My boss 10-qism
Yuna ishga keldi. Bugun Yunaning birinchi ish kuni edi . U ishini yaxshi kayfiyatta boshlamoqchi edi. Ammo Felix bn boʻlgan voqea uni kayfiyatini tushirib yubordi.
U jimgina ishlab oʻtirganda uning oldiga bir ishchi keldi.
: Salom meni ismim Nayeon. Lee Nayeon. Adashmasam sen haligi yangi xodim . Isming nimediya , haa esladim sen Park Yunasan toʻgʻrimi?
N: tanishganimdan xursandman - deya yunaga qoʻlini choʻzdi.
N: qahva ichishga nima deysan?
Y: yoʻq demasdim- deb birga ular qahva ichishga ketishdi.
Ular qahva ichib oʻtirishganda nayeon birdan gap boshladi.
N: hoy kel dugona boʻlamz. Sen menga yoqib qolding.
Yuna bundan kayfiyati biroz koʻtarildi.
Y: Yo xudo chindanmi ? Mayli unday boʻlsa dugona boʻlamz - bundan 2lasi ham xursand boʻldi.
N: Yuna sendan bir narsa soʻrasam boʻladimi?
N: boyadan beri seni kuzatb turibman . Negadr kayfiyating yoʻq. Biron nima boʻldimi. Yoki yigiting bn urshb qoldingmi?
Y: Hoy qanday yigit . Meni yigitm yoʻq.
Yuna biroz jim boʻlib qoldi. Xuddiki Felix haqida unga aytgisi kelayotgandek .
N: Hoʻsh u qanday boʻlgan aytib berchi.
Y: u bn men yuqori sinfda tanishganmiz. Oʻsha paytlar men mkga yangi kelgan oʻquvchi edim. U maktabda eng mashxur bola edi. Uni ortidan koʻp qizlar yurar edi. Ammo u ularga etibor bermas edi. Uning ismi Felix edi. Uning aytishicha menga boʻlgan tuygʻulari biz tortishib qolganimizda paydo boʻlgan ekan - deb kulib gapirib berdi va shu bn birga yunaning ichidan nimadur uzilganday boʻldi.
Y: U menga yaqin dugonam bn xiyonat qildi.
N: Yo xudo yuna bunga qanday chidading , men seni oʻrningda boʻlganimda bormi ex.
N: Yaxshi hozir ham uni sevasanmi?
Y: men uni hech qachon sevishdan toʻxtamadim. Bilasanmi u meni Yuni deb erkalar edi - deb gapirishdan toʻxtadi.
Ha men felix ni hali hamon sevaman. Uni bir soniya ham sevishdan toʻxtamadim. U haqida yomon fikrga ham bormadim. Undan soviy olmadim. Menda suga ga nisbatan tuygʻular bormi? Albatta yoʻq . Boʻlsa ham bu soxta boʻlar edi. Shunchaki men suga ni birinchi marotaba koʻrganimda Felix ni koʻrgandek boʻldim . Suga meni qoʻllarimni ushlaganda uni issiq kaftlarida felix ni his qila boshladim. Men baribir Felix ni chin qalbimdan sevar edim. Menimcha men uni sevishdan hech qachon toʻxtay olmasam kerak - deb oʻyladi.
Y: mana nayeon shuning uchun men doʻstlikka umuman ishonmayman . Ammo sen bn dugona boʻldim . Umid qilamanki sen menga hiyonat qilmaysan. Agar sen ham menga shunday qilsang men butunlayga tamom boʻlaman
N: Yuna bizni oʻrab turgan voqealar va hissiyotlar har birimizning ichki kurashlarimizni kuchaytiradi va faqat oʻzimizni anglaganimizda, hayotning maʼnosini topamiz. Sevgi va doʻstlik bazida ogʻriqli va qiyin , lekin har doim oʻziga xos goʻzalikka ega u insonni oʻzini kashf etishga undaydi. Yuna sen havotir olma men hech qachon senga xiyonat qilmayman. Har qanday vaziyatda ham seni tashlab ketmayman
Y: Senga ishondim , qani endi ishga - deb ular ish stollariga qaytishdi.
Yuna ishlarini tugatib uyga qaytmoqchi edi. Ammo koʻchada yomgʻir yogʻayotgan edi.
Y: Jin urgur hatto soyabonim ham yoʻq exx endi nima qilaman - deb sumkasini boshiga tutdida avtobus kutishni boshladi .
Shu payt uni oldiga bir mashina toʻxtadi . Yuna uni ichidagi bolani koʻrib hayron qoldi . Chunki bu bola oʻsha yuna avtobusda boʻlgan payti unga qarab turgan .
: Hoy oʻtiring olib borib qoʻyaman.
: Qoʻysangizchi bunday yomgʻirda avtobus juda kech keladi. Yomgʻirda turib shalabbo boʻlibsizku oʻtiring.
Ular yoʻl boʻyi ketisharkan Oʻsha yigit yunadan koʻzini uzmadi.
: meniki Hyujin . Siz shu yerda ishlaysizmi ? Sizni oʻsha yerda koʻp koʻraman
Y: qanaqasiga axir bugun birinchi ish kunimku qanday meni koʻp korasiz ?
H: Yo xudo eplay olmadim . Mayli sizga rostini aytaman . Menimcha meni tanidingiz men haligi siz avtobusda boʻlganingizda sizni koʻrgan edim
Y: ha esimda xuddi odam koʻrmagandek tikilib turgan edingiz
H: ha ha oʻsha yigit men edim. Meni mashinam buzilib qolgan edi. Shu sababdan asabiylashib turgan edim. Va uzoqda avtobusda oʻtirgan qizga koʻzim tushdi. U juda chiroyli edi. Undan koʻzimni uzolmadim. Va 2 daqiqadan spng avtobus ketib qoldi va mening hikoyam ham tugab qoldi ichimda essiz dedim.
Y: Qotil shundaymi? Hoy xushomatni bas qling.
H: soʻngra ishdan uyga qaytayotganimda yoʻlda sizni koʻrib qoldim. Bu imkoniyatni qoʻldan boy bergim kelmadi.
Y: Kechirasiz siz oʻylayotgan ish umuman boʻlmaydi. Esingizdan chiqaring .
H: Nega endi. Yaxshi narsalar haqida oʻylasangizchi. Balki bir birimizni yoqtirib qolib turmush qurb ketarmiz?
Y: Nimalar deyapsiz, men hayotta sizga oʻxshagan odam bn turmush qurmayman.
H: aytmoqchi yigitingiz bormi?
Y: sizga nima dedim? Ortiqcha savol bermasangizchi.
H: Hop hop hop mayli. Jaxlingiz chiqmasin. Modomiki yoʻq ekan balki doʻst boʻlib qolarmiz?
Y: hech ham keragi yoʻq meni shundoq ham doʻstlarim yetarli
H: unaqa oʻxshamapti - deb oʻzicha hyujin yunaga hazil qildi . Yunani bundan hafsalari pir boʻldi.
Y: nima eshitmayapsizmi toʻxtating - deb baqirishni boshladi.
H: iltimos oʻzingizni bosing men shunchaki hazillashgan edim, agar xaga qilgan boʻlsam kechiring.
Y: men sizga toʻxtating dedim - hyujin mashinani yoʻl chetiga toʻxtatdi. Yuna mashinani eshigi qattiq yopib yugurib ketib qoldi.
Hyujin qilgan ishidan uyalib ketti.
H: jin urgur xafa qilib qoʻydim. Kechirim soʻrashim kerak .
Yuna uyiga piyoda ketayotgan u yana yoʻlda felix ni yomgʻirda sevgilisi bn yugurib yurganini koʻrdi.
Yuna ularni yonidan xuddi felix ni koʻrmagandek oʻtib ketti. Ammo felix yunani koʻrgandi ammo u yunaga hech nima deyolmadi
Yuna uyiga kelib kiyimlarini alishtirmasdan oʻrnida choʻzilib yotib oldi.
Yo xudo bugun yana felix ni koʻrdim. U hali ham men bergan brelokni yechmapti. Nima uchun? Balki u meni hali ham sevadimi? Lekin agar sevsa nega avvalroq oldimga qaytmagan? Yoʻq menimcha sevmaydi. Sevmasa brelokni taqib yurarmidi? Yoki u meni hali ham sevadi broq u gaplashayotgan qiz shunchakimikina ? Boʻlishi mumkin. Yo xudo bilmayman
Yuna instagramga kirdida felixni sahifasini tomosha qildi. Felix yangi highlightlar qoʻygan edi. Yuna ularni tomosha qildi. U yerda felix va yunaning maktab davrida tushgan eski suratlari joylangan edi.
Yuna bu rasmlarni nega felix qoʻyganini tushunolmadi.
Y: Yo xudo nima uchun bu rasmlarni qoʻydikina- shu payt felix yunaning hikoyasiga layk bosgani haqida xabar keldi.
Y: Nimaaaaaaaa? U meni hikoyamga layk bosdiiiii? Jin urgurrrrr nega boysabsannnnn? Meni yana umid qilishmni istaysanmi yo xudo - deb tiprchilab ketti.
Erta tong . Yuna tayyorlanib ishga ketti.
Yuna ishda biroz ishlagach nayeon bn tushlikka chiqib ketti.
Y: hoy nayeon senga bir gap aytaman , kecha men felix ni bir qiz bn koʼchada koʻrdim. Eng qizigʻi u men bergan brelokni hali ham yechmabti. Yana u maktabda birga tushgan rasmlarimizni ham qoʻyibdi. Va meni hikoyamga layk ham bosibdi bu nima degani?
N: menimcha u seni sogʻinyapti.
N: ha. Hoy hali ham uni sevasanmi?
N: agar u seni yoninga kechirim sorab kelsa u bn birga ketasanmi?
N: menimcha u seni sogʻingan .
Y: sogʻinishga biroz kechmasmi?
N: yuna sen uni hali ham sevaman va u bn ketishga tayyorman dedingku.
Y: bilmasam oʻylanib qoldim. Felixni koʻrsam endi deyarli biron nima his qilmayapman . Lekin sevaman.
N: biroz kut menimcha u qaytadi.
Yuna ishlarini tugatib uyga qaytayotgan edi . Shu payt uni oldiga hyujin mashinada toʻxtadi.
H: kecha sizni xafa qilib qoʻydim. Aybimni yuvishga izn bering
Y: men hech nimadan xafa boʻlmadim. Ketavering .
H: koʻrinib turibdi xafa boʻlganingiz.
Yuna indamay turdi va avtobus kelib qoldida yuna unga chiqib ketti.
H: yo xudo indamay ketib yubordimi?
Yuna uyga kelganida kundalik ishlari bn band boʻldi. Va uxlashga yotdi.
Uning tonga har doimgidek bir xil boshlandi.
Yuna ishlarini tugatib endi avtobusda ketaman deb turganda oldiga hyujin kelib toʻxtadi.
H: hoy aybimni yuvish uchun izn bering .
Y: men sizni kechirdim. Boʻldi endi men kettim.
H:yoʻq yoʻq hech boʻlmasa kechki ovqat.
Y: mayli faqat keyin yoʻlimdan chiqmang.
Ular ovqat payti biroz gaplashishdi.
H: hoy meni oʻsha kungi gapim uchun kechiring. Toʻgʻrisi men bilmay qoldim.
H: haligi bir savol bersam maylimi?
H: yigitingiz bormi- drb hayajonlanib soʻradi. Yuna biroz unga qarab kulib yubordi.
H: hoy nima boʻldi nega kulyapsiz, kulguli savol berdimmi?
H: ha demak yaxshi. Haligi sizga qanday ovqatlar yoqadi menga masalan corndpg va ramyon.
Y: menga ham corndog yoqadi . Juda ham yegim kelayotgandi.
H: unda bu yerdan chiqib corndog yegani borsakchi.
Y: yaxshi - deb yuna yana kulishni boshladi.