The Creature
- aka, siz rostdan ham oramizda nimalar bo'lib o'tganini eslolmaysizmi?, - qiz tepasida turgan yigitga qaradi.
- men. Sening. Akang. Emasman!, - yigit yanada qizning yuziga yaqin keldi.
- buni inkor...etolmaysiz... Isbotlolmaysiz ham, - qiz o'zida jasorat to'plashga harakat qilardi. Ammo uni qaltirayotgan lablari sotib qo'yardi. Yana Taehyungning nigohlari jasorat to'plashga halaqit berardi.
- yaxshi, - yigit shunday deb Fionani ustidan turdi. Va yotoq oldida tik turardi. Qiz esa uni nima qilishiga qiziqardi, - senga isbotlayman... Ammo bu og'riqli bo'ladi...
Taehyung qo'lini qanoti tomon engashtirib, bitta yo'g'on va qora patini oldi. Patning uzunligi bir yarim qarichcha chiqar edi. Pat yulib olinganida, uning igna tomonida olovga o'xshash narsa paydo bo'ldi. Ammo Yana o'chdi.
Fiona esa Taehyungning harakatlariga va uning nimalar qilmoqchiligiga tushunmas edi.
Taehyung qo'liga uchkur patni olgandan keyin yana yotoqda unga hayron qarab turgan qizni oldiga kelib, yotoqga o'tirdi.
- senga isbotlayman, - yigit biroz muddat qizga keyin esa qo'lidagi qora va uzun patga qaradi, - va buni hech qachon esingdan chiqarmaysan.
Taehyung Fionaning oyoqlarini bitta qo'li bilan ushlab o'ziga tortdi. Fionani to'pig'i shikastlangani uchun Taehyungning harakati uni og'riqdan ingrashiga sabab bo'ldi.
- a-aka...nima qilmoqchisiz?, - qiz titroq ovozda oyoqlarini changallab turgan yigitga qaradi.
- nima kerak bo'lsa shuni, - yigit qizning oyoqlarini o'zining tizzasiga yanada yaqin tortishdan oldin, qizga sovuq nazar tashladi, - og'riqni his etsang ham yig'lab, baqirmaysan. Tushunarlimi?
*Akam... U nima dedi. Og'riq. Qanaqa og'riq. Menga nima qilmoqchiligini o'zim ham bilmayapman. Qochishga harakat qilaymi yoki nima bo'lishini kutaymi. Agar ketishni xohlasam ham akamni sovuq qo'llari meni qo'yib yubormaydi... Ahhhhh, sonim.
Fiona sonini patning uchkur uchi orqali tilinayotganidan va og'riqdan bor ovozi bilan baqirib yubordi. Taehyung esa Fionaning tizzasini mahkam ushlab, qo'lidagi patning uchkur uchi bilan uning soniga nimadur deb tilib yozardi. Ha soniga...
- aka...aka...iltimos unday qilmang...to'xtang... iltimos, - yig'lashni boshlagan qiz yigitning tilib yozish bilan band qo'llarini ushlab, uni to'xtatishga harakat qilardi.
- nega men to'xtashim kerak?, - yigit ishini davom ettirarkan hatta qizga qaramadi. U qizning allaqachon qonga belanib borayotgan sonini ko'rib, pat uchi bilan mahkamroq yoza boshladi.
- bu...bu... o'g'riyapti, - qiz sonidagi qonni ko'rib, yanada vahimasi va ko'zidan otilayotgan ko'zyoshlar soni oshdi, - aka...iltimoss
- men senga akang emasman dedim!, - yigit qizning sonidan qonga belangan patni olib polga tashladi. Ammo qizning soniga o'yib yozilagan so'zdan hali ham qon oqardi...
- k-kechiring...sizni...boshqa...aka demayman..., - qizning ko'zidagi yoshlar quyilib kelsa ham u gapirishga harakat qilardi, - a... Taehyung...sonimga...nima qildingiz?
- o'zing tomosha qil, - yigit hali ham qizning tizzasini ushlab, uni oyoqlari ustidan olib tashlamayotgandi.
Fiona asta, tanasi yig'idan silkigancha soniga qaradi. Soniga uncha katta bo'lmagan shaklda YO'Q deb yozilgan edi. Va undan qon sizib chiqar edi. Undagi qon yotoqni ham o'z rangiga burkamay qo'ymagan edi.
Fiona sonidagi yozuvlarni ko'rib, ham og'riq ham holsizlikni his qildi.
- bu senga va'da qilingan va hech qachon untililmaydigan isbotim.
*Og'riq... Bu juda ham kuchli. Huddi hozir kichkina o'yilgan yozuvni deb o'lamandek... Bu...bu nimani anglatadi... Hatto sonimga ham qaragim kelmayapti... Hammayog'im qon. Uning ustiga ham qon tekkan. Bu...nima uchun... O'zimni holsiz his etyapman. Terlab ketyapman. O'tirishga ham holim yo'q...
Fiona boshini Taehyungning ko'ksiga tashladi. Va uning kiyimining bir chetidan ushlab, yig'lay boshladi.
Taehyung esa Fionaning harakatlaridan hayratlanmadi. Shunchaki harakatlarsiz sovuq nafas chiqarib turardi holos.
- Taehyung..., - qiz bo'giq va past ovozda gapirdi. Ammo yoshlari hali ham davom etar, oyog'ini qimirlatishga qo'rqardi, - og'riyapti... og'riyapti...
Taehyung qizga qarar ekan, biroz bo'lsa ham yumshamadi. Shunchaki unga hissiz qarab turardi.
U biroz vaqt shunday turgandan keyin, qizni ko'tarib yotoqga yotqizib, qanotlarini yig'ib, o'rnidan turdi. Og'riqdan oyoqlarini qimirlatolmayotgan, yig'lagan va terlagan qizga qarab turardi.
- og'riqqa chidashga majburan. Bu mening aybim emas, - yigit so'nggi bora qizga qarab, xonadan chiqib ketdi.
Issiq chodirlarida tongni qarshiladi. Qizlar uyg'ongandan keyin ketishga tayyorlana boshladi. Ular chodirlarni va buyumlarini yig'la boshladi.
- qizlar, Fiona qani?, - qizlardan beri Fionaning chodiri bo'shligini ko'rib, qizlarga habar berdi.
- bilmadik. Kecha qolaman deyotgan edi. Ertalabdan o'ziga o'tin uchun ketgandir.
- bo'lishi mumkin. Unda uni chodirini qoldiramiz.
- unga habar berib qo'yishimiz kerak.
- unda yo'lda unga qo'ng'iroq qilamiz.
Qizlar shunday deb, Fionaning chodiri va narsalarini qoldirib, o'zlarini narsalarini yig'ib mashinaga yuklashdi. Keyin esa yo'lga chiqishdi.
Oradan bir soatlar o'tgangandan keyin ular Fionaga qo'ng'iroq qilishdi. Ammo o'chirilgan berdi. Qizlar ko'p marotaba unga qo'ng'iroq qilishdi. Ammo bir xil javob, o'chirilgan. Qizlar havotirlana boshladi.
Ular yana shaharga qaytgandan keyin, Fionaning uyiga yo'l olishdi.
Uy oldida to'xtab, mashinadan tushishdi. Katta uyga qizlar kirar ekan, mehmonxona markazida, kresloda Kim xonim qahva ichib, gazeta o'qib o'tirar edi.
- hayrli kun, Kim xonim, - qizlardan biri Kim xonim tomon kelib.
- ouvv hayrli kun qizlar, - Kim xonim qahvasi va gazetasini stol ustiga qo'yib, o'rnidan turdi. Va qizlar bilan bima-bir quchoqlashib, salomlashib chiqdi, - menimcha sayohatlaring tugadi... Meni qizalog'im kelmadimi?
- Kim xonim, - qizlardan biri hijolatnomuz ovozda gapirdi, - Fiona... yo'qolib qoldi. Biz uni topolmadik.
- yo'qoldi?, - Kim xonim qizidan xavotirlanishni boshladi, - nega yo'qoladi? Qanday yo'qoladi?
- Kim xonim, tinchlaning, - qizlardan biri Kim xonimni ushlab, o'tirishga ko'maklashdi, - biz ham anniq hech narsa bilmaymiz. Birdaniga yo'q bo'lib qoldi.
- politsiyaga habar berish kerak, - Kim xonim shoshilgabcha stol ustida turgan telefonini qo'liga olib, kerakli raqamga qo'ng'iroq qila boshladi...
Vaqt allaqachon tushlikka yaqinlashyapti. Ammo yotoqda g'ujjanak bo'lib yotib olgan qiz, hali hamon uyquda. Kechasi bilan og'riqdan yig'lab, ko'zlari ishgan. Yuzlari esa qizargan.
Sonidagi yaraning qoni qotib qolgan. Kechasi oqqan qonlar ham soni bo'ylab qotigan. Qiz oyog'ini hattoq uxlayotganda ham qimirlatishga qo'rqayotgan edi.
Xonadagi jimjitlikni eshikning g'ichchillash ovozi buzdi...
#Seol_Fiona
@Twins_fanfics