My Mafia Teacher
-Opa, men bir qarorga keldim. Qasos olish fikridan qaytdim. Sizga ham shuni maslahat beraman. Bu fikrizdan qayting. Menga qasos kerak emas.
-Nima, sen, ahmoq bo'ldingmi? Nega bunday qilyapsan. U dadamizni o'ldirgan. Hammasiga qo'l siltab ketmoqchimisan? Esingni yeb qo'yibsan.
-Ha esimni yedim, opa, dadamni qilgan iflos ishini ko'rib esimni yedim. Dadam shunga loyiq edi.
-Dadamni deb Jiminni singlisini o'lgan. Dadam Jiminni singlisini zo'rlab o'ldirgan ekan. Hozir shuni guvohi bo'ldim.
-Hozir sizga, besh yil oldingi tasvirlarni jo'nataman. Bundan keyin nima der ekansiz. Bu ishga aralashmang.(Deya Taehyung telefonini o'chirib, uyni tark etdi)
Telefoniga kelgan xabar ovozidan telefonini qo'lga olgan Seri, xabar ukasi Taehyungdan ekanligini ko'rib darhol uni ochdi, qarasa video tasvir ekan Seri hech ikkilanmay videoni ochib ko'ra boshladi. Seri videoni ko'rishda davom etar ekan, Serining yuzida daxshat aks etgandi. Serining miyasi hech narsani qabul qilmay qoldi. Ha, bu Taehyungni dadasi Jiminni singlisini zo'rlagan video edi.
Taehyung menga yuborgan video tasvirni ko'rar ekanman, asta-sekin daxshatga tusha boshladim. Yuzimda xayratni yashira olmas edim. Menda o'sha qizga achinish hissi paydo bo'lgan edi. Dada, dada nega bunday qilasiz. Sizni shu paytgacha aybsiz deb yurar edim...
Katta xonada uxlab yotgan Jimin va Sunaning uyqusini telefon jiringlashi buzdi. Jimin erinibgina ko'zini ochib telefonga qaradi, ekrandagi raqamni ko'rib hayratda qolgan Jimin telefonga javob berdi.
-Aloo, yana nima istaysan, Taehyung.
-Jimin, Senda muhim gapim gapim bor. Ko'rishib gaplashib olsak bo'ladimi?
-1 soatlardan keyin. Uying yaqinidagi kafeda.
-Yaxshi(deya Jimin telefonni o'chirib yana joyiga qo'ydi. Va yonida shiringina bo'lib uxlab yotgan Sunaning peshonasidan o'pib, o'rnidan turib Yuvunish xonasiga kirib ketdi)
Ilk tunni ehtiros bilan o‘tkazgan Nara ertalab ko‘zlarini erinibgina ochdi. Yonida hali hamon uxlab yotgan Jungkookni ko‘rdi. Ularning birinchi kechasi xuddi tushga o‘xshardi, lekin bu haqiqat edi.
Nara sekin uning presslarini silashni boshladi, qo‘llari Jungkookning issiq va kuchli tanasida sirg‘alib ketardi. Birdan Jungkook yengil kulimsirab, ko‘zlarini ochdi.
-Erta tongdan meni uyg‘otishning bunday yo‘li... sal makkorlik bo‘lmadi, Nara( dedi u mayin va yoqimli ovozda)
-Sizni uyg‘otib qo‘yishni istamagan edim... faqat uyg‘oqmisan deb tekshirishni o‘yladim(Deya Nara kulib qo'llarini Jkdan tortib oldi)
Jungkook yostiqqa tayanib, unga yaqinlashdi.
Agar uyg‘otsang ham, men qarshi bo‘lmasdim ( deya nozli ovozda Jungkook yostiqqa tayangacha, Naraga yaqinlashdi. Keyin yuzini uning sochlariga yaqin olib kelib, chuqur nafas olib: -Sening iforing menga tinchlik beradi.
Nara bu gaplardan qizarib ketdi, lekin bu so‘zlardan yuragi tezroq ura boshladi.
-Kechagi... Kechagi tun.. maxsus edi. (N)
Jungkook qizning qo‘lini o‘z qo‘liga oldi va barmoqlarini sekin silash barobarida:
-Ha, bu maxsus edi. Chunki bu seni o'zimniki qilgan tun edi.
Ular bir-biriga uzoq tikilib turishdi. So‘ng Jungkook u bilan quchoqlashdi va ovozini pastlatib:
-Bugun butun kunni shunchaki sen bilan birga o‘tkazmoqchiman. Hech narsa, hech kim bizni bu lahzadan chalg‘itmasin.
-Men bunga qarshi emasman. Lekin avval biror narsa yeyishimiz kerak.(Deya Nara Jungkookga kulib qaradi)
Narani bu gaplaridan Jungkookning yuziga kulgu yugurdi va uni quchoqlagancha joyidan turdi.
-Xo‘p, xo‘p. Lekin avval biror narsa yeyish o‘rniga seni yana bir quchoqlab olishim kerak. (Deya qizni dast ko'targancha yuvunish xonasiga krib ketdi)
Bu tong ham ehtiros va mehr bilan to‘ldi. Ular uchun bu nafaqat sevgi, balki birgalikdagi yangi hayotning boshlanishi edi.
Jimin kafega kelganida, Taehyung unga qarab o‘tirardi. U endi avvalgiday g‘azab va nafrat bilan emas, balki og‘ir, charchagan bir nigoh bilan qaradi.
-O‘tir. (Deya Taehyung Jiminni ro'parasidagi stulga ishora qildi)
Jimin hech ikkilanmay stulga o‘tirdi va uni kuzata boshladi.
- Nima gap? (Deya Jimin Taehyungga savol nigohlari bilan qaradi)
Taehyung chuqur nafas olib gap boshladi: - Bilaman, mening harakatlarim sen uchun oson bo‘lmadi. Ammo men haqiqiy haqiqatni bilishdan oldin ko‘zimni nafrat ko‘r qilgan edi.
Jimin uning yuziga qaradi, bu safar savol bilan emas, balki tushunish bilan.
-Dadam bizni ham qattiq aldab yashagan ekan. U qilgan jinoyatlari uchun qattiq jazoga loyiq edi. Men endi qasos haqida o‘ylamayman. Lekin sening ham singlingga yetkazilgan azobni unutib bo‘lmaydi. O'lib ketgan dadam uchun men kechirim so'rayman. Sen to'g'ri ish qilgan eding.
-Men ham o‘tmishni unutolmayman. Lekin hozirgi qaroring to‘g‘ri. Nafrat hech qachon tinchlik olib kelmaydi. Singlimni o'limida seni aybing yo'q edi. Dadang bu ishi uchun javob berib bo'lgan.(Deya Jimin sovuqqonlik bilan javob berdi)
Taehyung boshini egib, jim bo‘ldi. So‘ng o‘rnidan turib, qo‘lini uzatib:
-Kechirasanmi?
Jimin biroz ikkilanib, lekin oxir-oqibat qo‘lini siqdi.
Uyda Jiminni kutar ekanman, ichimda notinchlik bor edi. Uning Taehyung bilan uchrashgani meni qo‘rqitdi. Lekin Jimin qaytganda, uning yuzidagi yengillikni ko‘rdim.
-Ha, endi hammasi orqada qoldi.
Uch kundan keyin Koreani tark etdim. O‘tmishning soyasida yashash o‘zimga ham, boshqalarga ham zarar yetkazishini tushundim. Dadamning qilgan jinoyatlari uchun afsusdaman, lekin bu afsusni na qasos, na boshqa yo‘l bilan yuvib bo‘ladi. Amerikaga qaytib, butunlay yangi hayot boshlashga qaror qildim. O‘tmish orqada qoldi.
Jimin o‘zini yo‘qotgan kabi his qilardi. U mafiyalikni tark etishga qaror qilgan edi, lekin bu qaror uning ichida halokatli bir jangni boshladi. U o‘zining jinoyatlarini qayta ko‘rdi, ularning og‘irligini his qildi, va o‘zini aybdor his qilishni davom ettirdi. Har bir qadamda, har bir qarorda, u o‘zining kechirilmasligini, o‘zining jinoyatchi sifatida qolishini tasavvur qilar edi. Va shu bilan birga agar yana mafialikni davom ettirsa barcha yaqinlarini hayoti xavf ostida qolishini bilar edi. Lekin, yana bir tomondan, u yangi hayotga intilmoqda edi. Bu yangi boshlanishni kutgan va shu yo‘lni davom ettirgan Jimin uchun eng qiyin narsa o‘zi bilan yuzlashish edi.
Nara va Jungkook, o'zlarining yangi hayotini boshlash uchun Shvetsariyaga, tinch va go'zal tabiat bilan o'ralgan yurtga safar qilishdi. Ular, bu safar davomida nafaqat bir-biriga yanada yaqinlashishni, balki tinchlik va baxtni topishni orzu qilishgan edi.
Ularning tanlovi Shvetsariyaning eng go'zal burchagi, o'rmonlar va tog'lar bilan o'ralgan kichik bir qishloq edi. Ertalabki quyosh nurlari, qorli tog'lar va ulkan ko'llar ularni o'zining sehriga olib kirgandi. Jungkook va Nara, har bir lahzadan to'liq bahramand bo'lish uchun, birga qor ustida yurishib, tog'lar orasida sayr qilishdi.
Bir kuni ular ko'l bo'yida o'tirib, sokinlikni his qilishdi. Jungkook Nara bilan bu maxsus lahzalarni o'tkazish uchun, unga qarab dedi:
-Bu yerda, sen bilan, men haqiqiy baxtni topdim. Har bir qarorimizni birga qabul qilish, bu dunyoda eng go'zal narsa.
Nara, Jungkookning so'zlariga javoban kulib, uning qo'lini yana bir bor mahkam ushladi.
-Bu joyni tanlashingiz va bizni birga olib kelgan bu yerni sevaman. Har bir daqiqada siz bilan bo'lishni xohlayman.
Bularning barchasi Shvetsariyaning tinch va go'zal manzaralari bilan birga, Nara va Jungkook uchun eng go'zal va maxsus lahzalarga aylandi. Bu safar ularning o'rtasidagi sevgini mustahkamladi va yangi boshlanishlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Airaportda dadasi va o'gay onasini kutayotgan Suna dadasini ko'rish uchun sabrsizlanib ketar edi. Va nihoyat tanish chehralar Suna tomon ko'rinish berib yaqinlashib kela boshladi. Suna ham hech ikkilanmasdan borib dadasini mahkam quchoqladi.
-Dadajon, sizni juda sog'indim.
-Men ham seni sog'indim, qizalog'im.
Ularni bir chetda kuzatib turgan Seri yuziga tabassum yugirdi. Suna sekin dadasining quchog'idan chiqib Seri tomon nigohini qaratdi.
-Biz yaxshimiz (deya Seri qo'lini qorniga olib bordi)
-Kettik, uyga (deya Suna ularni airoportdan olib chiqib ketdi)
Restorandagi band qilingan joyda sokin musiqa, romantik muhitda Yoongi va Yona ovqatini tanavvul qilib o'tirar ekan, Yoongi ortiq hech narsani cho'zishni istamay gap boshladi:
-Bilasanmi, Yona? Boshida bu turmush faqat biznes uchun ded o'ylagan edim. Ammo adashibman. Men sen bilan kelishuv asosida turmush qurishni xohlamayman(deya Yoongi o'rnidan turib, to'g'ri Yonaning yoniga keldi. Uning ko'zlarida qat'iyat bilan birga samimiyat aks etardi. U egilib, Yonaning qo'llarini qo'liga oldi va davom etdi:
-Men seni sevib qoldim, Yona. Bu turmush endi nafaqat biznes, balki mening yuragim uchun ham muhim. Sen mening hayotimning bir qismiga aylanib qolding. Men sen bilan kelishuv asosida emas, sevgi asosida birga bo'lishni xohlayman. Iltimos, menga yangi imkoniyat ber.
Yona Yoongining so'zlarini tinglar ekan, yuragi tez-tez urar, nafaslari qisilib ketganday his qildi. Uning ko'zlari yoshlanib, lekin yuzida muloyim tabassum paydo bo'ldi.
-Yoongi... Men ham sizni sevib qoldim. Lekin bunga ishonchim komil bo'lishi uchun vaqt kerak edi. Siz buni menga isbotladiz Sizng qalbingizni his qilish, sizga ishonish bu men uchun eng katta baxt. Kelajakda sizni sevib yashashdan boshqa hech narsa xohlamayman( dedi Yona hayajondan titragan ovozi bilan)
Yoongi tabassum qildi va ehtiyotkorlik bilan Yonani quchoqladi. Shu damda, ular uchun dunyo to'xtab qolganday edi. Restorandagi sokin musiqa ularning yurak urishlariga uyg'un bo'lib, muhabbatning yangi bobini boshlayotganini e'lon qilganday tuyuldi. Yoongi qizni quchog'idan chiqarib qizni qarshida tiz cho'kdi va cho'ntagidan qizil qutichani chiqargancha:
-Kan Yona Menga turmushga chiqishga rozimisan? (Deya Yoongi qutichani ochdi. Qutichani ichida esa bejirim uzuk turar edi)
Yona ham "ha" degan ishora bilan boshini chayqadi. Yoongi esa uzukni qizni qo'liga taqdi va qizni ko'zlariga biroz tikilib turdida, qizni lablariga labini bosdi.
Ertasi kuni, ular ikkalasi o'z oilalariga bu qarorni xabar qilishdi. Bu safar nafaqat kelishuv, balki muhabbat uchun boshlangan yangi hayot edi.
Erta tonda Suna o'z xonasida uxlab yotarkan, derazalar orqali xonasiga kirayotgan yorug'lik sababli ko'zlarini ochishga majbur bo'ldi va ko'zini ochib birinchi aytgan gapi:
-Bugun meni tug'ilgan kunim(deya o'rnidan sakrab turib, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Bir ozdan so'ng yuvinish xonasidan chiqib, kiyimini o'zgartirdi va xonasidan chiqdi. Suna zinalardan pastga tushar ekan, xizmatkorlar uyoqdan buyoqqa yugurib tayyorgarlik qilar edi. Suna to'g'ri borib oshxonaga kirdi va Dadasi va Seri bilan ko'rishib nonushta qila boshladi)
-Qizim tug'ilgan kuning bilan tabriklayman. (Deya Sunani dadasi qizini quchoqladi va so'ngi rusumli telefonni cho'ntagidan chiqarib qiziga berdi:
-Bu senga, va bu sovg'a oxirgisi emas. Bu boshlanishi. Yana bir bor tug'ilgan kuning bilan tabriklayman.
-Men ham seni tug'ilgan kuning bilan tabriklayman. Va sovg'ani kechki payt olasan (deya Seri ham Sunani quchoqladi)
-Rahmat hammalaringa. Katta rahmat. Sizlarni yaxshi ko'raman.(Deya Sunaning xursandchiligidan yig'lab yubordi. Va kutilmaganda eshik taqqiladi)
-Suna, bu seni keyingi sovg'ang borib eshikni ochaqol( deya Janob Lee taqillagan eshikka ishora qildi)
-Yana, sovg'ami? (Deya Suna o'rnidan turib kirish eshigi tomon bordi va Suna eshikni ochib qarasa...........
Davomi bor...
Yoqimli mutolaa 🥰🥰🥰
Author: Park Isul
@Sarang_Fanfics