Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Yagona reyestrga kiritish tartibidan xabardormisiz?
oilaviy mehmon uyi — mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy obyekti;
xostel — asosan budjetli turizm uchun, turli sig‘imli nomer (xona)larga ega va sanuzellari nomer (xona)lardan tashqarida bo‘lgan, shuningdek, mehmonlar muloqoti uchun alohida joyga ega vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan joylashtirish obyekti;
o‘tovli oromgoh — yengil xomashyodan konussimon shaklda yasalgan, ko‘chmanchi turmush tarzini olib boradigan odamlarning tarixi va madaniy xususiyatlari bilan tanishish hamda tanishtirishga qaratilgan, tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi etnik uslubdagi ixtisoslashtirilgan, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 4,5 metr kvadrat hisobidan to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lgan sanitariya-gigiyena qulayliklari mavjud turistik baza;
chodirli oromgoh — tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, qismlarga ajratilishi va yig‘ilishi hamda matoli boshpana (chodir)lardan iborat bo‘lgan sanitariya-gigiyena qulayliklari mavjud turistik baza.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat