November 17

Autumn memories

Erta tong

Yeji bugun maktabga borish uchun tayyorlanayotgan edi . U biroz hayajonlandi chunki bugun maktabning il kuni edi.

U tayorlanib maktabga ketti

~

Yeji mk ga kelganida uning dugonasi Sullyon uni kutib oldi.

Sullyon
Yeji

S: Salom dugonajon. Bugun juda ochilib ketibsan . Men seni juda juda sogʻindim.

Y: albatta sen ham goʻzalsan. Men ham seni sogʻindim.

S: tatilda senga qoʻngʻiroq qilib tusholmadm. Hech sendan darak boʻlmadi tinchlikmi oʻzi.

Y: bilasanku dadam telefonimda olib qoʻygandilar.

S: ha yana qoʻlga tushib qolganmiding.

Y: shunday. Bilasanku dadam bu borada jiddiy qaraydilar.

Shu payt Sullyoning koʻzi uzoqdan yurib kelayotgan Hyujinga koʻzi tushdi.

S: hoy hoy yeji buni qara u juda ham kelishgan boʻlib ketibdi. Yo xudo .

Y: haligi bu anavimu ismi nimediya . Ha ha Hwang Hyujin edi. Oʻshami.

S: ha xuddi oʻzi. Buni qara nimadur notogʻri u senga qarayaptimi yo xudoyiiim . U senga qarab kelyapti.

Y: hoy aqldan ozdingmi ? Shunchaki koʻzi tushib qoldiku.

S: nima qilibdi anavi yigitingdan yaxshiroqku

Y: hoy uni bu yerga qoʻshma qani darsga kettik - dedida Yeji Sullyonni qoʻlidsn ushlab mk binosiga olib kirib ketti.

Hwang Hyujin. Maktabdagi eng mashhur yigit. U bn gaplashishni butun maktabdagilar orzu qiladi. Nafaqat maktabda balki u butun Seoulda ham mashxur. Ota onasidan erta yolgʻiz qolgan .
Park Yeji . Maktabdagi eng boy qiz. Uning otasi Seouldagi mashxur biznezmen. Otaonasi ajrashgan . Otasi bilan yashaydi. Lekin munosabatlari yaxshi emas. Yeji juda chiroyli boʻlganligi uchun u bilan yigitlar munosabat qilishni xohlashadi. Lekin Yejining otasi bu narsalarga jiddiy qaraydi hamda ruxsat bermaydi

~~~~

Hali dars boshlanmagan edi. Yeji xonada telefonida bir nimalar qilib oʻtirgan edi. Shu payt unga yigiti Felix qoʻngʻiroq qildi.

Y:alo.

F: hoy men senga kecha tunda nima degan edim.

Y: nima?

F: hoy ertalab uygʻonganingda menga qoʻngʻiroq qil degan edim. Sen nima qilding?

Y: hoy men nima bekorchi odam emasmanku. Unutibman.

F: Ha ha sen meni shunday alda . Aslida xiyonatlaringni bilmaydi deb oʻylaysanmi . Hammasni bilaman.

Y: Felix sen aqldan ozdingmi? Nimalar deyapsan. Qanday xiyonat sen qilsang qilibsanki, men umuman qilmaganman.

F: men bilmayman hayr - deb telefonni qoʻyib qoʻydi.

Y: alo alo Felix? Yo xudo oʻchirib qoʻydi . Nima kerak oʻzi bunga hayronman . - deb kayfiyati tushib ketti

Lee Felix . Yejining yigiti. Oʻzi nima xohlayotganini bilmaydi. Yeji bn 16 yoshida tanishishgan . Yeji bn bir maktabda faqat u yuqoriroq sinfda oʻqigan va bitirgan . Yejiga umuman kun bermaydi. Yejidan nima istayotganini ham bilmaydi. Yeji bir necha marotaba Felix ni deb otasidan kaltak va uy qamogʻini olgan

~

S: Hoy yeji nega kayfiyating yoʻq?

Y: Buni koʻrmaysanmi. Felixda yana eski qiliqlarini boshlayapti.

S: Eslatma oʻsha axmoqni undan koʻra boshqa yigit top.

Y: Qayerdan topaman . Bilasanku Felixni sevaman . Qolaversa yana otam bilib qolsalar...

S: Otang baribir biladi. Felix bn munosabatingni bir kunmas bir kun bilib qoladi axir .

Y: Ha toʻgʻri lekin hech boʻlmasa Felix bilanku. Boshqa yigit boʻlsa yomonda.

S: Otang Felix bn munosabatingni bilib qoladi va otang seni jazolaydi. Telefoningni olib qoʻyadi va uyga qamab qoʻyadi. Qarabsanki Felix seni yana tashlab ketadi .

Y: Qoʻysangchi u unday yigit emas .

S: Ha Ha . Hoy undan koʻra anavi haligi ustoz Nam ni sinifidagi yigit borku boyagi Hyujin oʻsha bilan sevishsangchi?

Y: hoy aqldan ozdingmi? Men u bilan qanday sevishaman qoʻysangchi undan koʻra oldinga qara - deb telefonini koʻrishda davom etti.

Yeji instagramga ikkilanib kirdi va qidiruvga Hyujin ismini yozdi va koʻp akkauntlar chiqdi. U sahifasiga Hyujin oʻzini qoʻygan rasmini koʻrib oʻsha sahifani bosdi. U rostan ham Hyujinning sahifasi edi . U ikkilanib follow tugmasini bosdi. Va oʻqituvchi kelib qoldi .

~

Darslar tugadi Yeji va Sullyon birga uyga ketishdi.

~~

Yeji uyiga yetib kelganda biroz kayfiyati tushdi. Va u biroz oʻylanib turib qoldida keyin uyga kirib ketti.

Yeji uydagi xizmatkorga qarab dedi.

Y: dadam hali kelmadilarmi?

: yoʻq.

Y: Kelsalar menga xabar bering - deb xonasiga chiqib ketti.

~

Yeji xonasiga chiqib kiyimlarini almashtirdide oʻrniga yotdi.

Yejining uyi
Yejining xonasi

~~

Yeji oʻrniga yotdida telefoni olib instagramga kirdi. Yeji u yerda Hyujin unga obuna boʻlganini koʻrdi va hayajonlanib ketti. Va birdan yigiti Felix borligi esiga tushib qoldi.

Y: Yo xudo mutlaqo esimdan chiqibdi. Hozir telefon qilib qoʻymasam meni topib yana menga mingʻirlaydi. Yeji Felixga qoʻngʻiroq qildi. Ammo Felix goʻshakni koʻtarmadi .

Y: Yo xudoyim nega bu goʻshakni koʻtarmaydi? - deb asabiylashishni boshladi va qoʻngʻiroq qilishni toʻxtatdida telefonini otib yubordi.

Va uxlamoqchi boʻldi. Yeji chamasi soat tungi 9 largacha uxladi. Yejini eshikni qattiq yopilgan ovozi uygʻotib yubordi.

U nima boʻlganini bilish uchun pastga tushmoqchi boʻldi. U pastga tusharkan otasini telefonga kimdur bilan baqirib gaplashyotgan ovozi koʻtarilishni boshladi. Yeji otasini koʻzigs koʻrinmaslikni maqul koʻrdida yana sekin tepaga chiqib ketti.

~

Yeji xonasida nima qilishni bilmadi . Uxlay desa uyqisi kelmaydi . Shuning uchun u film tomosha qilmoqchi boʻldi. U tuni bilan film tomosha qilib chiqdi. Hattoki oʻsha yerda uxlab ham qoldi .

~~~

Erta tong .

Yeji qotib uxlayotgan edi. Uni Sullyondan kelgan 41 chi qoʻngʻiroq uylotib yubordi.

Y: Alo - deb uyqisrab javob berdi.

S: Nima? Sen hali ham uxlsyaosanmi? Tezroq boʻl soatga qaradingmi?

Y: Nega menga baqirasan ?

S: Oʻzing nega baqirasan?

Y: Sen baqirganing uchun baqiryapman

S: Tezroq boʻl dars boshlanishiga 10 daqiqa qoldi.

Y: Yaxshi - deb gʻoʻshakni qoʻydi . Yeji soatga qaraganda vaqt alla qachon kech boʻlayotgan edi. Yeji oʻrnidan otilib turib tapur tupur tayyorlanishni boshladi.

~~

Yeji endi uydan chiqib ketayotganida otasi uni toʻxtatdi.

: Mana bu pulni mendan pul soʻrab yurma shuni ishlatib tur - deb ancha muncha koʻp pul berdi.

Yeji oyasini bunday sovuqqon muomalasidan biroz xafa boʻldi ammo pul olgani uchun kayfiyati koʻtarildida uydan yugurib chiqib ketti

Gong Yoo Seouldagi eng katta biznesman . Xotini xiyonati sabab u bilan ajrashgan . Qiziga umuman mehr bermaydi . Buni xohlamaydi hatto

Yeji koʻcha boʻylab maktabgs yugurib ketarkan uni qarshisidan doʻkon chiqib qoldi. Yeji doʻkonga kirish kirmaslikni oʻylab qoldi.

Y: Nima qilsam ekan . Maktabga kech qolayapmanku . Ha mayli axir ertalab nonushta qilmadimku. Faqatgina bitta narsa olaman - deb doʻkonga kirib ketti. Yeji bitta narsa olishni oʻrniga doʻkondegi hamma narsani olib chiqqandek edi goʻyo. Yeji maktab hududiga kirganda . U binoga bunday kirolmasligi tushundi . Shuning uchun u sal chetroqga oʻtib yeb olmoqchi boʻldi. Ammo u endigina oʻtaman deganda uni oldidan Hyujin chiqib qoldi. Hyujin uni koʻrib hayron boʻlib qoldi. Albattada qoʻlida shuncha ovqat turbdida. Yeji bundan xijolat boʻlib nima qilishini bilmay qoldi. Hyujin ham biroz uyalib kettida uni koʻrmaganlikka olib maktabga kirib ketti.

Yeji bu xolatdan juda ham uyalib ketti . Va u ham maktabga kirdi.

~~~~

Tanaffuz payti Yeji maktab yoʻlagida yurganida Hyujinni koʻrdi. Hujin ham Yeji tomon yurib kelayotgan edi. Ular xuddi bir birlarini koʻrmagandek oʻtib ketishdi. Ammo Hyujin ortiga Yeji tomon qarab qoʻydi .

Yeji tushlik qilish uchun oshxonaga bordi.

~

Yeji ovqatlanib oʻtirganda oshxonaga Hyujin ham kirib keldi. Hyujin ovqatini olib stolga borib oʻtirguncha unga qarab turdi. Hyujin stolga oʻtirishi bn undan koʻzini uzdi. Hyujin ham ovqatlanayotgan paytida atrofga koʻz yuguryirib chiqdi va Yejini koʻrib qoldi. Hyujin Yejiga uzoq vaqt tikilib turdi. Yeji Hyujinga qaramayotgan boʻlsada Hyujin unga qarab turganini his qilib turgandi .

POV Yeji.

Yo xudoyim u nega menga bunday qarayapti. Juda ham noqulay boʻlib ketyapman

~~

Hyujin telefonini oldida ijtimoiy tarmoqga kirib Yejining sahifasini topti. Hyujin Yeji qoʻygan suratlarni tomosha qildi va bittasiga layk bosib qoʻydida yana ovqatlanishni davom etti.

~~~

Darslar tugadi Yeji esa bir oʻzi uyiga ketti . Uyiga kelganida otasi yoʻq edi. Yeji xonasiga kirib uxlab qoldi.

~

Yejining kunlari shunday oʻtishda davom etti. Har maktabga borganda Hyujin undan koʻzini uzmay qarab turar edi.

Oradan 2 hafta oʻtti . Yeji maktabda doʻstlari bilan sinfdoshlari boshqa sinf oyana Hyujinni sinfi oʻrtasidagi basketbol oʻyinini tomosha qilib oʻtirgandi. Hyujin kaptokni raqib jamoa savatiga tushirolmadi va shu sababli Yeji va uning doʻstlari xursandchilikdan baqirishdi. Buni eshitgan Hyujin Yejiga oʻzini sovuq nigohlari bn tikilib turdi. Yeji ham unga xuddi shunday nigohlar bilan qarash qildi. Hyujin darxol koʻzlarini olib qochti.