5 yil oldin o'sha payt 20 yosh edim. Meni singlim bor edi. O'sha payt u 18 yosh edi. Bir kuni dadamni yangi hamkori bilan oilaviy kechki ovqat qilayotgan edik. Ha bu Taehyungning oilasi edi. Taehyungning oyisini vafotidan keyin uning dadasi qizlarga suyagi yo'q bo'lib qolgan edi. Biz ular bilan ovqatlanib o'tirar ekanmiz o'sha hamkori singlimdan ko'z uzmayotganligini sezdim...
-Keyin... kechki ovqatdan keyin dadam bilan Jabob Kim ishini gaplashish uchun dasturxonni tark etdi. Ko'p o'tmay ular o'tirgan xonadan janjal ovozi eshitildi. Keyin men va Taehyung ular o'tirgan xonaga kirdik. Xonadan dadam bilan Jabob Kimni janjali eshitilib turar edi.
-Menga qizingni berasan. (J Kim)
-Qizingni menga bersang men seni biznesinga yordam beraman. Agar bermasang seni kasotga uchrataman.
-Hech qachon. Senga beradigan qizim yo'q. Sen bilan hamkorlikni bekor qilaman. Yo'qol uyimdan...
-Keyin dadam ular bilan hamkorlikni bekor qildi. 1 haftadan keyin singlim o'qishdam uyga qaytib kelmadi. Keyin uni izlashga tushdik dadam bilan. Hamma yerni qaradik. Lekin topolmadik. 2 kundan keyin singlimni uyimiz oldida chalajon ahvolda topdik. Kiyimlari yirtilgan, kimdir uni zo'rlaganligi yaqqol bilinib turar edi. Hech ikkilanmasdan uni shifoxonaga olib bordik...
Ota-bola shifoxonaning kutish zalida bosh shifokor chiqishini kutib o'tirar ekan ikkisining ham hayoli faqat qizda edi. U qiz birining suyukli farzandi bo'lsa,Jiminni esa yaqin jigari bo'lmish singlisi edi. Va nihoyat shifokor chiqqanini ko'rgan ota-bola o'rnidan sapchib turgancha shifokorga yuzlandi.
-Ho'sh, doctor. Qizimni ahvoli yaxshimi? (Deya Qizning otasi shifokorga najot bilan qaradi)
-Qiz 2 kun mobaynida ketma-ket shavqatsizlarcha zo'rlangan. Biz qo'limizdan keganicha harakat qildik lekin qizingni qonidan infeksiya aniqlandi. Bu degani qizingizda spit kasalligi bor.
Janob Park va Jimin bu gaplarni eshitib ko'zlaridan yosh chiqdi. O'z jigarinini bu ahvolda ko'rishlikni ko'tara olishlolmas edi.
-O'shandan keyin Singlim Mia ga qo'limdan kegancha g'amxo'rlik qildik. Lekin u faqat bir nuqtaga tikilgancha o'tirar edi. Men esa uni bu ahvolga kim solganini aniqlashni boshladim. Keyin bilsam uni Taehyungni dadasi o'g'irlab ketib zo'rlagan ekan. Bularni eshitib men uni oldiga bordim va uni peshonasidan otdim. O'sha payt ko'zimga hech nima ko'rinmas edi. G'azab va alam vujudimni egallab olgan edi. Keyin uyga qaytsam singlim bunga ortiq chiday olmay o'z joniga qasd qilibdi.
Bu gaplarni eshitgan Sunaning ko'zlaridan beixtiyor yosh chiqdi.
-Keyinchi Taehyungga nima bo'ldi?
-Taehyung dadasini o'lmidan keyin, opasi bilan Amerikaga jo'nab ketdi va bir kun qaytib qasos olishini aytdi. Mana hozir qaytib keldi. Senga hammasini aytdim.
Opera zalidan Yoongi va Yona chiqishar ekan. Kutilmaganda Yoongini ko'zi tanish bir insonga tushdi.
Anovi qiz Isul emasmi? (deya Yoongi qizga yetvolishga harakat qilar edi va qizga yetib olib qizni bilagidan olib o'ziga qaratdi)
-Isul. Bu yerda nima qilyapsan? Bu yigit kim?