December 7, 2024

My Mafia Teacher

My Mafia Teacher Author: Park Isul Ep 15

Kompaniyada Jungkook qog'ozlarga ko'milib ish qilar ekan biroz dam olish uchun biroz to'xtadi. Birozdan keyin telefonini kontaktlarning biriga telefon qildi. Birozdan so'ng chaqirayotgan odami telefonga javob berdi.

-Aloo ha eshitaman.

-Jimin, qadrdonim birmisan? Nega ko'rimay qolding? Indamay Americaga ketvoribsan?

-Uzr do'stim Amerikada biroz muammolarim chiqib qoldi. Shuning uchun shoshilinch ketishga to'g'ri kelib qoldi.

-O'zing yaxshimsan. Yordamim kerakmasmi?

-Yoq. Ozgina ish qoldi yana. Deyarli hal qildim.

-Ishlaringni bitirib tezroq qayt. 2 haftadan keyin to'yim bo'ladi. Agar kelmasang ayog'ingni urib sindiraman.

-Ooo uylanyapsami? Oxiri erishibsanda. Mayli borishga harakat qilaman. Baxt tilayman.

-Men bilan Jhope hyung yolg'iz qolib ketdik...

-Ha mayli. Keyinroq gaplashamiz. Muhim ishlarim bor edi. Lekin tezroq bitirib Koreaga qayt.

-Ha mayli, Jungkook. Charchama...

Ruhiy davolanish shifoxonasida yotgan qiz hech nimani anglamasdan bemorlar yotog'ida yotardi. Uni harakati tinchlantiruvchi dorilar ta'sirida cheklangan edi. Xona eshigini ochib bir odam kirar ekan qizni ko'zlari katta-katta ochilgan edi. Yigit qizni oldidagi stulga joylashgancha gap boshladi

-Menga seni buyerga joylash qiyin bo'lmadi. Lekin seni hammaga jinni qilib ko'rsatish ancha muammo tug'dirdi. Bu yerdan chiqishni hohlaysami?

Yigitning bergan savoliga qiz sekinlik bilan bosh chayqadi.

-Yaxshi unda men uchun bir ish qilasan.

Qiz yigitga savol nigohi bilan qarar ekan yigit yana gap boshladi.

-Menga turmushga qhiqasan. Senga 2 ta yo'l bor. Birinchisi bu yerdan chiqish uchun menga tumushga chiqasan va hamma aytganimni qilasan yoki yaqinlaring birin-ketin azoblanib o'lishini shu yerda jimgina kuzatasan. Birinchi dadang keyin sevimli dugonang Isul va so'ngida suyukli sevgiling Jimin. Ho'sh waysi biri bo'ladi.

Qiz yigitni tahdididan hayratdan nima qilishini bilmay qoldi. Qiznig qancha jahli chiqsa ham dorilar ta'sirida hech nima deyolmasdi. Faqatgina nafrat bilan yogitga tikilgancha yotardi xolos.

-Yaxhsi. Sen uchun o'zim qaror chiqaraman. Sen menga turmushga chiqasan. Yaqinlaring ozor ko'rishini xohlamaysan-ku to'g'rimi. Shuning uchun sen uchun 1-yo'lni tanlaymiz.

Bu gapni eshitgan qizning yuzlariga sekin ko'zyoshlari dumalab tusha boshladi. Buni ko'rgan yigit:

-Yig'lama. Baribir bu ko'zyoshlar hech nimani o'zgartirmaydi. Bu ko'zyoshlar meni zavqlanishimga hissa qo'shyapti. Ertaga seni olib ketgani odam jo'nataman. (Deya yigit xonani tark etdi)

Yigit qiz yotgan palatadan chiqib bosh shifokor xonasiga yo'l oldi.

-Ish bitti. Qizga dorilar yuborishni to'xtating.Ertaga uni olib ketgani odam jo'nataman

-Albatta, Jabob.

-Mana bu sizning ish haqingiz. (Deb yigit shifokorga katta miqdordagi pulni tutqazdi)

Pov Taehyung Park Jimin senga tegishli narsalarni birin-ketin tortib olaman. Oxirida esa seni azoblab o'ldiraman. O'zing o'ldirishimni yalinib yolvirasan.

America

Jimin xonasida uxlash uchun tayyorgarlik ko'rar ekan. Xonaga Jiminning dadasi kirib keldi.

-O'g'lim sen bilan gaplashib olishim kerak.

-Hop, dada. Nima haqida? Keling o'tiring.

Janob Park o'g'lini oldiga o'tirdi.

-Xullas o'g'lim. Ertaga Koreaga qaytib ketasan.

-Lekin bu yerdagi muammolarchi?

-Bu yerdagilarni o'zim hal qilaman. Ukang u yerda yolg'iz qolgan. Keyin u yerdagi ishlar qolib ketadi. Koreadagi ishlar biz uchun muhim. Bu yerdagi ishlarni o'zim hal qilaman.

-Lekin, dada.

-Hammasi yaxshi bo'ladi. Senga ishonaman. Endi uxla. Tongda uchib ketasan Koreaga.

-Dada, iltimos. Bu yerdagi ishlarni hal qilib, bir oz vaqtga Koraga qaytinglar.

-Harakat qilaman. Sizlarni yaxshi ko'raman.(Deb Janob Park o'g'lini bag'riga bosdi)

Pov SunaHayotim bir maromda ketayotgan edi. Faqat u hayotimga kirib kulguncha. U kelgan kun hayotim jahannamga aylandi. Menda hamma narsa bor edi. Endi esa yo'q. Hamma narsadan nafratlanaman. Nega aynan men. Baxtli bo'lishga haqqim yo'qmi? Nega hayot bunchalar shavqatsiz?Jimin iltimos meni bu qiynoqlardan qutqaring. Nega haligacha qaytmayapsiz? Dada nega meni bu mahluq bilan yolg'iz tashlab ketdingiz?

Shu narsalarni o'ylab mashinada ketayotgan qiz mashina oynasidan tashqarini kuzatib ketar edi. Birozdan so'ng mashina tanish uy qarshisida to'xtadi. Qiz mashinadan tushib uy ichiga kira boshladi. Uyda Taehyung yo'qligini sezgan qiz o'z xonasi tomon yo'l oldi. Qiz xonasiga kirib o'zini divanga tashladiyu uyqu saltanatiga yo'l oldi.

Isul sinf xonada o'tirar ekan oldidagi qizlarning gapi diqqatini tordi.

~Qizlar eshitdinglarmi? Collegimizni Prezidenti o'zgaribdi. Eshitishimcha juda kelishgan va yosh ekan.

~Ha, albatta. Lekin sevgan qizi bormikan? Agar yo'q bo'lsa men uni sevgan qizi bolishga rozi edim.

~Axmoq u sendan deyarli 10 yosh katta. Bugun bu yerga kelishini eshitdim. kelishini eshitdim.

~Ha aytgancha qizlar. IU Instagramga yangi post joylabdi. Lekin IU biram chiroyli va go'zal.

~Hammasi plastic jarrohlik bilan bo'lgan. Agar meh ham plastic jarrohlik qildirsam undan go'zal bo'laman.

-Senga plastic jarrohlik ham yordam bermaydi(deya Isul o'ziga o'zi shivirladi va kutilmaganda Isulning telefoniga xabar keldi)

Xabar: "Bugun kechga tayyor bo'lib tur seni bir joyga olib boraman. Bu senga aniq yoqadi.Your Love RM😘😘"

Isul bu xabarni o'qishi bilan yuziga darxol tabassum yugurdi va xayolida savollar paydo bo'la boshladi...

Kech bo'lishiga qaramasdan Suna hali ham uxlab yotar ekan. Yuzida sovuq qo'llarning sayr qilayotganini sezib uyg'onib ketdi. Qiz ko'zini ochib qarasa qarshisida...

Yoqimli mutolaa πŸ₯°πŸ₯°πŸ₯° Davomi bor...