Tremulous
Iloji boricha uzoqroqqa qoch.
Lekin o'zingga zarar yetkazma!
Quyosh allaqachon o'z nurini taratishdan to'xtab, o'rnini o'yga bo'shatgan. Oy ham o'rnini egallab o'zini hira nurlarini sochmoqda. Uning hira nurlari yo'ldagi botiqlikdagi ko'lchalarda o'z aksini oynadagi kabi ko'rsatmoqda. Deyarli ushbu ko'lachalar har besh metrda ikki marotaba uchraydi. Sababi kechagi yomg'ir kichkina botiqlarga ham quyilib, shularni hosil qilgan.
Anashu botiqlardan birini bosib o'tgan qiz, yalang oyog'i namlikni his etganiga ham e'tibor bermadi. U iloji boricha uzoqroqqa ketishi kerak edi. Qancha yugirishga jurati yetsa, shuncha yugurishi kerak edi.
Havo sovuq. Ammo qizning ustida yupqa va uzun tungi ko'ylakdan boshqa hech narsa yo'q. Yugurganida yupka ko'ylagining etaklari shamol bosimi sabab ora - orada hilpiraydi. Yuziga tushib turgan sochlarini ham shamol bosimi yuzidan irg'ityapti. Va qizga sovuqlik bermasdan ham qo'ymayapti.
Yugurishdan charchab, holi qolmagan qiz asta yugurishdan o'zini majbur to'xtatdi. Qiz to'xtab atrofga alang - jalang qaradi. Hech kim yoq'ligiga ishonch hosil qilishga urinardi. Ammo uzoqroqdan o'tgan odam sharpasi uning ozgina bo'lsa ham umiddan porlab turgan ko'zlarini so'nishiga sabab bo'ldi. Qiz joyidan qimirlamay, u odam sharpasi kimga tegishli ekanini aniqlashga urinardi. Ammo ushbu sharpa u o'ylayotgan odamga tegishli bo'lishidan qo'rqardi. Va ushbu qo'rquv qizning tanasi bo'ylab tarqalib, kichik jussaning titrashiga sabab bo'lar edi. Qiz odam sharpasi yaqinlashayotganini uni kattarishidan sezib, yana to'xtagan qadamlarini tezlashtirib, yugurshni boshladi. Orqasiga qaramay qochar ekan, uning yugurishini beli bo'ylab o'ralgan qo'llar to'xtatdi. Qiz ham issiq qo'llarni jismida his etib seskanib ketdi. Ammo orqasiga qarashga kuchi yetmas edi. Va bu qo'llar sohibi kim ekanligiga ham qiziqqani yo'q edi. Sababi uni bunday tutib oladigan va qochishga ruhsat bermaydigan yagona odam bor. Bildiki, belidagi issiq kaftlat unga tegishli ekanini.
Ishidan charchab kelgan yigit mashinadan tushib, katta qadamlar bilan o'ziga kerakli bo'lgan inson tomon harakatlana boshladi. Uy ichiga kirgan yigit uyning tinchligiga biroz hayron qoldi. So'ng tepaga zinalar orqali chiqa boshladi. Yigitning ko'ksida qandaydur shubha uyg'ondi. Ammo buni berkitishga harakat qilardi. Yigit yuqori qavqtdagi xonalarga qarab, o'ziga keraklisini tanlab, o'sha xona tomon harakatlana boshladi. Eshik tutqichini ushlab, pastga buradi. Va eshikni g'ichchillab ochilish ovozi eshitildi. Yigit xonaga kirib, ko'z yugurtira boshladi. Ammo xonada unga kerakli bo'lgan inson - uning bir so'z bilan aytganda narko'tiki xonasida emasdi.
β Yana? Lanati, - yigit bo'g'iq nafasi orasida shivirlab so'kindi, β Yana qachongacha mendan qochmoqchisan, kapalakcham. Bilasan seni doim tutib olaman. Ammo seni halok qilish qo'limdan kelmaydi.
Yigit boshqa bir so'z demay xonadan chiqib ketdi. Shahtam qadamlar bilan pastki qavatga tushib, uydan chiqib ketdi. Tashqariga chiqib, hali sovushga ulgurmagan mashinasiga yana o'tirib, gaz oldirdi. Qora rangli mashina katta hovli oldidan bir zumda g'oyib bo'ldi.
Yigit bir - necha izlanishlardan so'ng, kichik ko'chalar oldida mashinani to'xtatdi. Mashina u yerlarga chiqmasligini bilib, buyog'iga piyoda harakatlanish uchun mashinadan tushdi. Yigit kichik ko'chalardan biriga kirib borar ekan. Uzoqdan uncha katta bo'lmagan qora sharpani ko'rib, yuzidan bilinar bilinmas jilmayish hosil bo'ldi.
β Senga nima degandim, kapalakcham, baribir seni tutib olaman, - yigit bosiq qadamlar bilan qora sharpa o'tgan joy tomon yura boshladi, β Mendan hech qachon qochib ketolmaysan. Hatto buni shu qadar istasang ham, buni iloji yo'q.
β Kapalakcham, - yigit qizning belini orqa tomondan yana ham mahkam quchgancha, yuzini qizning bo'yin qismiga ko'mdi, β Seni tutib olishimni bilib turib, yana nega mendan qochishga harakat qilasan?
Qiz hech qanday so'z demay joyida qotib turardi. Huddi bir og'iz gapirsa, hayoti tugashi mumkindek. Qiz belida va bo'ynida issiq taftni his etib, sovuqotgan tanasi jimirlab ketdi.
β Nega yupqa kiyimda qochding?, - yigit qizni sovuqotgan tanasini o'zinikida his qilar ekan, qizning yalang oyoqlari ham uning e'tiboriga tushmay qolmadi, β Nega oyog'inda ham hech narsa yo'q, - bu safar yigitning yoqimli shivirlashlari orasida biroz g'azab ham sezildi.
Yigit faqat nafas olayotgan, hech qanday tovush chiqarmayotgan qizdan qo'llarini bo'shatib, biroz orqaga chekindi. Ustidagi uzun kostyumini yechdi. Unga orqa o'girib turgan qizning yelkalarini ushlab o'ziga qaratdi. Va yechgan kostyumini qizning ustiga tashlab, qizni bir qo'lida ko'tardi. Qiz esa bu yigit uchun odatiy hol ekanligini sezib, uncha hayratda qolmadi.
Yigitning qo'li qizni ko'tarib turar ekan, ikkinchi qo'li qizning ustidagi kostyumni yaxshiroq o'rab qo'ydi.
β Agar yana bir marotaba yupqa kiyim va yalang oyoqda chiqsang, mendan yaxshilik kutma, Fiona, - yigit qizning iyagini ushlab, o'ziga qarashga majbur qildi. Va jiddiy ammo uncha sovuq bo'lmagan ohangda gapirdi, β Tushunarlimi?
Qiz bir muddat indamay turdi. Ammo yigit uning iyagini biroz qattiqroq qisdi. Qiz ham majbur Bosh silkidi.
β Mendan boshqa hech kim, hatto tabiat ham senga zarar bera olmaydi, - yigit qizni ko'tarib, sekin harakatlana boshladi, β Endi esa uyga ketamiz. Qolganini o'sha yerda gaplashamiz.
Yigit harakatni boshlar ekan, qiz yiqilib tushmaslik uchun o'zi bilmagan holda, qizning bo'ynidan qo'llarini o'rab oldi. Yigit ichida tabassum qilib, yurishda davom etdi.
***
Soat | 21:35
Yotoq ustida uxlash uchun harakat qilayotgan qiz, o'xshamagan keyingi rejasidan o'zini ayblar edi. Qiz uxlash uchun bir o'ng tomonga, bir chap tomon o'girilarkan, ko'ksidagi qo'rquv tirtog'i unga uyqu beemas edi. Qiz yana qo'lga tushib qolgani, ammo hali jazolanmagani uni o'ychan qilayotgandi. Odatda, u qochishga uringanida va yana tutilganida uni xonaga qamashi mumkin edi. Ammo bu safar u shunchaki qizni yotoqqa yotqizib, hech bir so'zsiz chiqib ketdi.
Fiona yigitdan so'nggi ikki hafta ichida qattiqroq qo'rqib qolgandi. Chunki qiz o'sha paytda yigitning jahlini juda ham chiqarib yuborgan edi.
Fiona yana bir bor uydan oqchib ketishni ammalladi. U kattakon uydan chiqgandan keyin katta yo'l tomon yurdi. Va mashina to'xtatishga harakat qildi. Kech bo'lgani sabab uncha mashina ko'rinmas edi. Ammo qiz yana bir necha qadam yurgandan keyin oldiga bir mashina kelib to'xtadi.
β Salom. Sir bo'lmasa bunday kechda qayerga ketyapsan?, - mashina oynasidan yoshi uncha katta bo'lmagan yigit boshini chiqardi.
β Meni bundan ikkita keyin keladigan ko'chaga olib borib qo'yolasizmi?, - Fiona mashina to'xtaganidan biroz quvonib ketdi. Va mashinaga yaqinroq keldi.
β Yaxshi. Men ham o'sha tomonga ketayotgan edim. Seni tashlab qo'yganim bo'lsin. Mashinaga chiq.
β Rahmat, - qiz tabassum qilib, tezda mashinaning orqa o'rindig'idan joy oldi. Qiz o'tirganiga ishonch hosil qilgan yigit, yana oynani berkitib mashinani haydadi.
β Isming nima?, - yigit yo'lga yetguncha qiz bilan biroz suhbat qurmoqchi bo'lib, unga oldi oyna orqali nigohini qadadi.
β Fiona. Ismim Fiona, - qiz ham oldi oynaga qarab, yigitga javob berdi.
β Chiroyli ism, - yigit nigohlarini qizdan olib o'tib yana yo'lga qaratdi. Oraga yana sukunat cho'kdi. Qiz jim o'tirgancha tungi manzarani mashina ichidan kuzatib ketardi. Yigit ham nigohini yo'lga qaratgancha, ora - orada qizga qarab qo'yardi.
Mashina ichi sukunatga to'la edi. Toki, mashina harakati birdan to'xtamaguncha. Birdaniga bo'lgan harakatdan qiz va yigit biroz oldinga silkindi.
β Yetib keldikmi?, - mashina to'xtaganidan tahmin qilgan qiz, biroz qiziquvchanlik bilan so'radi.
β Yo'q. Hali bor edi. Ammo oldimizda mashina to'xtadi. Shu sabab men ham to'xtashga majburman, - yigit qiz tomon boshini burib, biroz hijolatli tovushda gapirdi.
Qiz ham mashina oldida turgan tanish mashinaga qarar ekan, yurag urish ritmi qo'rquvdan tezlashib, yuzi oqarib ketdi. Ammo keyingi harakat uni yanada vahimaga soldi.
Yo'lni to'sgan qora mashina eshigi ochilib, mashina ichidan tanish yuz tushib keldi. Tushib asta eshikni yopib, qiz o'tirgan mashina tomon yura boshladi.
Mashinaga yaqin kelgan yigit birovning mashinasi ekanligiga qaramay, orqa o'rindiq eshigini ochib, o'ziga kerakli shaxsni bilagidan ushlab, mashina ichidan tashqariga olib chiqdi.
β T-taehyung, - qiz qaltiragancha yigitni ismini aytarkan, yigit shunchaki indamay o'zining mashinasi tomon harakatlana boshladi.
Uning harakatini qizning boshqa bilagidan ushlagan qo'llar chekladi. Taehyung qo'shlarini chimirgancha avval qizning bilagiga keyin esa, ushbu bilakdagi qo'llar egasiga qaradi.
β Sen kimsan? Begonaning mashinasidan uning ichida ketayotgan shaxsni hech qanday so'zlarsiz olib ketasan. Ustingdan politsiya hodimlariga shikoyat qilaman. Hoziroq qizni o'z holiga qo'y, - yigit hali ham Fionaning bilagini ushlab turardi.
Ammo Taehyung hech bir ogohlantirishsiz qizning bilagini qo'yib yubormagan holda, ikkinchi qo'li bilan yigitning yuziga musht tushirdi. Kuchli zarbadan esankirab, yerga yiqilib tushgan yigit og'riqdan ingrab yubordi. Taehyung yigitga e'tibor bermay, qizning bilagidan ushlagan holda mashinasi tomon yurdi. Qiz esa yerda ingrab yotgan yigitga so'nggi achinish nigohi bilan qarab, qoqilmaslik uchun yana yo'lga qarashga majbur bo'ldi.
Taehyung mashinaning haydovchi o'rindig'i oldidagi o'rindiq eshigini ochib, Fiona mashinaga o'tirg'izdirdi. Eshikni yana qattiq yopib, haydovchi o'rindig'idan o'zi ham joy egalladi. Oldida qizga bir nazar tashlagandan keyin, mashinani o't o'ldirib, harakatlantirdi.
Taehyung Fionani xonaga olib kirib, eshikni orqasidan qulfladi. Qiz esa qaltiragancha yigitning harakatlarini kuzatib turardi. Yigit hali ham qizning bilaklarini qo'yib yubormagan holda, biroz xonaga ichkariroq kirdi.
β O'sha yigitni taniysanmi?, - yigit qizning qarshisida turgancha, qizni bo'g'iq va biroz g'azab aralash ovoz bilan savol - javob qila boshladi.
β Y-yo'q, - qiz qaltiragancha boshini yo'q ma'nosida silkidi.
β Unda nega uning mashinasiga chiqding?, - yigit hali ham bir xil ovozda davom etardi. Ammo ovozdagi g'azab kuchayib borar edi. Ammo qiz hech qanday so'z demay pastga boshini egib turardi. Javob eshitmagan Taehyung qizning yuzini ushlab, o'ziga qaratdi, β Savolimga javob ber, kapalakcham. Tezroq gapir.
Ammo hali ham hech qanday javob yo'q. Yigit qizning yuzidan qattiq siqib, qizning ko'zlariga qarab turdi. Qizning ko'zlari yuzidagi og'riqdan yoshlanayotganini sezib, yigit qizning yuzini qo'yib yubordi.
β Men senga qancha ozor bermaslikka harakat qilsam. Sen shuni shunchalar qiyinlashtiryapsan. Va oxiri pushaymon qilib qo'yadigan ish qilishdan qo'rqaman. Ammo bilib qo'y, shu turishda davom etsang, pushaymon bo'lishdan tortinmayman, - Taehyung qizga turli va qo'rqinchli nigohlar bilan qizga qarab, xonani tark etdi. Xonani tark etib, xonani kaliti orqali eshikni qulflab qo'ydi.
Taehyungning o'sha kungi egalik, rashk, g'azab va biroz chalkashikka to'la nigohlari hech qachon Fionaning miyasidan, hayollaridan chiqmaydi. Yana o'sha kundan keyin bir hafta xonada qamalib o'tirgani ham.
Qiz hayolida o'sha kunlarni eslar ekan, eshik ochilishi, uning eshik tomon qarashiga majbur bo'ldi...
1 - qism tugadi. Yoqadi degan umiddaman. Imloviy xatolar uchun uzur. Yoqimli mutolaa...
#Fiona
@Bloodly_fanfics