December 12, 2024

Turkistonda jadidchilik harakatlari

Har bir jamiyatdagi o‘zgarishlar shu jamiyat ziyolilarining yetakchi shaxslari, ayniqsa, ularning har biri o‘ziga xos ilg‘or g‘oyalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular jamoatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo‘llarini topishga harakat qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmida mustamlaka zulmi ostida ezilgan o‘z xalqlarini ma'rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar.

XIX asr oxirlarida jadidchilik harakati yuzaga keldi. Buning natijasi:
yangi usul maktablari tashkil qilib, ta’limni rivojlantirish orqali mustaqillikka erishish mumkin degan g‘oyalar ilgari surilgan.
XX asr boshlarida ko‘plab jadid adabiyotlari, gazeta va jurnallarning ommaviy nashr etilishi, mamlakat aholisining bunga ehtiyoji borligi va savodxon bo‘lganligidan dalolat berdi.
Ziyolilar xalq orasida ilg‘or g‘oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosiy vosita deb bildilar.

Buxoro amirligida birinchi yangi usul maktabi 1893-yilda faoliyat ko‘rsata boshladi. Keyinchalik, bunday maktablar boshqa hududlarda ham keng tarqaldi. Jadidlar ma'rifatparvarlik yo‘lida Qrim ziyolilari tajribalarini o‘rganish bilan birga boshqa mamlakatlardagi taraqqiyparvarlarning ilg‘or g‘oyalaridan ham foydalandilar.

O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlariga bo‘linadi. Turkiston jadidchiligini asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashning oldingi saflarida turdilar.

Buxoroda jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi, asosan, mayda do‘kondorlar, o‘qituvchilar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi.

Buxoro jadidchiligi ayrim mutaassib mullahlar, yangilik va islohotlarni xush ko‘rmaydiganlar qarshiligiga uchradi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati siyosiy tashkilot sifatida shakllana boshladi.

Turkistonda tarqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi 2 bosqichga boʻldi.
1- maʼrifatparvarlikdan boshlangan boshlangan . Bu harakat 1917-yilga kelib oʻzining 2-bosqichida- siyosiy koʻrinishdagi harakatga aylandi