October 6

Between Two Worlds

1 ep.

Tanamda chidab bo'lmas og'riqni his qilyapman. Ayniqsa ko'krak qismimda. Ko'zlarimni ochganimda ko'cha chirog'ini ko'rdim. Birdan tanamdagi og'riq yo'qoldi. O'rnimdan turdim. Lekin hech nimani anglolmadim. Oxirga yodimda qolgan narsa uni menga qo'l uzatgani edi.....

***

Ko'zlarimni ochdim. Holsizman. Hech nimani anglolmayapman. Atrofimda Greys va ikki kasalxonaning ayol hodimini ko'rgach, o'zimni kasalxonada ekanimni tushundim. Bo'lgan voqealar hammasi ko'z oldimdan o'tushni boshladi. Menga qarab o'sha ayollar va Greysni bir nimalar deyishni boshladi

X : Salom Seri. Tiriklar dunyoniga xush kelibsan. Men Jasminman.
Greys: Ahvoli yaxshimi?
X2: Hayrli . Men doktor Kelliy Ostinman. Juda jiddiy avtohalokatga uchrading. Zarba sabab yuraging og'ir jarohat olgani tufayli operatsiya qilishga to'g'ri keldi. Seri...

***
Halokatdan 182 kun avval.
***
Tong. Shiftdagi suratga termulib yotibman Oxiri o'rnidan turishi kerakligini bilaman. Shunday hayol bilan tayyorlanishni boshladim. Fotoaparitimni yig'ishni boshladim. Fotoplyonkalarni birini Fotoapartaga birini esa sumkamga joyladim.
Pastga tushganimda Greys nonushta tayyorlayotgan ekan.

Greys: Hayrli tong, Seri.
Seri: Hayrli tong.
Greys: Qara sen uchun quymoq tayyorladim. Yonida banan va shokoladi ham bor.

Seri: Kechirasiz Greys lekin men suratga olishga borishim kerak.

Greys: Seri ahir sovuq tushdi.

Seri: Bilaman. Lekin tong otishini o'tkazib yuborgim yo'q.

Greys: Balki qaytganingda hujjat topshirishing uchun kollej qidirib ko'rarmiz?!

Seri: Hop.Hayr.

Greysni gapini eshtmay uydan chiqib ketdim.

Greys: Yana kamerasini bahona qilyapti. Hali bizni biror marta ham suratga olmadi.

Kayl: Azizam Seni go'zalliging oldida uning kamerasi ham ojiz. Hoy senga aytgandimku unga biroz vaqt berish kerak...

Grey: 1 yil bo'ldi axir.

Kayl: Hujjatlarni imzolaganimiz bilan uning ota-onasi bo'lib qolomaymiz.

Greys: Yo'q bolamiz.

***
Pov/Seri.

Greysni gapini eshtmay uydan chiqib ketdim. Ular bilan bir dasturxonda o'tirolmayman. Negaligini bilmayman. Lekin ular bilan birga ovqatlansam ular uchun nohaqlik qilayotgandek vijdonim qiynaladi.

Shunday hayollar bilan shahar chetidagi o'rmonga keldim. Bu yerda suratga olish uchun juda sokin. Suratga olar ekaman. Har bir noodatiy narsalar meni o'ziga tortaveradi. Xatto oddiy daraxt ham men uchun nimanidir anglatardi. Go'zal manzari izlab sohil bo'yiga bordim. Sohildagi minoradan dengizni suratga ola boshladim.

Juda chiroyli manzara. Lekin keyin sohilda kimdir yuragnini ko'rdim. Menimcha u ham bu manzara bilan suratga tushishga arziydi. Shunday ekan uni ham suratga oldim. Odata odamlarni suratga olmayman. Lekin hozir.... Lekin hozir ichimda qandaydir ovoz uni suratga olishimni aytdi. Boshida qizil kepka. Ustida esa qora pitjak bor ekan. Juda ajoyib kiyinarkan. Lekin bu menga yoqdi.

Suroatga olishdan so'ng. Doim boradigan kinoteatrim " Avalon"ga bordim. Albatta bu yerni ham suratga oldim. Yangi film ko'rish uchun kinoteatrga yaqinlashdim. Kassaga keldim.

Seri: Salom Sherman. Bo'shmisiz?

Sherman: Sen uchun doim bo'shmiz.

Seri: Lekin bugun pulim kamroqda.

Sherman: Hech qisi yo'q. Axir doimiy mijozimsan.

Sherman korishim uchun chek bergach ichkariga kirdim. Bu yerga doim kunlari kelaman. Tinch sokin. Hech kim yo'q. Filmning har bir lahzasini yolg'iz his qilaman. Sherman.... Sherman esa yoshi bir joyga borgan bo'lsada doim o'z ish joyida, kassada. Menga hech qachon yo'q demaydi. Ichkariga kirdim. Boshidan 6 qatordagi o'rindiqlardan biriga o'tirdim. Film qo'yildi. Ekranda "Betty Blue" deb film nomi chiqdi. Shu payt zalga kimdir kirganini eshtdim. Bir yigit. Ko'zimga juda tanish ko'rinyapti..... Bu o'sha sohildagi yigit.... U meni oldimdagi qatorga o'tirdi... Shu payt bildimki film boshlanga lekin. Ingliz tilida emas. Balki fransuz tilida.... Menimcha Sherman yanglishib boshqa kasetani qo'ydi.
Kinozaldan Shermanni chaqirdim... Umid qilamanki u meni eshtadi...

Seri: Sherman.... Tarjimasi qani?

Shermandan javob kelmadi.

Shu payt osha yigit yonimdagi o'rindiqqa o'tirdi.

Yigit:Sen ko'ravar men senga tarjima qilib turaman.

U shunday deb filmni tarjima qilishni boshladi. Ko'rinib turibdiki bu sevgi qissasi. Yigit va qiz o'rtasida suhbat ketyapti.
Yigit: " Hali ham tayyormassan" , "Chunki sen juda erta ketding"

Lekin bu menga noqulaylik tug'diradi deb o'yladim.

Seri: Yaxshi bu haqida kinoteatr egasiga aytaqolaman.
Yigit: Bu hech narsani o'zgartirmaydi. Shunchaki unga filmni boshqa nusxasi jo'natilgan.
Seri:Unday bo'lsa pulimni qaytarib olaman.
Shunday deb gapimda qat'iy turib oldim. Lekin uninga bu ta'sir qilmadi.
Yigit:Men bu filmni avval ham ko'rganman. Agar hozir ketib qolsang keyin afsuslanasan.

Aslida bu yerga shunchaki vaqt o'tkazishga kirgandim. Lekin uning bu gapidan so'ng bu filmga qiziqib qoldim. Lekin iloji boricha buni sezdirmaslikka hatakat qildim.

Seri:Oxiri yaxshilik bilan tugaydimi?

Yigit: Yo'q... Albatta yo'q.

Bu gaplaridan so'ng qolishga qaror qildim.

Seri: Mayli unda qolaman.

Rozilik bildirganimdan so'ng. U yana qulog'imga pichirlab filmni tarjima qila boshladi.
Negaligini bilmadimu, bu film.... Menda o'zgacha hissiyotlar uyg'ota boshladi. Ora sira bir birimizga qarab qo'yardik. Film o'rtasida yigit sevgilisini bosh miyasidan saraton ekanini bildi, ikkisi ham tushkunlikda. Endi esa yigit sevgilisini sochlarini kesishni boshladi. Sezyapman u uchun qanchalik wiyin ekanini sezyapman..... Dafn marosimi, qiz o'ldi..... Lekin film oxirida qizning halok bo'lishi meni yig'lashga majbur qildi. Ko'zlarimdan o'zim istamagan holda yoshlar quyilib kela boshladi... Ular uncha katta bo'lmagan uyda yashashardi. Lekin ikki sevishgan qalb uchun baxt koshonasi edi, lekin endi bu xotirlar uyiga aylandi......

Pov/ Avtor.
Seri o'zi bilmagan holda filmni yarmida yigitni qo'lidan tutib olgandi. Avvaliga o'zini noqulay his qilayotgan yigit Serini ahvolini ko'rgach indamadi. Yigit Seriga qarar ekan uning ko'zlari naqadar go'zal ekanini angladi.

Film yakuniga yetdi. Ko'zlarini namini artayotgan Seri qo'llariga ahamiyat berdi.

Seri: Ooo kechirasan, Men bilmay.... Anchadan beri shunday o'tribmanami?
Shunday deb ko'zyoshlarini artib, o'zini tartiblay boshladi..
Yigit:Bunga etibor bermaganimga ancha bo'ldi. Shunga indamadim.

Seri: Nega hech narsa demading?

Yigit: Film juda qayg'uli edi, Shunga

Seri: Chunki bu sevgi qissasida!
Pov/Seri: Meni bu gapimdan keyin menga hayron qaradi.

Yigit:Hamma sevgi qissalari ham qayg'uli bo'lavermaydi.

Seri: Lekin haqiqiylari qayg'uli bo'ladi. Romeo ve Julyeta, Anna Karenina, Ingliz bemori.....

Yigit: Hmmmm....
Seri:O'ylashimcha, munisabatlarning yakun topishi, mana nima sevgi haqidagi hikoyalarni umrboqiy qiladi.

Yigit: Hmm....
U yana gaplarimga bosh silkitib qo'ydi.

Yigit:Unda "Andisha va G'urur", "Jeyn Eyer" chi? Bularni bari baxtli yakun.
Uning bu savoli juda istehzoli edi.
Albatta buning uchun ham menda javob bor edi.
Seri:Chunki yozuvchi bu hikoyalarni vaqtian avval yakunlashni avzal ko'rgan.

Yigit yana yana istehzoli hayoron qolish ifodasini ko'rsatdi.

Yigit: Ooo, nohaqligini tan olmaslikni yangi usuli. Ochig'i hayron qoldim.

Uning bu gaplari meni qiqirlab kulishimga sabab bo'ldi.

Seri: Hahaha. Qo'ysangchi...Tasavvur qil, Leonardo Dekabrio "Titanik" Filmini oxirida o'lmadi.
Yigit:Shu shartmi?
Seri: Shart.
Yigit: Hmm?!
Seri: Jek Doulsin, Bir chaqasiz, ishsiz qimorboz. Yagona maqtovga loyiq tarafi rassomlik qobiliyati.
Yigit: Lekin Rousening hayotini qutqarib qoldi.
Seri: Ha to'g'ri. Lekin shu bilan birga u qizni yo'ldan urib unashtirilgan yigitidan turtib olgan. Bechora Rouse ham uni shirin gaplariga aldangani uchun hayoti doim shunday sarguzashtlarga boy bo'ladi deb o'ylagan. Qo'ysangichi...

Meni gaplarimdan so'ng u tushunarsiz bosh irg'ardi. Shunga qaramay men gapimni davom ettirdim.

Seri: Ularni hayoti... Qashshoqlik va hiyonatdan iborat bo'lgan bo'lardi. Boshqacha bo'lishi mumkinmas.

Endi u menga masxaromuz qarashni boshladi.
Yigit: " Titanik 2". Agar birinchi qismida fojia yuz bergan bo'lsangiz adashasiz.

Uni bu gaplaridan yana meni kulishga majbur qildi. U ham gaplari qanchalik kulguli chiqqanini sezgach mne bilan qo'shilib kuldi. To'g'risi oxirgi yillar do'stlarim bilan birga bo'ganimda o'zimni majburlab kulganimni hisbga olmasak hech qachon bjnday miriqib kulmagandim. U esa meni shunday kuldirishga muvafaq bo'lgan birinchi inson bo'ldi.

Seri: Voy buni qaraya!

Bir zum ikkimiz bir birimizga tikilib qoldik. U ko'zlarimga shunday qarardiki, xuddi bu ko'zlari mendan nimanidir istayotgandek. Kinoteatr zali chiroqlari yondi. Eshik ochilishidagi shovqini ikkimizni ham hayolimizni buzdi, u menga nimadir demoqchi bo'lganida Shermanni ovozi eshtildi.
Yigit: Men.....
Sherman: Vaqt bo'ldi.
U hafsala bilan ho'rsinib qo'ydi.
Yigit: Ey Xudo... Bu joyga albatta qoniqarsiz degan ball qo'yaman.
Uni gaplariga shunchaki jilmayib qo'ydim.

Kinoteatrdan chiqish uchun o'rindiq qatorlaridan chiqayotib unga savol bera boshladim.

Seri: Xo'sh...Qanday qilib Fransuz tilini bunchalik yaxshi bilasan.

O'rindiq qatorlar orasidagi yo'lak bo'ylab suhbatbi davom ettirdim.
Yigit:Dadam chet tillari bo'yicha proffessor. Shu sabab 12 yoshimdayoq fransuz, ispan va italyan tillarida ravon gapira olganman.

Uning bu gaplari meni hayron qoldirdi. 12 yoshda 3 ta tilni mukammal bilish, bu men uchun haqiqatdan ham ushalmas orzu desa ham bo'lardi.
Seri: Oho...Zo'rku! Agar men Danteni "Do'zah" asarini asil nusxasini italyan tilida o'qiy olganimda edi... O'lsam ham arminim qolmasdi...
Yigit:Bu gapni avval ham ko'p eshtganman.

Seri:Rostanmi?
Yigit:Yo'q. Oldin hech kim menga bunday demagan.

Biz kinoteatrdan tashqariga chiqdik. Tashqariga chiqqanimizda uning ko'zi meni fotoaparatimga tushganini sezdim.

Yigit: Bu eski modelku. Raqamli fotoaparatda ham suratga olasanmi?
Seri:Yo'q. Plyonkali foto aparatni dinamik diapozoni ancha yuqori. Qolaversa men kimyoviy moddalarning hidiga biroz mukkasidan ketgan odamman. Ular meni aqldan ozdiradi.

To'g'risi nega bunday gaplar gapirayotganimni anglay olmayapman. O'zimni bunday gapimdan o'zim kulib yubordim.

Lekin u ko'zlarimga uzoq tikilyapti.

Yigit: Xuddi hozir ko'zlaring meni aqldan ozdirayotgandek.

Uning bu gaplarini idrok qilolmay qoldim. Kulishimni ham hayron qolishimni ham bilmayapman. Ilk marta ko'rgan insonimdan bunday hissiyotli gap eshtish ochig'i meni hayron qoldirdi. Uning bu gapiga qanday javob berishni bilmay o'zimni jinnilika soldim

Seri:Ouuh

U meni bu reaksiyamdan hijolat bo'ldi, Yoki o'zi nima deganini u ham anglamaganini sezdi shekilli sochlarini hijolat bo'lib qashlashni boshladi.

Yigit: Haligi .... Biroz siyqasi chiqqan gap bo'ldi..
Seri:Yo'q, yo'q. Bu.... Bu.... ha biroz siyqasi chiqqan gap bo'ldi....

Yigit: Meni hayolimda esa juda ajoyib eshtilgandi....
Seri: Hop... Hop... 1 daqiqa shoshma yana bir o'ylab ko'ray...
Yigit:Hop.

O'ylash uchun ko'zlarimni bir necha soniyaga yumdim. Lekin hali ham qanday reaksiya bildirishni bilmayman. Yaxshisi shunchaki uni gaplarini tasdiqlayman.
Yigit:Hali ham yomonmi...?

Seri:To'g'risi oldingidan ham yomonroq.

U meni gaplarimdan kulib yubordi...
Yigit: Ah jin ursin.

Lekin meni hayolimda hali ham qo'llarini o'zim bilmay tutib olganimda edi. Avvalari hech qachon bunday bo'lmagandi. Va hali ham o'zimni g'alati his qilyapman.

Seri: Nega bunday bo'lganini o'zim ham bilmay qoldim.

Yigit: Qulog'inga 3 soat davomida pichirlab gapirishimga ruxsab berganing uchun rahmat senga.

Seri:A..aarzimaydi.

U bilan minaddorchilik va hayirlashuv uchun qo'l siqishdim. U ortiga burulib keta boshladi.
Lekin ichimda qandaydir tuyg'u uni qo'yib yubirma deyapti. U birdan to'xtadi. Nega ortga burildi?
Yigit: Tae...
Seri: Nima?
Yigit:Mening ismim Taehyung. Kim Taehyung.

Seri: Meniki Seri.

Tae: Balki yana qachondir shu yerda uchrasharmiz.

Buni sendan ko'ra ko'proq istayman Tae. Negaligini bilmayman. Lekin yana seni uchratishimga umid qilaman.
Seri: Xursand bo'lardim.

U ketdi....

Davomi bor...

#Seri
@Twins_fanfics