September 20, 2024

Davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalaning

Bugungi kunda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Davlat xizmatlari markazlarida elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan "Navbatsiz xizmat maskani" orqali fuqarolarimiz 300dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari hamda bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin. "Navbatsiz xizmat maskani"ga tashrif buyuruvchilar qo‘shimcha to‘lov evaziga alohida sharoitlarga ega bo‘lgan hududda istalgan xizmatdan navbatsiz foydalanishlari mumkin, bunda fuqarolarga alohida xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi...