October 12

My Boss 3-qism

My Boss

Yuna oʻz ish stolida hujjatlar bn ishlar ekan hech ham fikrini jamlay olmadi.
Sugani bu qilgan ishini qayta qayta oʻylayverib aqldan ozdi.
Y: Nega bu haqda oʻylayapman. Aqldan ozib qolaman yo xudoyim. Bor etiborimni ishga qaratishim kerak - deb yana qattiq ishlashga tushib ketdi.

Yuna ishlayotganda xamkasbi uning oldiga keldi.

: Yuna ketmaysanmi biroz birga ichar edik
Y: Yoʻq jon deb sen bilan ichgan boʻlar edim biroq bugun yarim tungacha ishlaymanov.
: Xa mayli yaxshi ishla charchama.
Y: sen ham.

Yuna bir joyda oʻtiraverib yuragi siqilib ketganidan biroz havo almashtirish uchun tashqariga chiqmoqchi boʻldi. U liftga chiqmoqchi boʻlganida lift ichida Sugani koʻrdi va biroz oʻylanib qoldi. Zinadan tushishga ham xoli yoʻq edi. Shu sabab liftga chiqishga qaror qildi. Lift pastgi qavatga tushib ketayotganda chiroqlar oʻynab lift silkinib toʻxtab qoldi.

Y: Bu nimasi nega toʻxtab qoladi. Axir men uyga ketishim keraku.
S: Xavotir olma hozir qoʻngʻiroq qilaman. Bir zumda hal qilishadi - deb qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻldi ammo aloqa chiqmadi.

Y: Xoʻsh nima boʻldi.

S: Aloqa yoʻq.

Y: Yo xudo. Rosa paytni poylab buzildida - deb pichirlab ensa qotirdi.

S: Biron nima dedingmi?

Y: A xa hech nima shunchaki tezroq bu yerdan chiqaylik deyapman - deb xavotirlanishni boshladi
Bu payt Suganing koʻzlari Yunani oppoq boʻyni va sonlarida edi. U sekin Yunani belidan ushlab maxkam siqishni boshladi. Bundan Yunani beli ogʻrishni boshladi.

Y: Hoy bu nima qilganingiz. Axir men sizga aytgan edimku.
Suga bunga javoban hech nima demasdan turaverdi va liftni oldiga ustalar kelganini eshtib darxol qoʻlini belidan oldi. Eshik ochilishi bilan Yuna darxol u yerdan qochib ketdi.

Yuna uyiga ketish uchun narsalarini tezda shosha pisha yigʻishtirib xonasidan chiqib ketdi. Yoʻlak boʻylab yugurib ketayotganda toʻgʻrisidan Suga telefonga qarab kelayotgandi. Yuna buni koʻrib biron nima qilmasin deb yonidagi yoʻlakka yugurib ketdi.

~~~~

Yuna koʻchada ketayotgan ekan kayfiyati umuman yoʻq edi.
Yuna bolaligidagi yomon xotiralarini eslab kayfiyati yana ham tushib ketdi. Chunki uni maktabda kambagʻalligi va onasi xudojoʻy inson boʻlgani uchun har kuni xoʻrlashgan edi. Yoshlikdagi sevgilisi unga xiyonat qilgan edi. Aksiga olib maktabdagi eng yaqin 9 yil birga boʻlgan doʻsti uni sotib maktabdagi oʻsha bezori qizlarga qoʻshilib Yunani koʻp kamsitgan edi. Yunani universitetda ham omadi kelmagan edi. Maktabda boʻlgan ishlar univerda ham takrorlandi.
Oilasida ham ruhiy jaroxatlarni deb boshqa qizlardek otasidan mehr koʻrolmadi. Onasi ham hayottan erta koʻz yumdi. Kundalik harajatlarni ham oʻylab adoyi tamom boʻlgandi. Yuna bu xotiralarni eslab koʻzidan biroz yosh chiqdi.

Yuna biroz soju ichmoqchi edi ammo soʻngi daqiqalarda fikridan qaytdi.

~~~~

Yuna uyiga kelib oʻrniga oʻzini tashladiga eringanidan kiyimlarini ham almashtirmay uxlab qoldi.

~~ Erta tong

Yuna kecha juda charchaganidan zoʻrgʻa koʻzlarini ochdi. Soatga qaraganda soat allaqachon kech boʻlayotgan edi.

Y: Uxlab qolibman . Tezroq ketishim kerak - deb tapur tupur kiyimlarini almashtirishga tushib ketdi.

~

Yuna ishga borganda bazi hamkasblari unga gʻalati qarashdi va ortidan gʻiybat ham qilishdi. Yuna bundan noqulay boʻldi.

Yuna ish stoliga oʻtirib endi ishlashni boshlaganda yonidagi 2ta hamkasbi ataylab baland ovozda gʻiybat qilishdi.

: Buni qara kechagina kelib olib prezidentimizni boshini aylantirib olibdi.
: Nimasini aytasan. Men uni bunchalik deb oʻylamagandim. Pul uchun har narsaga tayyor bular.

Yuna bu gaplarni eshitmaganlikka olib ishlashni davom ettirdi. Shu payt uni oldiga kechagi hamkasbi keldi.

: Hoy Yuna eshtingmi sen va prezident Min haqida gʻalati gapsoʻzlar yuribdi. Bazilar ikkovingizni yoʻlakda birga koʻrishgan ekanlar.

Y: Aytima bunga unday qilma deb

: Nimani ayting?

Y: Hech narsani men hozir kelaman - deb yuvinish xonasiga ketdi.

~~

Y: Shu narsadan qoʻrqayotgan edim. Endi boshqa ish topishimga toʻgʻri keladi. Bunday mish-mishlarga toqatim yoʻq - deb yuvinish xonasidan chiqib ketdi.

~~~~

Yuna ish stolida telefonidan ishga olish haqida elonlarni koʻrib oʻtirgandi va bir eloni koʻrib juda ham xayron qoldi. Sababi u lavozim hozirgi lavozimidan yuqoriroq edi . Faqatgina suxbatdan oʻtsagina boʻldi edi. Oylik maoshi ham hozirgi maoshidan ancha yuqori edi.

Yuna tushgacha ishlab boshligʻidan javob soʻradi.
Suga koʻp ham gapni choʻzib oʻtirmay ruxsat berib yubordi.

Y: Indamay ruxsat berib yubordimi? Ha mayli shunisi yaxshi boʻldi - deb suhbat tomon yoʻl oldi.

~

Yuna suhbatga kelgandi ishga oluvchi unga savollar berdi . Yuna esa aniq qisqa va tushunarli javoblar berdi.
Ammo tashqarda kutib turganida unga ishga olinmagani haqida kotiba xabar berdi.

Y: Nega men ishga kirolmayman. Axir suxbattan yaxshi oʻtgan edimku - deb kotibaga gapirdi.

Kotiba javob berishga ulgurmasdan ishga oluvchining biri kotibani ketkazib yubordi. Va Yunaga shunday dedi.

: Agar shu lavozimda ishlamoqchi boʻlsang aytganlarimni qilishing kerak.

Y: Hoy nimalar deyapsiz?

: Oʻzing oʻylab koʻr lavozim ham maosh ham yuqori. Bunday ishda ishlashni istamaysanmi. Agar rozi boʻlsang maoshingni 2 baravar oshirib beraman

Yuna bu gapni eshtib biroz oʻylanib qoldi. Uyining ijara haqqi, boʻynigacha boʻlib ketgan qarzlari borligini oʻylab qoldi.

Yuna ichida shunday dedi

Y: Nima qilsam ekan bunday maoshdagi ishni hech qayerdan topa olmayman qolaversa 2 xissa oshirib beraman deyapti. Qolaversa ijara haqqi va qarzlarimni ham tezda toʻlayman. Oʻzimni yonimga ham anchagina pul qoladi. Mayli nima boʻlsa boʻlar. Rozi boʻlganim boʻlsin.

~

Y: Men roziman

: Unda kettik.

Yuna hayajonlanib mashinaga oʻtirdi . U yoʻl boʻyi qoʻrquvda ketti.

~

Ular mehmonxonaga kelganlarida butun tun uchun xona bron qilishdi.
Yuna xonaga kirganida uni yanada qaltiroq bosdi. U tinchlanib olishga ulgurmasdan oʻsha odam unga teginishni boshladi

~

Erta tong

Yuna koʻzlarini ochib qaraganda kecha odam u yerda yoʻq edi. Unga stol ustida xat qoldirib ketgan edi.

Xatda: Oʻzim sen bilan bogʻlanaman - deb yozilgan edi.

Y: yaxshi oʻsha ishga joylashib olgunimcha hozirgi ishmda ishlab turaman - deb soddagina boʻlib gapirib dushga kirib ketdi.

~

Yuna binoga kirib kelayotganda hamkasbi uni toʻxtadi va biroz ular gaplashib turishdi.
Sal keyinroq Prezident Min ham binoga kirib keldi.

: Hayrli kun prezident - deb hamma u bilan salomlashdi.

Yuna uzoqdan Sugaga qarab turdi. Lekin oʻzini noqulay his qildi.

~

Yuna ish stolida ishlayotganda Suga uni xonasiga chaqirdi.
Yuna esa nimagadur borgisi kelmay bordi.

~

Y: chaqirtirgan ekansiz- deb hayajonlanib gapirdi.

S: Kecha ketib qolganing uchun hujjatlar tayyor boʻlmay qoʻldi bugungi kechagi hujjatlarni tayyorlab olib kir

Y: Hop boʻladi - deb xonadan chiqib ketdi.

POV Yuna

Hozir nima boʻldi. Nega bunday oʻzimni xuddi uni oldida aybdordek his qilyapman. Sugani koʻrsam kechagi tun esimga tushyapti. Hah nega unday boʻlyapti . Kechagi tunni Suga ga umuman aloqasi yoʻqku. Mayli ishlash lozim.

Nimagadur Yuna Sugani koʻrsa uyaladigan boʻldi. Va ich ichidan biroz kechagi tun uchun afsuslanib qoʻydi.

~~~

Ishlar tugab Yuna uyiga qaytdi.

Qorni ochib ovqatlanmoqchi boʻlib muzlatgichni ochti . Ammo u yerda hech nima yoʻq edi. Yuna yeyish uchun ramyon qidirdi. Ammo u ham qolmagan edi. Hech boʻlmaganda ozgina guruch sotib olish uchun hamyonini ochgandi u yerda sariq chaqa ham qolmagan edi

Yuna nailojlikdan doʻkondan qarzga narsa olishga majbur boʻldi .

Yuna doʻkonga yaqinlashganda doʻkon sotuvchisi bir uysiz bn janjallashayotganini koʻrdi.

: Yaramas sen gadoyvachcha boshqa bu yerda oʻralashma tushunarlimi?

Yuna doʻkonga kirishga biroz ikkilanib qoldi ammo baribir kirdi.

~~~

Y: Manabu ramyon bn guruchni qarzga olsam boʻladimi maoshimni olsam toʻlayman.

Sotuvchini boyagi janjaldan ancha asabi buzilgandi shu sabab Yunaga baqrib berdi.

: Qarz deysanmi ? Nima bu hayriya fondiga oʻxshayaptimi ? Doʻkon senlarga oʻxshagan gadoylarga toʻlib keetti. Qani yoʻqol. Qoʻlingdagini qoʻyda qorangni oʻchir - deb Yunani siltalab sudrab tashqarga olib chiqib yerga itarib yiqitib yubordi.

: Qaytib bu yerga kelma suyugʻoyoq.

Y: hoy hoy.... - Yuna koʻzida yosh bn nima deyishini bilmay shunday duduqlanib baqirdi va yerga oʻtirib yigʻlashni boshladi.

~~

Yuna uyiga kelganida qorni ochligidan shunchaki suv ichib oʻtiraverdi . U kechagi ishga oluvchi odam bn bogʻlanishga harakat qildi ammo boʻlmadi.

Yuna buni toʻgʻri qabul qilib uxlashga yotdi.

~erta tong

Yunaning kuni odatdagidek boshlandi va odatdagidek davom etdi.

~~~

Bu safar Yunaning ishi ertaroq tugadi.

Yuna ishidan chiqib toʻgʻri kecha suhbatga borgan kompaniyasiga yoʻl oldi.

~~

Yuna binoga kirmasidan oʻsha odamni koʻrib qoldi va oldiga bordi.

Y: Janob bu men suxbatga kelgan Park Yuna man . Oʻshanda menga nima deganingiz esingizdami. Aytganlaringizni qildim . Endi qabul qilasizmi?

: Kimsiz oʻzi?

Yuna bu gapdan biroz jim boʻlib qoldi.

Y: Bu nima deganingiz janob? Axir siz shunday qilsang qabul qilaman degan edingizku?

: Hoy bizni kompaniya Seuldagi eng oldi kompaniya u yerda senga oʻxshagan past tabaqalilar ishlamaydi. Bu yerdan darxol qorangni oʻchir - deb ketib qoldi.

Yuna nima qilishini bilmay hayron boʻlib qoldi va ichida qargʻab uyiga ketdi

3-qism tugadi.

yuna<