π°ππ ππ πΊππππ
πππππππππ π πππππππ β ππ πππππ πππ πππ ππβπππ ππππππππππ ππππππππ. π―ππ πππ πππ πππππ, πππ ππππ πππ ππππ. π΄ππ ππππ ππ ππππππππππ πππππ ππππππππππ π πππππππ
Pusanning yana bir iliq, sokin tuni. Havo mayin, shamol esa beg'am esmoqda. Shahar asta sekin ogir kunini ortda qoldirib, tinchlikka choβmmoqda kimlardir ishidan charchab uyiga qaytayotgan boβlsa, boshqalar bu osoyishtalikdan zavqlanish uchun shunchaki koβchaga chiqqan. Men esa odatdagidek, avtobusdan tushib, uyim sari yoβl oldim. Katta-katta binolar soyasida qolgan daraxtzor yoβl har doimgiday qalbimni nimadandir yengillatib yubordi. Bugun ham ogβir kun edi, lekin aslida bu ishlarga βogirβ deb boβladimi? Koβpchilik buni yengil deb oβylaydi. Lekin har kuni baland poshnali tuflida soatlab tik oyoqda turish, yuzda soxta tabassum bilan reklama kadrlari uchun suratga tushish, har bir harakatni oβlchab-bichib, mukammallikda ushlab turish... Soβng yuzimga surtgan har xil mahsulotlar, yorqin chiroqlar ostidagi soxta jilvalar hammasi ichimda nimanidir bogβlab, ezayotganday tuyuladi. Ammo baribir chidashim kerak. Boβyin egmaslikka, bardosh berishga, ichimdagi shovqinni tashqariga chiqarmaslikka majburman.
Uyga yetib, sokin tun quchogβida, faqat oβzim bilan yolgβiz qolishni istayman. Ichimdagi charchoq uyqu bilan birga soβnib borishini orzu qilaman hech boβlmasa tun menga ozgina tinchlik ulasha olsaginaβ¦
Nihoyat zinapoyalarni ortda qoldirib 2-qavatga chiqdim. Oyogβim huddi shishib ketgandek yoki umuman mavjud bolmagandek edi. Jin ursin uni endi sezmay ham qoldim. Har bir qadamim ruhan ogβir boβlib, tanam esa charchoqdan befarq holatda edi. Eshik oldida toβxtab, kodni terdim. Qulfla klit etib ochildi va men ichkariga qadam qoβydim. Uy sokin. Faqatgina nafas olganim va oyoq tovushlarim eshitilardi. Bu shuni anglatardiki opam hali ishdan qaytmagan. Opam Rachel aslida aktrisa boβlishni orzu qiladi. Kichik dramma rollarda chiqishsa-da, u uchun bu katta bir bosqich. Hozircha faqatgina kichik dramalarda oβzini sinab koβrmoqda, boβsh vaqtlari esa kompaniyamiz pastidagi kinoteatrda operatorlik qiladi. 21 yoshida u allaqachon hayotning ogβirini yengishga oβrgangan, har qanday ishni uddalaydi. Ammo men uning ichki kurashlarini ham koβra olaman, u ichida nima his qilayotganini yashiradi, lekin men tushunaman: bu hayotda tirik qolish uchun kurashish kerak.
Men esa, koβproq sevimli K-pop guruhim BTS haqida oβylayman. Ular 2013-yilda debyut qilishgan va shu paytgacha har bir sinovdan oβtib, hozir butun dunyoga mashhur boβlishdi. Har safar ular haqida oβylaganimda, yuragimda bir mayin ishonch uygβonadi: balki bir kun kelib men ham oβzim istagan orzular sari yetisharman model boβlaman, yoki balkim... ulardek mashhur bir idolga aylanishim mumkin. Bu xayollarni chetga surib, asta yotoqqa oβtdim. Yostiqning yumshoqligi, charchagan tanamni bagβriga olgandek. Shiftga tikilgancha, kozlarimni yummoqchiman. Ehtimol, bu hayotdagi ogβir xayollar ketib, yaxshi bir tush, yaxshi bir umid kelar.
Tinchlik. Qorongβulik. Ammo gβalati bir osoyishtalik.
Birdaniga telefonning shovqinli ohangi meni uygβotib yubordi. Jin ursin, hozirgina soat tungi 12:00 edi-ku?! Qanday qilib birdaniga tongi 5:00 boβlib qolishi mumkin? Axir men atigi ikki daqiqa koβz yumdim-ku! Jin ursin barchasiniβ¦
Nihoyat oβzimni majburlab yotoqdan turdim. Avval iliq dush, soβng esa qulay kiyimlar: qora shim va oddiy topik. Bugun pardoz qilishga kuchim yoβq β shunchaki himoyalovchi krem surtib, yana ishga otlandim. Ertalabgi avtobuzga har doim kech qolardim, lekin bugun... ulgurdim. Bari gβalati. Nimadir notogridek. Xuddi hayot jim turib, sekin, ammo aniq siljiyotgandek. Ammo nimaga ozim ham tushunmay qolyapman.
Nihoyat, yarim soatlik yoβldan son kompaniyam oldida avtobuzdan tushdim. Bugun havo chiroyli, kochalar esa gβalati darajada sokin. Eng qizigi avtobusda butun yol yolgiz ozim bordim. Bu juda kamdan-kam uchraydigan holat, xuddi dunyo bir zumga toβxtab, menga joy boβshatib bergandek. Lift orqali 4-qavatga kotarildim. Bizning kompaniya baland, kp qavatli bino menga esa shunday joylar juda yoqadi. Qavatlarda ishchilar oz ishlari bilan band, kimdir kompyuter qarshisida, kimdir hujjatlar orasida. Kecha butun kunim fotosessiyada oβtganligi sababli, bugun asosan oβsha suratlarni koβrib chiqishim kerak. Bu degani, bugungi ish jadvalim uncha tigβiz emas. Oβz xonamga kirib, kresloga joylashdim. Qanchalar yoqimli tuygu! Mashhur boβlmasam ham, hatto oddiy kompaniyada ishlasam ham oβzimga tegishli kabinetim, ish stolim bor. Bu men uchun katta qadriyat. Sevimli qoshigβim βWHOβ ni qoyib, stolim ustidagi papkani oldim. Ichida kechagi bir qancha suratlar turli kiyimlarda, turli pozalarda olingan rasm kadrlari. Har birida boshqa kayfiyat, boshqa bir hikoya.
Etirof etaman, katta hayot oson emas. Bazan charchatadi, bazan qiynaydi. Ammo shunday lahzalar borki ularning gozalligi hammasiga arziydi. Togrimi?
Kunning yarmi ishlarimni tugattim havo yaxshi edi. Sumkachamni olib kompaniyadan chiqtim. Agar hozir muzli coffe sotvolsam opam oldiga kirib yordamlashardim yoki birorta qiziqarli film korarmidim. Kompaniya oldida uzoqlashar ekanman ikki tanish yuzli insonni kordim. Ha men shunchalar tez bu narsani payqayman chunki ular men sevgan yigitlar edi. Jimin va Jungkook aqldan ozish mumkun ular bu yerda nima qilishyapti yana qoriqchilarsiz. Qiziq boshqa memberlar qayerda ekan. Ah ozimni savolga komib tashladim hozir ularni boshqa muhlisalar korsa aniq men qob ketaman. Hayollarim ichra ular oldiga bordim.
Mina: Salom ismim Mina, sizlar bu yerda nima qilyapsizlar yana qoriqchilarsiz stalker yoki muhlisalaringiz hullas..
Jimin: salom hullas biz bugungi kunni kop sarguzashtga boy otqizmoqchimiz shunday ekan biz haligi kompaniyadan qochtik butun bir qoriqchilar bizni qidirish bn bant. (U shoshilib gapirdi
Jk: bizga yordam bera olasanmi?
Vay jin ursin nahotki. Men ozimda emasman lekin ozimni yoqotmasligim kerak. Jimin va Jungkook suratlarda korganimdanda ekran qarshisida korganimdanda kelishganroq ekan. Ovozi farishta aaahhh. Hozir aqldan ozishim hech gap emas ikkisini nigohi faqat menda.
Rostini aytsam ichimdan hayajon va qandaydur uyalish hislari daryo kabi meni qamrab olgandek. Men ilk bor oz biasim va yaxshi korgan guruhimni memberlari oldida turibman. Ichki hislatlarim meni butunlay yoq qilyapti. Ularga "Ha" degan manoda bosh irgadim.
Mina: men bilan yuringlar unda film korishga nima deysiz? Bu bizning kompaniya uning pastgi qavatida kino filmlar korsangiz boladi u yerda opam ishlaydi.
Men oldinga otib yol boshladim bu juda yoqimli holat edi ular ortimda yurishipti lekin bir biriga qarab galati kulishti Jimin esa biroz asabiy Jungkook har doimgiday yoqimtoy ular Pusanlik yigitlar yo xudoyim.
Jk: menimcha unga sen yoqasan kozlaringa qarab chuqur oyga botti.
Jimin: qoysangchi, lekin u chiroyli qayerdadur korgandekman.
Jk: menimcha u model, kichkina model. Ha aytgancha ortga qaramang akajon bolmasam qolga tushamiz
Ah naqadar ajoyib uchrashuv bu. Hozir opam ularni korsa yuragi urushdan butunlay toxtasa kerak. Men Otindiqlar oraliq ularga joy korsattim. Ikkisi ham oldingi orindiqqa otirishti. Men esa ular ortiga yani jiminni yaxshiroq kuzatishim uchun mayin sochlarini ushlab korgim kelyapti ha bu ajoyib his tuygu. Zalda chiroqlar ochti odamlar oz lekin menga kopdek tuyulardi. Birdan ikki chekamga ikki odam.otirdi biri keksaroq kishi biri esa yoshroq yigitga oxshadi lekin yaqqol qaray olmadim. Film boshlandi biroz qadimiy romantic film edi.
Qarshimizda yigit qizni quchardi. Unga eng tasirli sevgi izxor sozlarini aytayotgandi. Jimin va Jungkook diqqat bn tomosha qilmoqda ora orada bir birlariga qarab kulib qoyishardi bu xolat filmda bosa oganida bolayotgandi.
Barchani etibori qarshimizdagi filmda lekin men faqat Jiminni kuzatyapman. Uni sochlariga teginib korgim kelyapti ha bu ajoyib.
β Jiminβ¦ Sen naqadar mukammal insonsanki, baβzan seni sevib qoβyganim hatomi, deb oβylab qolaman. Ammo hozir sen mening qarshimda turibsan. Goβyo tushlarimda koβrgan oβsha manzara roβyobga chiqqandek. Men koβpidan voz kechdim, ammo seni uchratishimni bilmasdim. Ah, bu hayotβ¦ meni sinashdan, qiynashdan hech qachon toβxtamaydi.
Sozlarimni qanday tashimda aytganimni bilmayman. Oy hayollarim ichra sayr qilgunimcha film ham oz nihoyasiga yetay dedi. Yon tarafimda otirgan yigit qollarimni ushlaganini his qildim jin ursin bu nimasi deya unga qaradim.
Ishonish qiyin. 2 yil avval otam bn va uning opa singillari bn ortamizdagi rishtani uzganman. Chunki ular meni katta ammamning ogli bolmish Aran ga erga berishmoqchi bolgan. Hozir u yon tarafimda qolimni ushladi qolimni tortib olmoqchi boldim lekin qattiqroq ushlab oldi jin ursin lanati. Kozlarimga chuqur qaradi. Ha unda men nafratni sevgini va qayguni his qilyapman. Kopi bn bolib bir insonni pok sevib uni hohlash lekin u tarafdan rad etilish bu qanday bolishini faqat u biladi.
Aran: ilk bor seni yana uchratgandekman. Songi bor ismimni sendan eshitgim kelyapti.
U aqldan ozgan sevgi sabab psixga aylanib qolgan lanati. Agar xozir aytmasam shu yerni ozida jiminni meni va ozini oldirishi hech gap emas. Unda doim yashirin qurol bolgan. Qorquv meni qamrab oldi. Boshqa choram yoq. Titragan holimda uni ismini past ovozda ayta boshladim.
U chuqur nafas oldi. Menga yaqinlashmoqchi bolayotganini his qilib ozimni ortga oldim. Qolimni qoyib yuborim hech qanday sozsiz bu yerdan chiqib ketti. Kelishgan chiroyli yigit sevishga arziydi. Lekin men uchun u mukammal emastek. U meni oilamga ham kirmaydi meni oilam faqat Rachel.
Nihoyat bu sevgi hikoyasi bn toliq olingan film the end boldi. Zaldan hamma deyarli chiqib ketti faqat men Jimin va Jungkookdan tashqari. Ular qarshisiga turib qiziqishtan o'lay deyayotgan savollarimni bergim kelyapti. Ha bu shunday boldi.
Jk: ular o'zlarini ishlari bn bant.
Jimin: ular shu yerda ketishimiz kerak
Savol berib ortimga qaradim zal katta biz esa oldingi orindiqlarda asosan bizdan 10 qadam koproqcha ortta qora kiyimdagi odamlari kirib biz tarafga kelisha boshlashti. Jimin qolimdan tutib meni oldinga tortti. Biz film bolgan zal ortiga kirdik u yerda esa katta katta kozlari bn opam chiqti Yo xudo bu meni qorqitadi. Lekin bir nigoh u Jungkook ga qarashi bn yoqimtoyga aylanib qolganini koryapman axaxa.
Opam shunchalar qatiy ayttiki eng qizigi u Jungkookni qolini ushlavoldi. Va teva qavatga olib chiquvchi yashirin zinalar tomon yurdi. Men esa Jiminga qaraganimda u menga galati tabassum bn qarab turgandi yuragimni muzini bir zumda yoqvorishiga arziydi. Men shu yerda hayolga kirib qoldim nima men ham opamdek qilishim kerakmi jiminni qolini ushlab tortib oldinga ketaymi? Yoq yoq men shu paytgacha hech qaysi yigitni qolini ushlamaganman yigitlar erkaklar jirkanch lekin jimin men uchun toza aa uyalyapman. Birdan qolimdan kattaroq qollar ushlaganini his qildim jimin u kutmaydi. Qolimdan ushlab meni Rachel ortidan ob keta boshladi.
Jimin: kop hayolga kirib qolarkansan
U menga shuning uchun yoqadi u juda kelishgan va mukammal jentelman. Dady Jimin desa ham boladi ah bu yoqimtoyni daddy deb bolmaydi.
Qanchalar kop hayolga kirmay men hozir zinalar boylab qolimni osha mening yoshligimdan yoqtirib kelgan biasim ushlab teva tomon ketardik. Bu bari tush bolishi mumkun lekin agar bu rostan tush bolsa hech qachon uygonmagan bolardim. Rostini aytsam men ogriq his qilmayapman. Zinalar boylab doim tevaga kotarilganimda juda qattiq ogriqni his qilardim tomirlarim boylab qon yurishi sekinlashishi yuragim tez tez urub nafas yollarim berkilib bogilib qolardim ammo nega hozir bunday bolmayapti. Kunim bari qandaydur boshqacha boshlandi nimadur notogridek. Bari chunarsiz. Kozimni ochganimda biz binoning eng teva qavatidagi xonada edik u yerlarga men chiqmaganman. Opam yashirin liftni ochti. Ha bu binoda yana qancha yashirin joylar bor ekan bilgim kelyapti. Biz liftga chiqtik, u pastgi qavatga tushganida binoning orqa tarafi yani deyarli kop inson bilmaydigon eshik oldidan chiqqan edik. Opam hali ham Jungkookning qolini ushlab turgandi. Menga qarab gap boshladi.
Rachel: biz muhim ish bn ketishimiz kerak hozir haydovchim keladi. Sizlarga joy yetmasa kerak mayli kuning yaxshi otsin singlim.
Nima u meni yolgiz tashlab ketyapti qanday nohaqlik. Men gapirishga ulgurmasimdan uni haydovchisi kelib qoldi va opam bn Jungkook mashinani orqa orindiqlariga joylashishti. Menga hatto qarab ham qoymadi yolgiz bir erkak bn tashlab ketganichi.
Jimin: bu yerlarni yaxshi bilaman agar yolni nariyogiga otsak song biroz yursak bog chiqadi gaplashib biroz sayr qilsak boladi Jungkook siz men ham yolgiz bolib qoldim.
β mayli faqat qolimizni yana ushlab yursak bizni sevishganlar deb oylashlari kegin ikkimizga ham heyt kelishi aniq
U ikkimizni qolimizga qarab asta qoyib yubordi song birga yol boylab keta boshladik avval katta mashina yoldan ottik song bir uzun bog taraf olib ketadigon yolga kirdik manzara juda chiroyli nega oldin bu yerlarni kormaganman. Ikkimiz ham jim ketardik kop otmay u gap boshladi.
Jimin: Oldin sevganmisan? Yoki hozir
β Yoq men bularga ishonmayman va hech qachon menda bolmagan
β ozingizdachi otmishingizdagi sevgilingiz haqida eshitgandim u haqida menga aytib bera olasizmi juda qiziqyapman.
Jimin: Mayli. Biz orta maktab yillarida uchrashdik. Uning uzun, qora sochlari goβyo tunda charaqlagan yulduzlardek jilolar taratardi. Har kuni maktabga borishimdagi yagona sabab uni yana koβrish istagi edi. U, gul kabi nozik va chiroyli, yuragimning eng samimiy tuygβularini uygβotardi. Xayollarim doimiy ravishda faqat unda edi. Balki bu ilk muhabbatning ozi, boshqalardan farqli, samimiy va soβngsiz hislar edi. Uning yonida men ilk bor haqiqiy issiqlikni his qildim, yuragim oβzim ham anglamay begβubor sevgi bilan toβldi. Uni hech qachon qoβyib yubormaslikni orzu qilardim. Vaqt oβtishi bilan biz yanada yaqinlashdik. U meni oilasi bilan tanishtirdi bu menga hayotdagi eng katta baxtlardan biri edi. Ammo taqdirning oβz yoβli bor ekan. Bitiruv kechamizda bu goβzal hikoya oβz yakuniga yetdi.
U bu sozlarni aytarkan yuragimning qaysidur burchagiga pichoq qayta qayta sanchilayotganini his qilardim. U sevdi lekin ayrildi. Nega? Sevgi hissasi doim shunday yakunlanadimi? U haligacha eslaydi uni, yuzlariga qaraganimda qandaydur homushlikni sezdim, ha Park Jimin ilk sevgingni unutmaysan u qaytsa yana imkon bersang kerak yuragimni parchala.
β Uni haligacha unuta olmayotgan bolsangiz kerak. Ilk bosangiz uni har doim hayolingizda olib yursangiz kerak. Bari ogriqli. Ah uzur
Kozlarim yoshlanib ketganini his qildim demak qizarib ham qolgan. Undan yashirishga urundim lekin u asta meni yuzimdan ushlab oziga qaratti. Bu nima qilmoqchi?
Jimin: istaysanmi sen ham buni his qilib korasan senda bu ilk togrimi?
Men qanday ha degan manoda koz yumganimni bilmayman. U asta yuzimizni yaqinlashtirib qaynoq lablarini menikiga tekkizda bu teginishi tanamni barcha qismini titratib yubordi. Mayin bosa olib meni asta oziga tortardi. Yoq barini toxtatishimiz kerak. Asta ortga ozimni torttim u ham chunib sekin meni qoyib yubordi. Yuzim qizara boshladi yo xudo men uyalyapman.
Jimin: biroz galati hislar boladi
Men uni yuziga qarolmadim. Yolni davom ettik nihoyat bog ichiga ham kirgan edik atrof yashil va bir ikki gullar ham bor. Men bu yerni kuzatgunimcha Jimin qayergadur borib kelli. Ikkimiz ham otirdik u menga ichishni taklif qildi. Kunduzi ichish galati lekin bu kayfiyatga mos. Ikkimiz ham bu gozallikni kuzatib soju icha boshladik. Yoqimli his. Kozlarim hiralasha boshladi. Undan song esa butunlay nima bolayotganini chunmastim.
Kozimni ochganimda tong havosini his qildim. Qandaydur mashinada edim oldi orindiqda esa Jimin uhlardi. Kecha nima boldi ozi hech nima eslolmayapman. Faqat soju ichganimizni eslayman.
β Hoy Jimin qayerdamiz kecha nimalar boldi. Uygonaqoling
Jimin: mm hayrli tong. Kecha juda mast eding yarim tungacha sayr qildik qoshik kuylading ichingdagi barcha hislaringni aytting kulding song yeglading. Kegin esa hushingdan ketib uhlab qolding va mashinamga seni ob kelib orqa orindiqqa qoydim. Kegin... men ham uhlab qolibman
Ah jin ursin bu endi muommo bolishi mumkun. Uyga borib dush qabul qivolishim kerak. Uni oldida ozimni yomon his qilyapman. Qanchalar ahmoqman nega ichtim ozi?
β meni uyimga oborib qoya olasizmi?
Jimin: uying oldidamiz kecha Jk manzilni yuborgandi ularni bezovta qilmay deb kirmagan edim.
Vayyy endi aniq bir muommo. Men darhol mashinadan tushib uy tomon yurdim 10 qadam nariyoqda uyimiz bor edi manzilga kelib toxtagach zinalar boylab 2 chi qavatga yugurib chiqtim ortimda esa Jimin edi. Ichkariga kerakli kod ni kirgizib eshikni ochtim. Honalar ichida oshxonada Opam va Jungkook nonushta qilishardi vau ularga yetadigon juftlikni ozi yoq, bular darrov sevishganga aylanishtimi? Ishonish qiyin. Jimin ham ortimga ularga qarab turardi
Rachel: ouv kwlinglar nonushta qilamiz.
Men yoq degan manoda xonam taraf keta boshladim shunda shkaf ichidan kelgan ovoz sabab kimdur uyda borligini Rachel va Jungkook yolgiz emasliklarini sezdim. Shkaf oldidagi tayoqni olib sekin eshikni ochtim. Eshikchasi ochilishi bn u yerdan bir erkak yiqilib tushe deb chiqti men esa qorqib ketganimdan uni tosattan tayoq bn orqasiga zarba berib yuboribman. U hushidan ketti. Shu borada Jimin Jungkook va Opam ham yugurib kelishti. Jungkook va Jimin u erkakni stulga otqizishib oyoq qolini boglashti men esa shkaf ichidan unga tegishli bolgan fotoparatni toptim va kichkina kamerachani ham demak u tuni bn opam va Jk ni suratga va videoga ogan ahmoqlik.
Nihoyat kop otmay u hushiga keldi. Kop soroq savoldan song u jurnalist ekanligi va jk bn jiminni ortidan kuzatganini aytti. Men esa asabiy sochlarimni ortga tarab oynani ochtim toza havo kerak. Lekin oynani ochganimda kochada tartibsizlik boshlanayotgan edi. Mashinalar ozida ozi bir biriga urulib odamlar bir birini tishlasha boshladi. Jirkanch mahluqlar paydo bolib har yerda yugurib yurardi. Qon hidi meni darrov qamrab oldi. U yerdan uzoqlashib yerga otirib qoldim boshqalar ham oynadan nima bolayotganini kuzatishdi. Jimin oldimga kelib meni kotarvoldi. Opam va menga qarab jiminga bir nima deyishti va uydan chiqib ketishti. Nimalar bolyapti ozimni anglolmayapman. Jimin menga qarab bir nimalar derdi chunmayapman quloqlarim hech nima eshitmayapti. Hislarim barchasi yoqolgandek bir muddat kozimni yumdim.
5 daqiqacha otgach barini chunib yettim bari oz orniga qayta boshladi. Men osha drammalarda korgan zombilar endi real ongimda yuripti. Men yaqinlarimni qutqarishim kerak. Bolmasam ularni yoqotaman. Darrov turib sport shkafimdan qattiq dubinkalarni oldim birini jiminga berdim. Birini esa ozim ushlavoldim
Eshik tomon yurmoqchi bolganimizda boya boglab qoygan jurnalist erkak gapirdi.
J: meni tashlab ketmanglar hech bolmasa qolimi yechib qoyinglar bolmasam olib ketaman
Jimin darrov borib uni qollarini yechib qoydi. Jimin ikkimiz eshikdan chiqib 2 chi qavatdan tushdik rostan ham zambilar kop. Darrov mashina tomon yugura boshladik. Mashina atrofida ham zombilar bor edi. Yoq faqat bu emas. Jin ursin nimadur qilishim kerak. Mashina oldiga borganimizda zombilar bizga qarab tashlanisha boshladi. Ularni qon bolib ketgan jirkanch yuzlarini korish menga halaqit qilyapti. Meni tishlashlaridan oldin ularga zarba berayotgandim. Nihoyat oldimdan ketishti. Jimin. Unga 2 ta zombi tashlanganini koryapman. Tishlab olishipti. Uni oldiga yugurib unga yordam bera boshladim zaiflashib ketardim. Uzoqdan zambilar bizga qarab yugurib kelayotgandi. Jimin u yiqilib tushti meni ketishimni aytti. Lekin men bir lahza ortimdan kimdur menga qattiq zarba berdi boshimdagi ogriq sabab yerga quladim. Song bari hiralashib qorongulashti va hech nima korinmay qoldi. Qorongulik
Barcha yer qorongu. Demak bu tush edi. Men hozir uhlayapmanmi?
Meni qalbim ogriqsiz menga ogriq beryapti. Nega yuragim shunchalar qattiq ogrib meni qiynayapti. Men qayerga ketyapman ozi? Qorongulik uzoqda vir nuqta kichkina yoruglik korinardi men esa yurishtan charchab ogriq his qilsamda oldingi yuryapman.