Tremulous
Iloji boricha uzoqroqqa qoch.
Lekin o'zingga zarar yetkazma!
Fiona Taehyung bilan uchrashishiga sabab bo'lgan o'sha kunni esladi. Tan olishi kerak, Taehyungni Fiona bir ko'rishda sevib qolgan. Va hozir oldingidan kam sevmaydi. Ammo unga nisbatan nafrat, qo'rquv hislari ham uyg'ongan. Uni sevadi, ammo nafratlanadi. U bilan birga vaqt o'tkazadi, biroq vaqt o'tkazgani qo'rqadi ham...
Fiona uyqusidan chanqab uyg'onib, pastga oshxonaga tusha boshladi. Atrof jim - jim va qorong'u. Qizning mayin nafas olishi va tashqaridagi shabbodaning ovozi atrofda sezilar - sezilmas eshitilmoqda. Qiz xona chirog'ini yoqmasdan, faqatgina oyning nuridan foydalanib, oshxona stoliga keldi. Stol ustida turgan shisha idish ichida turgan suvni qo'lidagi stakanga quydi. Shisha idishni yana joyiga qaytarib, stakandagi suvdan shimirdi. Stakanni ushlagan holda, yana xonasi tomon yo'l oldi. Endi zinadan ko'tarilmoqchi bo'lganda tashqaridan tovushlar eshitila boshladi. Shu zahoti Fionaning qadamlarini qiziqish hissi to'xtatdi. Fiona sekin uy eshigi tomon yura boshladi. Eshikni qiya ochib, tashqariga asta mo'raladi va atrofga qaradi. Uncha uzoq bo'lmagan joydan yig'i ovozi eshitilardi. Fiona bunga yanada qiziqib va havotirlanib, asta uydan chiqdi. Va ovoz kelayotgan tomonga yaqinlasha boshladi. Har qadam yaqinlashgan sari, yig'i ovozi ortib borardi. Qiz oxiri hovlining narigi tomoniga o'tganida ko'rgan manzarasidan joyida qotib qoldi. Hozirgina eshitilgan baland o'q ovozi va yerga qulagan tana. Nafaqat qarshisidagi manzaradan balki, unga qaratilgan sovuq va g'azab aralashgan nigohlardan ham titray boshladi.
β Nega uydan chiqding?, - hozirgina bir odamni peshonasiga o'q joylagan Taehyung qiz tomon qadam tashladi.
β M-meni...haligi, - qiz ko'rgan manzarasi tufayli hali ham shokda va titroqda edi. Va shu sabab harakatlanish tugul, gapirishga ham qo'rqardi.
β Menimcha buni ko'rganing, kichikkina miyyanga ortib ketdi, - yigit qizga yaqin kelib, qo'lidagi qirolni qizning boshiga tiradi, β Shunday emasmi?
Qiz terisida uchi biroz qizigan qirol taftini his etib, tirtog'i va qo'rquvi yanada ortdi. Yuruk urishi tezlashib, nafas olishi kamaydi. Lablari va ko'zi qizning qo'rquvini ochiq - oydin sotib qo'yayotgandi.
β Endi shuncha ma'lumotni miyyanga qanday ko'tarib yurasan-a? Bu Bosh endi senga og'irlik qiladi, - yigit tinch ammo, biroz sezilarli g'azab bilan gapirardi, - Kel uni olib tashlaymiz.
Taehyung hech o'ylanib o'tirmay tepkini bosdi. Atrofni o'q ovozi egalladi...
β YO'Q...YO'Q...QOTIL...QOTIL, - hozirgina yomon tush sabab uqusini yarimida uyg'ongan qiz, bo'lib o'tgan tushidagi hodisadan o'ziga kelolmayotgan edi. Yotoq ustiga o'tirib, chuqur - chuqur nafas ola boshladi.
Uning oldida uxlab yotgan yigit ham baland tovushdan uyqusidan uyg'ondi. Qarshisida o'tirgan sevgilisini ko'rib, yuziga tashvishli ifoda yugurdi.
β Fiona. Fiona. Menga qara, - yigit qiz barobarida o'tirib, qizning yuzlarini ushlab tinchlantirishga harakat qila boshladi. Ovozi sof va mayin, β Kapalagim, menga qara... Menga qara. Hammasi o'tib ketdi. Bu shunchaki tush... Ha, yomon tush...
β Teginma menga. Sen qotilsan. QOTIL. Hammani o'ldirasan... O'ldirasan, - Fiona Taehyungning qo'llarini yuzidan olib tashlab, o'rnidan turishga harakat qildi.
β Shh...Fiona tinchlan, - yigit endi turmoqchi bo'lgan qizni belidan ushlab tizzasiga o'tirg'izdirdi. Va qochib ketmasligi uchun qo'llarini mahkam o'rab oldi.
β Sen...sen...meni o'ldirasan...o'ldirasan, - qiz hali ham qochishga harakat qilar ekan, yuzidan yoshlar quyilib kela boshladi.
β Fiona, - yigit qizni ismini chaqirdi, ammo qiz qaramadi. Taehyung Fionaning iyagidan ushlab o'ziga qaratdi. Qiz yigitga yosh va qo'rquv aralash ko'zlari bilan qaradi, β Nega yig'layapsan? Tushingda seni qo'rqitadigan darajada nima qildim?, - bu safar yigitning ovozi biroz jiddiylashdi. Ammo hali ham o'zida mayinlikni saqlab turibti. Yigit gapirish mobaynida qizning yuzida hali qurishga ulgurmagan yoshlarni artib tashladi.
Fiona Taehyungning savoliga javob bermay shunchaki uning yuziga qarab turardi. Tanasi yig'i sabab titrab turardi.
β Agar bu ko'zyoshlar sababini aytmasang... Tushingda nima qilgan bo'lsam, hozir ham shu ishni qilaman. Va bunga majburlama.
Yigitning gaplaridan qizning ko'zlari kattalashib ketdi. Hozir nima deb javob berishni bilmay qoldi. Agar tushini aytmasa, rostdan Taehyung uni o'tib tashlaydimi? Ammo qiz hali o'lishni istamaydi. Ayniqsa, sevgan insoni qo'lida...
β Xo'sh, aytasanmi?, - yigit yana qizning yuzini siladi. Yigitning teginishi va ovozi qizning hayollaridan chiqishga majbur qildi. Va qiz yigitga diqqatini qaratdi.
β Sen...siz...meni...meni...o'ldirdingiz...o'ldirdingiz...o'tib tashladingiz, - qiz ko'rgan tushini eslab, tirtog'i va qo'rquvi ortganday, yigitdan ko'zlarini olib qochdi.
Taehyungning harakatlari Fionaning gapidan so'ng, to'xtadi. Va bir nuqtaga qarab qoldi. Keyin yana tizzasida yig'layotgan sevgilisiga qarab, mahkam bag'riga bosdi.
β Bu...shunchaki tush...bu sening qo'rquving. Qo'rquvga esa yengilmaslik kerak. Agar yengilsang, u seni o'zining yolg'on dunyosiga tortib ketadi, - yigit mayin va past ovozda gapirar ekan, bir qo'li qizning belini silasa, ikkinchisi qizning sochlarini bilan o'ynashardi.
*Doim unga yengilaman. Undan ketishni shu qadar istasam ham, qilolmayman. Uning so'zlari, harakatlari...barcha - barchasi menga bosim o'tkazadi. Miyamga qarshi harakat qilishiga undaydi. Harakatlariga qarshi harakat qilolmayman. Buni miyam xohlasada...yuragim doim uning so'zlariga quloq soladi... U doim meni o'zining harakatlari va so'zlari bilan boshqara oladi.
β Hech qachon...bunday o'ylama. Sen uchun o'lirishim mumkin... Ammo seni o'lirmayman, - yigit harakatlarini davom ettirar ekan, past ovozda qizga ogohlantirish berdi, β Tushunarlimi?
Fiona hech bir so'z demay shunchaki hozirgi daqiqalarda o'ziga kerak inson bag'rida bo'lishni tanladi. Shunchaki uning bag'rida taskin topishni xohlayapti...
Fiona uyg'onar ekan oldidagi joy bo'shligini sezdi. Va eri oldida bo'lishini xohlamayotgan edi ham. Kechagi kun yaxshi uxlay olmagani miyasiga kelgan qiz, bo'lishidan boshini ko'tarmay, yana ko'zlarini yumdi. Ustiga ko'rpani yaxshiroq o'rab, uyqusiga yanada berildi. Xonada qizning mayin va bir maromdagi nafas olishi eshitilib turardi.
O'ziga kerakli manzilda to'xtagan mashina eshigi ochilib, ichidan yigit tushib keldi. Mashinasini eshigini mahsus pult orqali qulflab, uyi tomon kira boshladi. Uyga kirar ekan uy jimjidligini payqadi. Uy markazidagi mehmonxoga oynalar orqali quyoshning g'ira - shira nurlari tushib turardi. Taehyung tepadagi yotoq xona tomon chiqa boshladi. Xona oldiga yaqinlashar ekan xona ichidan mayin nafas ovozini eshitib biroz ko'ngli tinchlandi. So'ngra eshik dastagini ushlab, uncha ovoz chiqarmasdan sekin eshikni ochdi. Xona ichiga to'liq kirgandan keyin yana ehtiyotkorlik bilan yana eshikni yopdi.
Xona markazidagi yotoq ustida ko'rpani quchoqlagancha uxlayotgan insonini ko'rib, yuziga beehtiyor tabassum yugurdi. Yotoq oldiga asta borib, cheka qismiga o'tirdi. Uxlayotgan qizning yuziga tushib turgan sochlarini qulog'i ortiga o'tqazdi. Va peshonasidan mayin o'pich qoldirdi.
Peshonasida namlikni his etgan Fiona uzoq uyqusidan uyg'ondi. Ko'zlarini sekin ochib, esnadi.
β Menimcha, senga qoldirgan xatimni o'qimagansan, kapalagim, - yigit yotoq oldida joylashgan kichik trubichka ustida turgan catga qarab, yana hali uyqusi to'liq ochilmagan qizga qaradi.
β Endi xatni keragi yo'q. Xatdagi gaplarni senga o'zim aytaman, - yigit xatni qo'liga olib, kastyumining ichki cho'ntagiga solib qo'ydi, β Xatda, senga tayyorlanib turishingni yozgan edim.
β Nimaga tayyorlanishim kerak?, - qiz hali to'liq ochilmagan ko'zlari bilan yigitga savol nigohi bilan qaradi.
β Libos tanlagani. To'y libosi.
β Ammo, men allaqachon sizning rafiqangizman. To'y libosi nega kerak?
β Mening ayolim, hayotim ekanglini barchaga tanishtirmoqchiman. Endi esa tayyorlan. Deyarli tushlik vaqti bo'libti.
β Janob Taehyung, ushbu liboslarimiz yangi kolleksiya bo'yicha olib kelingan. Hozirda ko'p yosh oilalar shu liboslardan tanlashmoqda, - kelgani ko'p bo'lmagan yigit va qiz to'y liboslari bilan to'ldirilgan katta xona ichida xizmatchi bilan yurishar ekan, xizmatchi har bir libosni mukammal darajada yoritib berardi.
β Kapalagim, senga qaysi biridur yoqdimi?, - xizmatchi so'zida davom etarkan, yigit yurgan yo'lida yonidagi sherigi barobar egilib, sal past ovozda so'radi.
β Yo'q, - qiz shunchaki bir so'zni aytib yana yurishda davom etdi.
Fiona kiyinish xonasida kiyimlarini to'y libosiga almashtirib, oynadagi o'z aksiga qaradi. Bel qismi tanasiga yopishib turgan, havo sovuqroq bo'lgani uchun yengli. Va asosiysi belidan pastki qismi malikalarnikidek ishirilib turibti.
Fiona kiyinish xonasidan chiqishdan oldin, oynadagi aksiga yana bir bor nazar tashladi. Xonadan chiqar ekan, kutish xonasida qahva shimirib o'tirgan Taehyungga qaradi. Taehyung ham boshini qahvadan ko'tarib, ikki metrcha uzoqlikda turgan sevgilisiga qaradi.
Taehyung qahvasini kichkina stol ustiga qo'yib, o'rnidan turdi. Qarshisidagi qiz termo'lgancha qizning kichik tanasi oldiga yaqinlashib keldi.
β Bu libos senga juda ham yarashibdi, Fionam, - yigit gapirish barobarida qizning yanoqlaridan silab qo'ydi, β Juda ham chiroylisan.
β Libos va tanishtiruv to'yini keragi yo'q edi. Baribir sizning rafiqangizman, - qiz yigitning ko'zlariga qaragancha gapidan davom etdi, β Yana...bu to'y hech narsani o'zgartirmaydi. Shunday ekan buni nima keragi bor?
β Men kerak dedimmi. Demak, kerak, - yigitning cho'ntagidagi telefon qo'ng'iroq sabab tovush chiqardi. Yigit telefonini qo'liga olib, qizdqn biroz uzoqlashdi, β Shu yerda kutib tur, kapalagim. Hozir qaytaman. Javob berishim kerak.
Taehyung telefonini qulog'iga tutgancha xonadan chiqib ketdi. Fiona esa atrofga qarab, xonani o'rganib chiqdi. Xonaning did bilan bezatilganligi va ifori uning qimmat do'konlardan biri ekanligi yaqqol sezdiradi.
Fiona atrofga qaragancha turar ekan, nigohlari oyoq kiyimiga tushdi. Libos etaginini biroz ko'tardi. Va amin bo'ldiki, oyog'idagi ipli va qulay makasni boshqa oyoq kiyimga almashtirmagan. Va bir juft oyoq kiyimining bog'ichi bo'shashib qolgan. Fionaning kattakon libosi pastga egilishga harakat qilar ekan, oldiga kelgan yigit egilib, uning oyoq kiyimining bog'ichini bog'lab qo'ydi. Fiona esa bu yigit kimligini bilish uchun ko'zlarini egilib turgan yigitga qaratdi...
3-qism tugadi...
Kam bo'lib qolgan bo'lsa va uzoq kuttirganim uchun uzur. Yoqadi degan umiddaman.
#Fiona
@Bloodly_fanfics