November 13

Be Mine

Π§Π°ΡΡ‚ΡŒ_2

Quyosh tong otganini bildirish uchun bulutlar orasidan o'zining siyrak nurlarini yuzaga chiqardi. Nurlar sayir etib, yotoqda uxlab yotgan qizning yuziga tushdi. Va biroz vaqt o'tib qizning yotog'i oldidagi uyg'otgich ham ovozini eshittirdi.
Asi uyg'otgich ustiga bosib, ovozini o'chirdi. Asta ko'zlarini ochib, kirib kelgan quyosh nuridan tong otganini payqadi. Qaddini ko'tarib, yotoq ustiga o'tirdi. Kechagi jangdan biroz og'riyotgan tanasini chiniqtirish maqsasida bir - ikki mashqlar bajardi. So'ng yotoqdan turib, kichik uyning yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Yuvinish xonasidan ishlarini bitirib chiqgach ustki kiyimlarini almashtirdi. Va qalinroq plash kiydi. Eshik oldiga kelib, egilib oyoq kiyimini kiyib, eshik tutqichiga kalitni kirgizdi. Eshikni ochib, kalitni sug'urdi. Va tashqariga chiqib, kalit yordamida eshikni qulflab, nonushta qilmasdan ham kvartirasini tark etdi.

~~~~~

– Marhamat janob, qahvangiz, - qiz buyurtirilgan qahvani egasiga eltib, tabassum bilan yana boshqa buyurtmalarni tashish uchun bordi.
Soat 09:34. Ammo Asi hali ham nonushta qilmasdan, qahvaxonada ishini qilmoqda. Ha kunduz kuni - qahvaxonada. Kechasi esa - ringdan ishlaydi. Albatta bularning barchasini o'z xohishi bilan qilmaydi. Bularni qilishiga sabab yashashi. Yashashi uchun esa pul kerak. Demak, u albatta pul topishi kerak. Boshqa iloji ham yo'q.

– Asi, senga qoyil qolaman. Kunduz payti bu yerda. Kechki payt esa jang qilasan, - yigit idishlarni yuvar ekan, qarshisida qahva tayyorlayotgan qizga yuzlandi.

– Ba'zi payt o'zimga o'zim ham qoyil qolib ketaman, - qiz qahvadan ko'zini uzmagan holda, tabassum qilib qo'ydi.

– Rostini aytsam, qahvaxonada ishlash sen uchun emas. Qiz bola bo'lsangda mendan ko'ra kuchlisan, - yigit ham idishlarni yuvish barobarida kulib qo'ydi.

– Xo'sh, unda qanday maslahat berasiz, janob Suho?, - qiz qahvadan nigohlarini ko'tarib, yigitga qaradi.

– Kechagi jangni bir tanishim ko'rib qolibti. Aytishicha uning xo'jayiniga qo'riqchi kerak ekan.

– Nima erkak kishiga ayol qo'riqchi kerakmikan?, - qiz qahva ustini mahsus qopqoq bilan berkitib, yigitni kapiga kuldi.

– Uning aytishicha, sen uning ba'zi bir qo'riqchilaridan kuchliroq ekansan.

– Xo'sh?

– Xo'sh? Rozi bo'lasanmi?

– Suho, seningcha men erkak kishini qo'riqlab yuradigan qizga o'xshaymanmi?

– Albatta ha! Asi, uni ustiga oyligi ancha ko'p. Bu yaxshiroq joyga ko'chishingga yordam beradi. Uni ustiga senga pul taklif qilsam ham olmaysan.

– Bu haqida o'ylab ko'rishim kerak, Suho. Bilasan, oldin hech qachon qo'riqchilik qilmagan. Shu sabab ancha xatoliklarga uchrashim tabiiy hol.

– Tushunaman, Asi. Ammo bu sen uchun eng yaxshi yo'l deb hisoblayman. Va yana bilamanki, bu kasb senga kuch tomonlama qiyinchilik tug'dirmaydi.

– Bu haqida keyinroq gaplashamiz. Hozir esa ishgan qaytishimiz kerak. Bo'laqol, - qiz suhbatni tugatib bo'lgach qahvani egasiga eltib berish uchun ketdi.

~~~~

Quyosh asta - sekin o'rnini oyga bo'shatyapti. Kech tushgani sabab, albatta qahvaxonada odam kamayib, yopilishga tayyorlanayapti. Ish vaqti tugagan Asi va Suho ustidagi mahsus fartugni yechib, ustki kiyimlarini kiyishdi. Qolgan ishchilar bilan xayrlashib, qahvaxonani tark etdi.

Ko'cha xira qorong'u. Uzun yo'lakning chekkasida chiroqlar askarlardek saf tortib turibti. Shu bilan birga o'zi nurini ham insonlar yo'liga yoritmoqda.

– Asi, o'ylab ko'rdinmi?, - yo'lda qiz bilan birga ketayotgan yigit kunduzgi masalani yana o'rtaga tashladi.

– Suho, aytdimku, men u ishni eplay olmayman, - qiz ham yurgan yo'lida odatiy tovushda javob qaytardi.

– Senga ishonaman. Sen bu ishni ham eplaysan. Huddi qolgan ishlari kabi. Har holda sen chaqaloqqa enaga bo'lmayapsanku, - yigit o'zining gapidan biroz kuldi.

– To'g'ri aytasan..., - qiz ham yigitga qo'shilib kuldi.

– Demak, rozisan? Shundaymi?

– Men hali 'ha' demadim.

– Yo'q, baribir rozisan. Men uyga borishim bilan tanishimdan manzilni olaman. Va sen ertadan ishingni boshlaysan.

– Hoy, namuncha shoshilmasang.

– Tezroq ishingni boshlasang hursand bo'laman.

– Yaxshi...

– Senga kechki payt manzilni tashlab qo'yaman. Xohlasang birga borishimiz mumkin.

– Yo'q demasdim.

~~~

– Kotib Han, o'sha yigitga taklifni aytganmisiz, - harakatlanayotgan mashina ichida ketayotgan yigit oyoqlarini chalishtirgancha, qo'lidagi planshet orqali ishlarini bitirar ekan, qarshisida o'tirgan kotibiga qaradi.

– Ha janob Jungkook. Menimcha, ertaga ish bo'yicha kelishadi. Havotir olmang.

– Yaxshi...

Mashina o'sha qahvaxona oldida o'tib ketardi ekan, Jungkookning ko'zlari nogahon yo'lak bo'ylab ketayotgan qiz va yigitga tushdi. Yurak urishi tezlashdi. Va harakatdan to'xtadi.

– Mashinani to'xtating, - yigit buyruq berishi belib, haydovchi mashinani uncha o'tqazib yubormasdan, bir chekkaga to'xtatdi.

– Janob Jungkook, nimadir bo'ldimi?

– Asi...
Jungkook faqat shu ismni aytib mashinadan tushdi. Mashinadan tushib, qizni oldiga yugurib borib, uni bag'riga bosishni xohlaydi. Lablarining tamini yana his etishni xohlaydi. Ammo kutish kerak. Amalgam oshirmoqchi bo'lgan rejasiga qarshi turmasligi kerak.
Jungkook mashinadan uzoqlashmagan holda, yurib ketayotgan Asi va Suhoni uzoqdan kuzatib turardi. Negadir ularni birga ko'rib, biroz g'azablandi. Balkim, rash qilayotgandir. Albatta! Shuncha payt ko'rmagan, ammo, hozirgacha sevib kelayotgan insoningni sen bilan emas boshqa yigit bilan ko'rish, jahlingni qo'zg'amasdan qo'ymaydi...

~~~Soat | 07:20

Manziliga yetib kelib mashinadan tushgan Asi va Suho haydovchiga aytilgan miqdorga yo'l haqqini berib mashinadan tushishdi.
Qarshisidagi qasr kabi uyga qarashar ekan, Asi boy odamning qo'riqchisi bo'lishini anglab ulgurgan edi. Uy hovlisiga kirmasdan tashqarisi temir darvozada berkitilgan. Va darvozaning ikki chekkasida ikkita barzangi turardi. Ko'rinib turibdiki, ular ham bu yerda qo'riqchi.

– Asi, men ham sen bilan ishga kirsam bo'lmasmikan?, - yigit qo'riqchilardan ko'zini uzmay biroz vahimali ovozda gapirdi.

– Nega?

– Seni bu barzangilarga bergim kelmayapti. Ularni ichida qolib ketasan. Ular senga birornima qilib qo'ysachi. Sen qiz bolasanku.

– Yaa, Suho, o'zing emasmi kuchli qiz deyayotgan. Shunday ekan havotirlanma. Menga hech narsa bo'lmaydi, - qiz dalda bergandek, yigitning yelkasiga urib qo'ydi.
Darvoza ochilib, kotib Han chiqib keldi. Uncha katta bo'lmagan qadamlar bilan Asi va Suhoning oldiga yetib keldi.

– Hayrli kun, Janob Han, - yigit e'tiborini ularga kelib qo'shilgan yosh erkakga qaratib, qo'lini qisib qo'ydi.

– Senga ham, Suho, - Kotib Han ham javoban Suhoning qo'lini siqib qo'ydi. Va qo'lini Asi tomon uzatdi, – Va Asi xonim. Shundaymi?

– Har, janob, - qiz ham javoban erkakning qo'lini qisib, tabassum bilan gapini maqulladi.

– Taklifimizni qabul qilganingiz uchun rahmat, Asi xonim.

– Xonim deyishingiz shart emas. Har holda shunchaki qo'riqchi sifatida ishlayman. Keyin yoshingiz ham mendan katta, janob.

– Mayli, unda janob sizlatni kutyapti. Yuringlar, - kotib yigit va qizga yo'l ko'rsatib, uy ichiga taklif qildi.

~

Kotib Han, Asi va Suho uy ichiga kirgandan so'ng uzun yo'lak bo'ylab, katta ofis oldida to'xtashdi. Kotib Han ularga 'kuting' degandek ishora qilib, ofis ichiga kirib ketdi. Asi va Suho esa ofis tashqarisida uyning bir qismini kuzata boshladi. Har bir burchakda xavfsizlik kameralari joylashgan. Boshqa yo'lak bo'ylab uch - to'rtta qo'riqchilar o'tib ketdi. Asi hali o'ziga o'xshagan ya'ni, qiz bola qo'riqchiga ko'zi tushmadi. Va o'zini 'bu maskandagi yagona qiz bola qo'riqchiman' deb o'ylay boshlagandi.
Ikki daqiqa o'tib ofis eshigi ochilib, kotib Han chiqdi. Va Asi va Suhoni ofisga taklif qildi. Ular ofis ichiga kirishar ekan ishlash mo'ljallangan mahsus parta ustida hujjatlari bilan band bo'lgan yigit ularni kutib oldi.
Xonaga odam kirganini sezgan Jungkook boshini hujjatlardan ko'tardi. Qarshisida turgan sevgilisini ikki yil o'tib yaqindan ko'rdi. Ancha o'zgargan. Sochini kaltalatgan. Kiyinish uslubi ham o'zgarganiga amin bo'ldi.

– Janob Jungkook, mana sizga aytgan bo'lajak qo'riqchim - Seol...

– Asi, - yigit kotibining gapini o'zi yakunlab o'rnidan turdi. Partasini kesib o'tib ular oldiga o'tdi, – Salom Seol Asi, - yigit qo'lini qiz tomon uzatdi.

– Salom, janob... Jungkook, - qiz ham yigitning qo'lini qaytarmay qo'lini birlashtirdi. Ammo yigit qizning ko'zlariga qaragancha, qo'lini ushlab turdi. Bu qizni biroz o'zini noqulay qilishiga sabab bo'ldi. Va o'zi birinchi bo'lib qo'lini tortib oldi, – Meni ishga olganingiz uchun rahmat, janob.

– Hech qizi yo'q, Asi, – yigit havoda qolgan qo'lini cho'ntagi ichiga kirgizdi, – Endi bu yerda mening qo'riqchim sifatida ishlaysan. Yotog'ing ham qo'riqchilar uchun mo'ljallangan yotoqlarda joylashgan. Kuniga uch mahal to'liq ovqatlanasan. Har kuni mashg'ulotlar o'tkaziladi. Va men bilan mahsus missiyalarga ham borasan.

– Tushunarli, janob

– Yaxshi, - yigit e'tiborini kotibiga qaratdi, – Ko'rib Han uni barcha narsalar bilan tanishtirib chiq. Sizlarga ruhsat.

– Yaxshi, janob, - kotib Han Asi va Suhoni yetaklab ofis eshigiga yaqinlashdi. Ammo ularni yigitning chaqiruvi to'xtatdi.

– Seol Asi, sen shu yerda qol. Besh daqiqaga. Gaplashib oladigan gapimiz bor...


2- qism tugadi...
#Fiona
@Twins_fanfics