Doctors Love
Yesoya kechasi uyiga kirib borar ekan, uni dadasi kutib oldi.
-Xo'sh qizim, uchrashuv qanday o'tdi?
-Siz aytgan o'sha Felix o'ta manman, xudbin, takabbur va o'ziga bino qo'ygan ekan. Shifoxonamizni yomonladi. Shifokorlarimiz tajribasiz emish. Yana u sizni...
-Yetarli, Yesoya! Ertak to'qishni bas qil. Boya Felix bilan gaplashdim. Sen unga yoqib qolibsan. To'yga rozi bo'ldi.
-Yo'q, unga erga tegmayman va hech qaysi yigitga. Men hali karyera qilishim kerak.
-Hech bo'lmaganda, u bilan 10 ta uchrashuvga chiqasan. Gap tamom. Ertga u shifoxonamizga keladi. O'sha yerda u bilan ko'rishasan.
-Ertaga uchrashsam. Yana 8 ta uchrashuv qoladi. Xayrli tun, Dadajon! (Deb Yesoya dadasiga achchiq qilgancha xonasiga chiqib ketdi)
-Ketyappan Nabi. Navbatchilikni yaxshi o'tkaz. (T)
-Ro'yxatni ko'rdim. Zolim Quyon men 3 kun ketma-ket navbatchilikka qo'yibdi. Buni ataylab qilgan.(N)
-Tushunarli. Uyga borgach xonangdan o'simtalar haqidagi kitobingni olib tursam maylimi? (T)
-Bemalol. Isuldan so'rachi soxta Yesoya masalasi nima bo'ldikan( Nabi shunday deb turganda telbanamolardek Isul yurib kelardi)
-Isul, bu yerda nima qilyapsan? (T)
-Meni emas, Doctor Jungni ko'rgani kelgansan. Shunaqami? (N)
-Ha topding. Tae ketmay tur. 2 daqiqada chiqaman. Birga ketamiz. (I)
Isul Doctor Jungni xonasiga yo'ldi. Xonasiga yetib kelib eshikni taqillatdi.
-Har qanday muammoying bo'lsa menga aytishing mumkin degan edingiz.
-Ha shunday degan edim. Xo'sh gapirchi?
-Men bugun Yesoyani o'rniga uchrashuvga chiqdim.
Bu gapni eshitib Hoseokning miyasi muzlab qoldi.
-Avval tinchlanib ol. Chuqur-chuqur nafas ol.
-Doctor, men emas, avval siz tinchlanib oling.
-To'g'ri aytasan. Avval o'zim tinchlanib olay(deya Hoseok chuqur-chuqur nafas ola boshladi va biroz o'ziga kelib yana Isulga gapira boshladi:
-Sizlar, nima ahmoqmisizlar? Nega bunga aralashasan?
-Shunchaki, Yesoyaga yordam bermoqchi edim.
-Felixga Yesoyaga o'xshagan qizlar emas, balki sendek qizlar yoqadi-ku!
Shunda Isulga qo'g'iroq bo'ldi:
📞Eshitaman, Yesoya. Yana nima xohlaysan?
📞Senga hech qanday yordam berma... Shunda Hoseok Isuldan telefonni tortib oldi.
📞Aloo, Anna bu men Hoseokman. Yana nima ishlar qilib yuribsan, sen qiz?
📞Bu senmi, Jhope? Menga Isulni yordami kerak.
📞Isul ortiq senga yordam bermaydi. Felixni o'zing chiroyli qilib rad qilib yuborsang bo'lardiku. Felixga Isulday qizlar yoqishi ham ma'lum bo'ldi. Felixga rad javobini berganingda uni o'zi quvonar edi?
📞Yaa, Jung Hoseok, meni haqoratlama. Buning uchun seni sudga beraman.
📞Yaxshi, sen meni sudga ber. Men esa seni dadanga aytib beraman. Hisob teng.
📞Yo'q, yo'q. To'xta. Yordam ber. Ertaga u shu yerga kelar ekan. Nima qilamiz?
📞Ertaga unga hamma haqiqatni aytasan. Haqiqiy Kim Yesoya sen ekanligingni. Barchasini.
📞Yaxshi, unda kamerasiz joy kerak. Dadam bizni kuzatib turadi.
📞Tom, u yerda kameralar yo'q. Ertaga Felixni olib chiq Isul ham o'sha yerda bo'ladi. Keyin unga haqiqatni aytasizlar.
📞Ok, rahmat do'stginam. Xayr (deb Yesoya telefonni o'chirdi)
-Ertaga, tomda Felix bilan gaplashib olasizlar. Yesoya ham o'sha yerda bo'ladi. Endi bunaqa ishlarga aralashib yurma (deb Hoseok Isulga telefonini qaytarib berdi)
-Rahmat, Doctor, xayr (deb Isul xonadan chiqib ketayotganda birdan to'xtadi va:
-Doctor, sizga savolim bor edi. Sevgan qizingiz bormi?
-Yo'q. Bu menda hech qachon bo'lmagan. Muammo bormi?
-Yo'q (deb Isul Hoseokka yaqin kelib yuzidan o'pib chiqib ketti va sekin eshikdan mo'ralab:-Xayrli tun, Doctor! (Deya yugurgancha ketib qoldi. Hoseok esa yuzini ushlagancha qolaverdi)
Pov Hoseok Bu qanday sodir bo'ldi? Bu qiz bunchalar jasur bo'lmasa. Voy yuragim! Negadir isib ketyapman.
Nabi va Taehyung esa Isul kelishini kutib yo'lakda gaplashib turishar edi. Bu paytda Jungkook ishini tugatib ketayotgan edi.
Ordinant Nabi, bekorchilikdan nima qilishni bilmayotgan bo'lsang bemorlarga qara. Bu yerda gap sotmasdan.
Men allaqachon ulardan xabar olib, keyin bu yerga keldim.
Ishinga mas'ulyatsizlik qilyapsan. Bu yerda yigiting bilan gap sotib turguncha borib bemorlarga qara.
Meni haqoratlamang, Doctor. Keyin men Tae bilan hech qanday...
Bu ikkingizni o'rtangizdagi muammo. Bugun birorta bemorga bir gap bo'lsa, sen javob berasan. (deb Jungkook ketib qoldi)
-Jin ursin. Bunaqa ahmoqona mish mishlarni shifoxonada kim tarqatyapti?! (N)
-Nabi? Taehyung? Bugun sen navbatchi edingga? Taehyung sen nima qilyapsan? Allaqachon ish vaqti tugagan. (Suna)
-Ketmoqchiman. Isulni kutyapman. Biz birga ketamiz. (T)
-Hamshira Suna men haqimda qanday mish mishlar shifoxonani kezayotganidan xabaringiz yo'qmi? (N)
-Ha bir nechta mish mishlarni eshitdim. (Suna)
Hamshira Suna Tae va Nabiga jilmayib qaradi.
-Sizlar sevishganlar ekansiz. Taehyung seni chiroyliliging hammaga tarqalgan edi. Ular sevgiling borligini eshitgach juda ham ranjishdi. Bu yerda Taehyung ketishidan avval sengan qizi bilan gaplashayotgani ham ajoyib. Sizga havas qildim. (Suna)
Nabi ko'zlarini yumib: -Biz sevishganlar emasmiz. Umuman olgandabbu gap qayerdan chiqdi??? Bizni sevishgan deb Taehyung faqat Yesoyaga aytgandi. (N)
-Yesoyani orqasidan qancha bekorchilar kuzatishidan xabaringiz yo'q shekilli? O'shalar bir hafta oldin aytishdi. Sizlar rostan sevishganlarmisiz o'zi? (Suna)
-Yo'q. Mana bu yaramas oshiqlaridan qutulish uchun Isul yoki mendan foydalanadi. (N)
Nabi kutilmaganda Taeni qattiq tepdi.
Suna kulib:-Bo'ldida. Asabiylashma Nabi.
Nabi Taeni urayotgan edi, ularni orasiga Isul suqulib oldi.
-Nabi o'zingni bos. Tae yana nima balo qilding??? (I)
-Oldin qutqar, keyin aytaman. (T)
-Yaa yosh boladek urishishni to'xtatinglar. Nabi bu tarafga o't!! Aytganimni qilmasang mendan ko'rasan! (I)
-Nima bo'ldi? Tinchgina gaplashsa ham bo'ladiku. (I)
-Yosh bolalar. Nabi ilk haftadan navbatchilikda omad. Men bemorlar oldiga borishim kerak. Ko'rishguncha. (Suna)
-Ertaga ko'rishamiz. Hamshira Suna. Bunday qiz meni sevgan qizim emas... Ishonavering... (T)
-Jim bo'l sen! Hozir o'ldirib qo'yaman men buni. Shifoxonada men va mana bu ahmoq sevishganlar degan mish mishlar tarqalibdi. Biroz avval zahar doktor Jeon bizga kesatib ketdi. (N)
-Bu gap qayerdan chiqdi endi? (I)
-Yesoyani heterlari menimcha. (T)
-Bo'pti, endi yarash ikkalang ham. Qandaydir mish mishlarni deb janjallashmang. (I)
-Men kechirim so'ramayman. Isulshi o'ziku meni urayotgan🥺 (T)
-Nabi uzr so'rayqol. Bir marotaba uzr so'rasang hech nima qilmaydi. (I)
-Hech qachon. Uzr so'rash tiz cho'kish bilan barobar men uchun.(N)
-Unda... Ikkalang ham ortiq menga gapirma. Sizlar uchun yo'qman. Qiziq gap aytmoqchi edim. (I)
Isul ortiga o'girildi. Nabi ham Tae ham tezda Isulni yoniga bordi.
-Dugonangdan voz kechasanmi? Shu ahmoqni deb-a?(N)
-Isulshi bolalikdan do'stmizku, bitta Nabi deganni deb men bilan gaplashmaysanmi? (T)
-Qo'limni qo'yib yubor, ikkalang ham.(I)
-Birga yashaymizku, unday qilma. Mayli bu ahmoq bilan gaplashmasang gaplashma. Ammo men bilan emas. Seni yaxshi ko'raman🥺(N)
-Yaa Nabi meni haqoratlama. Nega sen bilan gaplasharkan? Hecham gaplashmaydi sen bilan😤(T)
-Ey xudoooo senlar bas qilasanmi?? Bir biringdan uzr so'rab yarashmaguningcha ikkalang bilan ham gaplashmayman.(I)
Isul qo'lini qovushtirib oldi.
-Do'stlarcha quchoqlashish. (N)
-Sen ham kel. Bo'lmasa bizni haqiqatdan ham sevishganlar deb o'ylashadi.(N)
-To'g'ri(Deya uchalasi ham quchoqlashishdi)
-Tae bo'ying o'sib ketibdimi? Esingdami Nabi oramizda eng kichkinasi Tae edi.(I)
-Ha esimda. Bo'ying kichkinagina edi.(N)
Tae Nabini boshiga qo'lini qo'yib:
-Hozir esa sen oramizda eng bo'yi kichkinasisan. Men esa eng balandi. Isulshi mendan 9cm farq qiladi(T)
-Isul qanday gap aytmoqchi eding? (N)
-Men doctor Jungni o'pvoldim. (I)
-Nima nima? Ha yuzidan o'pvoldim. Yuzi yumshoqqina ekan.(I)
-Omg omg. Isul sen juda juda... Nima deyishni bilmaymani(N)
-Birinchi marotaba kimnidir o'pdim. Nabi nega hayron qolasan? Sen uchun bu yangilikmasku. Axir allaqachon ilk bo'sang bor.(I)
-Eslatmagin o'shani. Bir martagina o'pishganman.(N)
-To'g'ri. Menda birinchisi Doctor Jung bo'ldi.
-Bo'pti, men ketishim kerak. Uyga yaxshi yetib olinglar.(N)
-Yaxshi senga kuch. Aytgancha ertaga hech kim navbatchi emas-a? (I)
-Demak birga ketamiz. Nabi xayr.(T)
Hoseok ketayotib Nabiga duch keldi.
-Unda omad. Sen bilan bugun doctor Lee navbatchilikdasiz.
-Haligi Nabi bir narsa so'ramoqchi edim. Bu shunchaki qiziqish. Jiddiy qabul qilma.
-Isulni yigiti bormi? Yoki bo'lganmi?
-Doctor, Isul hech qachon yigitlar bilan uchrashmagan. Kimnidir yoqtitib qolsa, o'zi ilk qadam tashlashni yoqtiradi. Lekin o'sha yoqtirgan insoni undan avval qadam tashlab qo'ysa uni rad etadi. Bunday voqea bo'lgan. Bitta Soobin ismli yigitni yoqtirib qolgan edi. U yigit ham Isulni yoqtirar ekan. Sevishini birinchi bo'lib Soobin tan oldi. Isul esa rad etdi. Isul biroz g'alatiroq. Hammasi o'zi istagandek bo'lishini xoxlaydi. Lekin judayam yaxshi qiz
-Tushunarli. Demak yigiti yo'q. Ha yana bitta savol. U kimnidir o'pib olganmi? Yuzidan bo'lsa ham?
Nabi o'zini kulgudan bazo'r tutib turar edi.
-Men va Taehyungni yuzimizdan o'padi. Boshqa hech kim bilan bunday qilganini eslay olmayman.
-Ha. Axir biz uchalamiz bolalikdan birga o'qib, birga ulg'ayganmiz. Qadrdon do'stlarmiz. Oramizda sir yo'q. Habaringiz bo'lsa kerak biz birga yashaymiz. Men Isul va Taehyung.
-Endi eshitdim. Yaxshi yaxshi seni qiynab qo'ymadim deb umid qilaman. Ko'rishguncha
Pov NabiJudayam yoqimtoy shifokorda. Anavi yaramas doctor Jeondek emas. Mmmm Isulginam omading keldida. Agar dugonam bo'lmaganingda men bu shirin shifokorni yeb qo'ygan bo'lardim.
Hoseok avval Jungkooknikiga kirib o'tishga qaror qildi. Va uni uyiga mashinasini haydadi. Jungkook bu paytda televizorda yangiliklarni tomosha qilib o'tirardi.
Boshlovchi :-Endi K-pop xabarlariga o'tamiz. Tez kunlarda mashxur xonanda Lalisa Monabanning to'yi. Sevimli idolimiz o'zi kabi idolga turmushga chiqyapti. Biz idol Lisadan intervyu olishga muvaffaq bo'ldik.Salom Lisa xonim. Tez kunlarda to'yingiz. Bu haqida biz bilan qisqacha o'rtoqlasha olasizmi?
-Salom. Men Lalisia Monaban man. Taassurotlarim... To'g'risini aytsam juda hayajonlanyapman.
Boshlovchi :-Lisa aytingchi siz rostan ham idol Jackson Wangni sevasizmi?
Boshlovchi :-To'yingizni elon qilmasingiz avval Medline shifoxonasi bosh shifokori Jeon Jungkook bilan uchrashganingiz haqida habarlar tarqalgan edi. Bunga izoh berasizmi?
-Ha albatta. Doctor Jeon bilan uchrashmaganmiz. Men ko'p asabiylashaman. Doctor Jeon esa nevrologik shifokor. U har doim tinchlanishimda uordam bergan. Men Doctor Jeondan minnatdorman.
Boshlovchi :-Yani... Kelishgan Doctor Jeon shunchaki siz uchun asbiylashganingizda tinchlantiruvchi inskn edi?
-Shunday desa ham bo'ladi. Jeon Jungkook bu shunchaki mening oddiy shifokorim. O'rtamizda nimadir bo'lishi, hatto hayolimga ham keltirolmayman. Jackson Wang esa sevgilim edi.
Boshlovchi :-Men sizni javobingiz xuddi yigitingiz Jackson Wangni ekanligini ommadan yashirish uchun doctor Jeon dan foydalangandek qabul qildim. Shunday bo'lishi mumkinmi?
Lisa jilmayib :-Bo'lishi mumkin. Har xolda Jackson Wang mashxur idol. Biz bir birimizni sevamiz.
Jungkook asabiylashib ketdi va qo'lidagi pultni televizorga uloqtirib yubordi. Pult ham naqd televizorning o'rtasiga borib, televizor sinib ketdi
Pov Jungkook Men u uchun oddiy shifokor ekanman! Shibal Lisa bu nima deganing?!! Meni sevishing ham yolg'on ekanda?! Lanati idolingni himoya qilish uchun naqd 6 oy mendan foydalandingmi?! Sen kabi qizlardan nafratlanaman.!
Jungkook stoldagi hamma narsani yerga sochib yubordi. Atrofda shisha parchalari yotar, Jungkookning qo'lidan qon oqardi. Uyga kirib kelgan Hoseok Jungkookni ko'rib hayron qoldi. Uning yoniga o'tirdi.
Jungkook o'zini tutishga urinsada eplolmadi. Ko'zidan yosh oqdi.
-Hali telefonimga ham qaraganim yo'q. Senga nima bo'ldi?
-Lisa turmushga chiqyapti. Hoseok men u uchun oddiy bir nevrolog bo'lgan ekanman. Tushunyapsanmi oddiy bir nevrolog. Boshqa hech kim.
-Jungkook kechir. Uni erga tegayotganligini sendan avval bildim. Senga aytmoqchi edim, ammo Lisaning o'zim aytaman deganiga.....
-Sendan ranjiganim yo'q. Hoseok yuragim og'riyapti, sevgan qizing hamma ni oldida u shunchaki men uchun bir shifokor edi desa alam qilar ekan.
-Jungkook Lisa idolligini va bir kun kelib shunday bo'lishi mumkinligini bilarding. U debyut qilgan vaqtida aytganku, men faqat va faqat idolga turmushga chiqaman deb. Lisani ko'pchilik yolg'onchi deydi. Bundan xabaring bo'la turib u bilan uchrashding. Sen kelishgan yigitsan, nega o'zinga bunday qilyapsan?
-Uni sevib qolgan edim. Umrimda ilk marotaba sevib qoldim.
-Xudoyim, endi uni unut. Men bilgan bag'ritosh Jungkook qani? Odam sevsa o'zgaradi deyishadi, ammo men seni Lisani sevaman deganingda ham o'zgarganingni sezmadim. O'sha o'sha Jungkook eding. Demak bu haqiqiy sevgi emas. Hali hammasi oldinda, unut bo'ldi. Men senga boshqa gap aytmoqchiman. Eshitasanmi?
-Menimcha men sevib qolyapman...
-Idol bo'lsa uchrasha ko'rma. Chiroyli bo'lsa ham ishonma. Chiroyi yolg'on bo'ladi. Tashlab ketadi.....
-U unday qiz emas. To'g'ri chiroyli, ammo idol emas. Bironta yigit bilan ham uchrashmagan. Yoqimtoy, quyoshdek porlab turadi. Har doim jilmayib yuradi.
-Kim ekan u? Negadir sen o'zingni sevib qolding deb o'ylayapsan.
-Nabi deya ko'rma. U tashlab ketadi. Eshitishimcha Taehyung bilan uchrasharkan.
-Nabi ham chakki emas. Ammo u emasda. Yana Nabi bilan Taehyung uchrashadi degan gapni qayerdan olding? Ular uchrashishmaydi. Taehyung Yesoyadan qochish uchun Nabini sevgilim degan.
-Rostanmi? Men bugungina Nabiga kesatgandim. Afsus
-Bekor qilibsan. Tae Nabi sevishganlar emas,balki qadrdon do'stlar. Men va Yesoyadek.
-Hm. O'sha qiz kim? Ismini ayt.
-Park Isul. U menga yoqadi. Bunga aminman.
-Albatta yaxshi qiz. Sen turib qo'lingni bog'lab ol. Xizmatkoring qayerda? Bu yerni yig'ishtirishi kerak.
-Xizmatkor ertaga keladi. Hobi hech bo'lmasa sen baxtli bo'l.
-Do'stim balki sen Nabi haqida o'ylab ko'rarsan-a? U senga mosdek.