October 12

My Boss 3-qism

My Boss

Yuna oʻz ish stolida hujjatlar bn ishlar ekan hech ham fikrini jamlay olmadi.
Sugani bu qilgan ishini qayta qayta oʻylayverib aqldan ozdi.
Y: Nega bu haqda oʻylayapman. Aqldan oʻzib qolaman yo xudoyim. Bor etiborimni ishga qaratishim kerak - deb yana qattiq ishlashga tushib ketdi.

Yuna ishlayotganda xamkasbi uning oldiga keldi.

: Yuna ketmaysanmi biroz birga ichar edik
Y: Yoʻq jon deb sen bilan ichgan boʻlar edim biroq bugun yarim tungacha ishlaymanov.
: Xa mayli yaxshi ishla charchama.
Y: sen ham.

Yuna bir joyda oʻtiraverib yuragi siqilib ketganidan biroz havo almashtirish uchun tashqariga chiqmoqchi boʻldi. U liftga chiqmoqchi boʻlganida lift ichida Sugani koʻrdi va biroz oʻylanib qoldi. Zinadan tushishga ham xoli yoʻq edi. Shu sabab liftga chiqishga qaror qildi. Lift pastgi qavatga tushib ketayotganda chiroqlar oʻynab lift silkinib toʻxtab qoldi.

Y: Bu nimasi nega toʻxtab qoladi. Axir men uyga ketishim keraku.
S: Xavotir olma hozir qoʻngʻiroq qilaman. Bir zumda hal qilishadi - deb qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻldi ammo aloqa chiqmadi.

Y: Xoʻsh nima boʻldi.

S: Aloqa yoʻq.

Y: Yo xudo. Rosa paytni poylab buzildida - deb pichirlab ensa qotirdi.

S: Biron nima dedingmi?

Y: A xa hech nima shunchaki tezroq bu yerdan chiqaylik deyapman - deb xavotirlanishni boshladi
Bu payt Suganing koʻzlari Yunani oppoq boʻyni va sonlarida edi. U sekin Yunani belidan ushlab maxkam siqishni boshladi. Bundan Yunani beli ogʻrishni boshladi.

Y: Hoy bu nima qilganingiz. Axir men sizga aytgan edimku.
Suga bunga javoban hech nima demasdan turaverdi va liftni oldiga ustalar kelganini eshtib darxol qoʻlini belidan oldi. Eshik ochilishi bilan Yuna darxol u yerdan qochib ketdi.

Yuna uyiga ketish uchun narsalarini tezda shosha pisha yigʻishtirib xonasidan chiqib ketdi. Yoʻlak boʻylab yugurib ketayotganda toʻgʻrisidan Suga telefonga qarab kelayotgandi. Yuna buni koʻrib biron nima qilmasin deb yonidagi yoʻlakka yugurib ketdi.

~~~~

Yuna koʻchada ketayotgan ekan kayfiyati umuman yoʻq edi.
Yuna bolaligidagi yomon xotiralarini eslab kayfiyati yana ham tushib ketdi. Chunki uni maktabda kambagʻalligi va onasi xudojoʻy inson boʻlgani uchun har kuni xoʻrlashgan edi. Yoshlikdagi sevgilisi unga xiyonat qilgan edi. Aksiga olib maktabdagi eng yaqin 9 yil birga boʻlgan doʻsti uni sotib maktabdagi oʻsha bezori qizlarga qoʻshilib Yunani koʻp kamsitgan edi. Yunani universitetda ham omadi kelmagan edi. Maktabda boʻlgan ishlar univerda ham takrorlandi.
Oilasida ham ruhiy jaroxatlarni deb boshqa qizlardek otasidan mehr koʻrolmadi. Onasi ham hayottan erta koʻz yumdi. Kundalik harajatlarni ham oʻylab adoyi tamom boʻlgandi. Yuna bu xotiralarni eslab koʻzidan biroz yosh chiqdi.

Yuna biroz soju ichmoqchi edi ammo soʻngi daqiqalarda fikridan qaytdi.

~~~~

Yuna uyiga kelib oʻrniga oʻzini tashladiga eringanidan kiyimlarini ham almashtirmay uxlab qoldi.

~~ Erta tong

Yuna kecha juda charchaganidan zoʻrgʻa koʻzlarini ochdi. Soatga qaraganda soat allaqachon kech boʻlayotgan edi.

Y: Uxlab qolibman . Tezroq ketishim kerak - deb tapur tupur kiyimlarini almashtirishga tushib ketdi.

~

Yuna ishga borganda bazi hamkasblari unga gʻalati qarashdi va ortidan gʻiybat ham qilishdi. Yuna bundan noqulay boʻldi.

Yuna ish stoliga oʻtirib endi ishlashni boshlaganda yonidagi 2ta hamkasbi ataylab baland ovozda gʻiybat qilishdi.

: Buni qara kechagina kelib olib prezidentimizni boshini aylantirib olibdi.
: Nimasini aytasan. Men uni bunchalik deb oʻylamagandim. Pul uchun har narsaga tayyor bular.

Yuna bu gaplarni eshitmaganlikka olib ishlashni davom ettirdi. Shu payt uni oldiga kechagi hamkasbi keldi.

: Hoy Yuna eshtingmi sen va prezident Min haqida gʻalati gapsoʻzlar yuribdi. Bazilar ikkovingizni yoʻlakda birga koʻrishgan ekanlar.

Y: Aytima bunga unday qilma deb

: Nimani ayting?

Y: Hech narsani men hozir kelaman - deb yuvinish xonasiga ketdi.

~~

Y: Shu narsadan qoʻrqayotgan edim. Endi boshqa ish topishimga toʻgʻri keladi. Bunday mish-mishlarga toqatim yoʻq - deb yuvinish xonasidan chiqib ketdi.

3-qism tugadi.

Yuna<<<