November 4

My boss 10-qism

~~~

Yuna ishga keldi. Bugun Yunaning birinchi ish kuni edi . U ishini yaxshi kayfiyatta boshlamoqchi edi. Ammo Felix bn boʻlgan voqea uni kayfiyatini tushirib yubordi.

U jimgina ishlab oʻtirganda uning oldiga bir ishchi keldi.

: Salom meni ismim Nayeon. Lee Nayeon. Adashmasam sen haligi yangi xodim . Isming nimediya , haa esladim sen Park Yunasan toʻgʻrimi?

Y: Ha toʻgʻri.

N: tanishganimdan xursandman - deya yunaga qoʻlini choʻzdi.

Lee Nayeon

N: qahva ichishga nima deysan?

Y: yoʻq demasdim- deb birga ular qahva ichishga ketishdi.

~~

Ular qahva ichib oʻtirishganda nayeon birdan gap boshladi.

N: hoy kel dugona boʻlamz. Sen menga yoqib qolding.

Yuna bundan kayfiyati biroz koʻtarildi.

Y: Yo xudo chindanmi ? Mayli unday boʻlsa dugona boʻlamz - bundan 2lasi ham xursand boʻldi.

N: Yuna sendan bir narsa soʻrasam boʻladimi?

Y: Albatta

N: boyadan beri seni kuzatb turibman . Negadr kayfiyating yoʻq. Biron nima boʻldimi. Yoki yigiting bn urshb qoldingmi?

Y: Hoy qanday yigit . Meni yigitm yoʻq.

N: Sobiq yigitingchi, bormi?

Yuna biroz jim boʻlib qoldi. Xuddiki Felix haqida unga aytgisi kelayotgandek .

Y: Ha boʻlgan .

N: Hoʻsh u qanday boʻlgan aytib berchi.

Y: u bn men yuqori sinfda tanishganmiz. Oʻsha paytlar men mkga yangi kelgan oʻquvchi edim. U maktabda eng mashxur bola edi. Uni ortidan koʻp qizlar yurar edi. Ammo u ularga etibor bermas edi. Uning ismi Felix edi. Uning aytishicha menga boʻlgan tuygʻulari biz tortishib qolganimizda paydo boʻlgan ekan - deb kulib gapirib berdi va shu bn birga yunaning ichidan nimadur uzilganday boʻldi.

N: Nima sabab ajraldingiz?

Y: U menga yaqin dugonam bn xiyonat qildi.

N: Yo xudo yuna bunga qanday chidading , men seni oʻrningda boʻlganimda bormi ex.

Y: bilmasam.

N: Yaxshi hozir ham uni sevasanmi?

Y: men uni hech qachon sevishdan toʻxtamadim. Bilasanmi u meni Yuni deb erkalar edi - deb gapirishdan toʻxtadi.

POV Yuna

Ha men felix ni hali hamon sevaman. Uni bir soniya ham sevishdan toʻxtamadim. U haqida yomon fikrga ham bormadim. Undan soviy olmadim. Menda suga ga nisbatan tuygʻular bormi? Albatta yoʻq . Boʻlsa ham bu soxta boʻlar edi. Shunchaki men suga ni birinchi marotaba koʻrganimda Felix ni koʻrgandek boʻldim . Suga meni qoʻllarimni ushlaganda uni issiq kaftlarida felix ni his qila boshladim. Men baribir Felix ni chin qalbimdan sevar edim. Menimcha men uni sevishdan hech qachon toʻxtay olmasam kerak - deb oʻyladi.

Y: mana nayeon shuning uchun men doʻstlikka umuman ishonmayman . Ammo sen bn dugona boʻldim . Umid qilamanki sen menga hiyonat qilmaysan. Agar sen ham menga shunday qilsang men butunlayga tamom boʻlaman

N: Yuna bizni oʻrab turgan voqealar va hissiyotlar har birimizning ichki kurashlarimizni kuchaytiradi va faqat oʻzimizni anglaganimizda, hayotning maʼnosini topamiz. Sevgi va doʻstlik bazida ogʻriqli va qiyin , lekin har doim oʻziga xos goʻzalikka ega u insonni oʻzini kashf etishga undaydi. Yuna sen havotir olma men hech qachon senga xiyonat qilmayman. Har qanday vaziyatda ham seni tashlab ketmayman

Y: Senga ishondim , qani endi ishga - deb ular ish stollariga qaytishdi.

~~~

Yuna ishlarini tugatib uyga qaytmoqchi edi. Ammo koʻchada yomgʻir yogʻayotgan edi.

Y: Jin urgur hatto soyabonim ham yoʻq exx endi nima qilaman - deb sumkasini boshiga tutdida avtobus kutishni boshladi .

Shu payt uni oldiga bir mashina toʻxtadi . Yuna uni ichidagi bolani koʻrib hayron qoldi . Chunki bu bola oʻsha yuna avtobusda boʻlgan payti unga qarab turgan .

: Hoy oʻtiring olib borib qoʻyaman.

Y: hozir avtobus keladi

: Qoʻysangizchi bunday yomgʻirda avtobus juda kech keladi. Yomgʻirda turib shalabbo boʻlibsizku oʻtiring.

Y: Yuna nailojlikdan oʻtirdi.

~~~~

Ular yoʻl boʻyi ketisharkan Oʻsha yigit yunadan koʻzini uzmadi.

: Ismingiz nima?

Y: nima uchun .

: meniki Hyujin . Siz shu yerda ishlaysizmi ? Sizni oʻsha yerda koʻp koʻraman

Y: qanaqasiga axir bugun birinchi ish kunimku qanday meni koʻp korasiz ?

H: Yo xudo eplay olmadim . Mayli sizga rostini aytaman . Menimcha meni tanidingiz men haligi siz avtobusda boʻlganingizda sizni koʻrgan edim

Y: ha esimda xuddi odam koʻrmagandek tikilib turgan edingiz

Hyujin

H: ha ha oʻsha yigit men edim. Meni mashinam buzilib qolgan edi. Shu sababdan asabiylashib turgan edim. Va uzoqda avtobusda oʻtirgan qizga koʻzim tushdi. U juda chiroyli edi. Undan koʻzimni uzolmadim. Va 2 daqiqadan spng avtobus ketib qoldi va mening hikoyam ham tugab qoldi ichimda essiz dedim.

Y: Qotil shundaymi? Hoy xushomatni bas qling.

H: soʻngra ishdan uyga qaytayotganimda yoʻlda sizni koʻrib qoldim. Bu imkoniyatni qoʻldan boy bergim kelmadi.

Y: Kechirasiz siz oʻylayotgan ish umuman boʻlmaydi. Esingizdan chiqaring .

H: Nega endi. Yaxshi narsalar haqida oʻylasangizchi. Balki bir birimizni yoqtirib qolib turmush qurb ketarmiz?

Y: Nimalar deyapsiz, men hayotta sizga oʻxshagan odam bn turmush qurmayman.

H: aytmoqchi yigitingiz bormi?

Y: sizga nima dedim? Ortiqcha savol bermasangizchi.

H: Hop hop hop mayli. Jaxlingiz chiqmasin. Modomiki yoʻq ekan balki doʻst boʻlib qolarmiz?

Y: hech ham keragi yoʻq meni shundoq ham doʻstlarim yetarli

H: unaqa oʻxshamapti - deb oʻzicha hyujin yunaga hazil qildi . Yunani bundan hafsalari pir boʻldi.

Y: mashinani toʻxtating.

H: nega hali ancha borku?

Y: nima eshitmayapsizmi toʻxtating - deb baqirishni boshladi.

H: iltimos oʻzingizni bosing men shunchaki hazillashgan edim, agar xaga qilgan boʻlsam kechiring.

Y: men sizga toʻxtating dedim - hyujin mashinani yoʻl chetiga toʻxtatdi. Yuna mashinani eshigi qattiq yopib yugurib ketib qoldi.

Hyujin qilgan ishidan uyalib ketti.

H: jin urgur xafa qilib qoʻydim. Kechirim soʻrashim kerak .

~~

Yuna uyiga piyoda ketayotgan u yana yoʻlda felix ni yomgʻirda sevgilisi bn yugurib yurganini koʻrdi.

Felix va uning sevglisi

Yuna ularni yonidan xuddi felix ni koʻrmagandek oʻtib ketti. Ammo felix yunani koʻrgandi ammo u yunaga hech nima deyolmadi

~~

Yuna uyiga kelib kiyimlarini alishtirmasdan oʻrnida choʻzilib yotib oldi.

POV Yuna

Yo xudo bugun yana felix ni koʻrdim. U hali ham men bergan brelokni yechmapti. Nima uchun? Balki u meni hali ham sevadimi? Lekin agar sevsa nega avvalroq oldimga qaytmagan? Yoʻq menimcha sevmaydi. Sevmasa brelokni taqib yurarmidi? Yoki u meni hali ham sevadi broq u gaplashayotgan qiz shunchakimikina ? Boʻlishi mumkin. Yo xudo bilmayman

Yuna instagramga kirdida felixni sahifasini tomosha qildi. Felix yangi highlightlar qoʻygan edi. Yuna ularni tomosha qildi. U yerda felix va yunaning maktab davrida tushgan eski suratlari joylangan edi.

Yuna va felixni eski suratlari

Yuna bu rasmlarni nega felix qoʻyganini tushunolmadi.

Y: Yo xudo nima uchun bu rasmlarni qoʻydikina- shu payt felix yunaning hikoyasiga layk bosgani haqida xabar keldi.

Y: Nimaaaaaaaa? U meni hikoyamga layk bosdiiiii? Jin urgurrrrr nega boysabsannnnn? Meni yana umid qilishmni istaysanmi yo xudo - deb tiprchilab ketti.

~~~~

Erta tong . Yuna tayyorlanib ishga ketti.

~

Yuna ishda biroz ishlagach nayeon bn tushlikka chiqib ketti.

~~

Y: hoy nayeon senga bir gap aytaman , kecha men felix ni bir qiz bn koʼchada koʻrdim. Eng qizigʻi u men bergan brelokni hali ham yechmabti. Yana u maktabda birga tushgan rasmlarimizni ham qoʻyibdi. Va meni hikoyamga layk ham bosibdi bu nima degani?

N: menimcha u seni sogʻinyapti.

Y: shunday deb oʻylaysanmi?

N: ha. Hoy hali ham uni sevasanmi?

Y: Sevaman.

N: agar u seni yoninga kechirim sorab kelsa u bn birga ketasanmi?

Y: shunday .

N: menimcha u seni sogʻingan .

Y: sogʻinishga biroz kechmasmi?

N: yuna sen uni hali ham sevaman va u bn ketishga tayyorman dedingku.

Y: bilmasam oʻylanib qoldim. Felixni koʻrsam endi deyarli biron nima his qilmayapman . Lekin sevaman.

N: biroz kut menimcha u qaytadi.

Y: hmm....

~~

Yuna ishlarini tugatib uyga qaytayotgan edi . Shu payt uni oldiga hyujin mashinada toʻxtadi.

Y: yana siz.

H: kecha sizni xafa qilib qoʻydim. Aybimni yuvishga izn bering

Y: men hech nimadan xafa boʻlmadim. Ketavering .

H: koʻrinib turibdi xafa boʻlganingiz.

Yuna indamay turdi va avtobus kelib qoldida yuna unga chiqib ketti.

H: yo xudo indamay ketib yubordimi?

~~~