CHILDISH
Havo issiq. Kattakon maktab hovlisi yuqori maktab o'quvchilari va ularning ota - onalari bilan to'lgan. Barcha o'z farzandiga chiroyli gullar sovg'a qilib, turli xil holatda suratga olishmoqda. Barchaning yuzida tabassum. Ba'zilar sevgili bilan band bo'lsa, ba'zilar esa bayramdan baxra olmoqda.
Bitiruv kuni bo'lgani uchun o'quvchilar bir xil bitiruv liboslarini egnilariga kiyib, mahsus bosh kiyim kiyishgan. Ularning kiygan kiyimidan ham maktabni bitirishayotganini payqash qiyin emas.
β Oyijon, meni dugonam bilan ham suratga oling. Boyadan beri faqat o'zimni suratga olyapsiz, - bayram boshlanganidan beri onasining suratga olishidan biroz zerrikan qiz, ushbu jarayonni qiziqarliroq qilgisi keldi.
β Yaxshi. Ammo men bilan yoqimtoy tushgan suratlaringdan keyin albatta, - qizning onasi keng tabassum bilan qo'llarini qizning yelkalaridan o'rab, o'ziga yaqin tortdi. So'ngra, selfi uchun mo'ljallangan qurilmaga kirgizilgan telefon kamerasini qizi va o'zining yuziga to'g'irladi, β Piishloq.
Onasi va qiz 'pishloq' so'zini aytib keng tabassum bilan hozirgi muhitni suratga joyladi. So'ng onasi telefon bilan birga qurilmani o'ziga yaqinlashtirib suratni tekshira boshladi. Va yuzidagi tabassum orqali surat yaxshi chiqgani payqash mumkin.
β Oyi, dadam nega bayramimga kelmadilar? Axir, shunday quvonchli kunda yonimda bo'lishlari kerak, - qiz biroz qovoq - tumshug'ini uydi. Bugungi kunda o'rtasini u bilan birga bo'lishini xohlagan edi.
β Fiona, bilasan, dadang zarur ishda ishlaydi. Balkim, muhim vazifa berilgan bo'lsa, shu sabab kelolmagandir, - ayol qizning biroz homush tortganini ko'rib, yana quvonchini qaytarishga urina boshladi, β Ammo, o'zlarini o'rniga boshqa insonni jo'natgan.
Fiona oyisini gaplarini eshitib, yaqinlashib kelayotgan soya tomon. So'ng soya egasiga qarab, ko'zlari yorishib ketdi. Va yuzidagi tabassum yana qaytib keldi.
β Yoongi aka, - qiz yugurib borib, ular tomon kelayotgan baland bo'yli yigitning bo'yniga osilib, bag'riga kirdi, β Sizni kutmagan edim. Kelganingizdan hursandman.
β Men ham kichkintoy, - yigit ham javoban qizni bag'riga oldi.
β Hoy, men endi kichkintoy emasman. Maktabni bitirdim. Demak, men ham sizdek katta odam hisoblanaman. Nima bu yerga kelganingizni sababini unitib qo'ydingizmi?, - qiz akasining doimgi hazilidan soxta jahlni yoqig, yigitning yelkasiga yengil urib qo'ydi.
β Haya, esimdan chiqay debdi. Sen rostdan ham maktabni bitiriryapsanmi? Yoki boshqasini o'rniga bitirib beryapsanmi?, - asosan, jiddiy va kamgap yuradigan bu yigit, quchog'ida turgan qizga kelgandan teskarisiga aylanadi. Doimo qiz bilan hazillashib, uni jig'iga tegishni kamda qilmasdi.
β Hoy, amaki, men maktabni o'z kuchim va yoshim bilan bitiryapman, - qiz yigitning quchog'idan chiqib, sochlarini orqa tarab, kerilib qo'ydi.
β Amaki? Hoy, chaqaloq, amaki nomi qayerdan keldi? Seningcha men 'amaki' so'ziga arziydigan darajada qarimanmi?
β Hatto undanda ortiq, amakijon, - qiz yana bir marotaba yigitni mazah qilib qochib ketdi.
Yoongi ham Fionaning orqasidan quvlay boshladi. Biroz vaqt olgan quvlashmachoqdan keyin, qiz oyisining orqalariga berkinib oldi.
β Sizlar, kichkina bolalarga o'xshaysiz. Qilayotgan qilig'ingizni qarang. Fionaku mayli, u o'n sakkiz yosh bo'lsa ham, hali bola. Ammo Yoongi, senchi? Sen ham kap - katta yigitdan axir, - qizini orqasiga berkinginganini sezga ayol, yigit va qizni hazilidan koyiy boshladi.
β Hayrli kun, Seol xonim, - yigit biroz nafasini rostlab, hurmat yuzasidan, boshini egib qo'ydi, β Qizingiz, juda ham betarbiya bo'lib ketibti.
β Oyi, qarang, meni betarbiya deyaptilar, - oyisining orqasida turgancha, oyisiga shikoyat qila boshladi.
β Fiona, Yoongi akang rost aytdi. Sen rostdan ham betarbiya bo'lib ketyapsan, - ayol qizini mazah qilib kulib yubordi. Ayolning kulgusiga yigit ham sherik bo'ldi.
Ularni kuzatib turgan qiz esa oyisining orqasidan qochib, lablarini burishtirdi.
β Oyiii, o'zi siz kim tomondasiz?
β Mayli, demak, Yoongi amaki siz uchun adolat. Mmm, unda men dugonalarimni oldiga ketdim. Adolatingiz bilan maza qilib, ustimdan kulinglar.
Fiona to'mtaygancha hali ham kulgusi yo'qolmagan oyisi va 'amaki'sini yolg'iz qoldirib, dugonalari tomon ketdi.
β Hayrli kun, kichik janob, - hozirgina samalyotdan tushib kelayotgan yigitning oldiga shoshilgancha yordamchisi keldi, β Janob, ming bor uzur. Ammo, hoziroq kasalxonaga borishimiz kerak.
β Nega kasalxonaga? Yoki dadamga birornarsa bo'ldimi?, - hozirgina o'zining davlatiga qaytib kelgan yigitni Koreya yomon yangilil bilan qarshi oldi. Yigitning jiddiy yuz ifodasini biroz havotir va qo'rquv egalladi.
β Ha, janob. Otangiz...hushidan ketib qoldi. Kechadan beri shifoxonadalar. Sizni kutyaptilar.
β Lanati* Tezroq yuraqol. Mashina qayerda?
Shifoxonaga shoshilinch tarizda kirib kelgan yigit, darhol yordamchisi orqali dadasi yotgan palataga kirib keldi.
Xona barcha jihozlar bilan jihozlanga. Kirish eshigi ro'parasida kattariq oyna joylashgan. Bitta xona bo'lishiga qaramasdan, xona ichida uchtadan ortiq chiroqlar mavjud. Ushbu belgilar xonaning boshqa oddiy xonalardan ajralib turishini belgilaydi.
Xona markazidan chetroqda joylashgan joyda bemorlar uchun mo'ljallangan kichik yotoq ustida yotgan, ko'zlari bazor ochiq turgan dadasini ko'rdi. So'ng kichik stulni yotoq oldiga surib o'tirdi.
β Ota..., - yigit qurilmalar orqali nafas olayotgan dadasining qo'lidan qisib, ko'zlariga qaradi.
β Men o'lishimdan oldin nabiramni ko'rmoqchiman, - birdaniga aytilgan ushbu so'zlardan yigit biroz taajublandi. Ammo bu odatiy.
β Ota, - yigit bu gapdan deyarli charchashga ulgurgan edi. Bu gap doimo dadasidan chiqardi.
β Jim, - erkak yana bir bor yo'taldi, β Balki, bu o'lishdan oldingi so'nggi istagimdir. Nahotki, shu istagimni bajarmasang?
β Ota, nabirangizni ko'rish ancha vaqt talab qiladi. Buni bilasiz. Uni ustiga hali uylanmay turib, men farzandli bo'lolmayman.
β Men senga rafiqa topib qo'yganman.
β Ota?, - yigit dadasining gaplariga ishonmay jiddiy qarab turardi, β Siz hali men uchun kelin ham tayyorlab qo'ydingizmi? Qoyil!
β O'g'lim, tushun, men nabira ko'rishni xohlayman. Uni o'lishimdan oldin erkalashni xohlayman, - erkak ham o'g'lining qo'li ustiga kaftlarini bosdi, β Rozi bo'lasanmi?
β..., - yigit yerga qaragancha biroz sukut saqladi. Keyin yana boshini ko'tarib, chuqur xo'rsindi, β Roziman... Ammo, bu hazil ish emas, ota.
β Hazil emasligini juda yaxshi bilaman, - erkak yana qattiq yo'taldi, β Sen bunisidan havotir olma. Yaxshisi kechki payt uchun tayyorlan. Bugun borib, uning qo'lini so'rab kelamiz
β Ota, ammo, ahvolingiz joyida emas. Yaxshisi shofoxonada bir - ikki kun davolaning.
β Men yaxshiman. Bugun kechga borib kelamiz, - erkak yana bir yo'talib qo'ydi.
Uncha katta bo'lmagan uy ichiga kirib kelgan qiz ichkarida bo'layotgan tayyorgarlikka hayron bo'ldi. U bilan birga kirib kelgan yigit ham bundan mustasno emas. Faqatgina qizning onasi hayron qolmay, shunchaki tabassum bilan uy ichiga kirdi.
β Oyi, nima uchun bu tayyorgarlik? Yoki maktabni bitirganimni nishonlaymizmi?, - uy ichiga kirgan qiz, tuzilayotgan bayramona kechlik stoliga qaradi.
β Bugun mehmonlarimiz bor, Fiona, - ovqatlanish stoli ustiga so'nggi likopchani joylashtirib, o'sha yerdagi stullardan biriga o'tirgan yoshi katta bo'lgan erkak qiziga nim tabassum bilan javob berdi.
β Mehmonlar? Bugun qandaydur bayram bormi? Yoki nimanidur chin dildan nishonlaymizmi?, - qiz dadasini oldiga borib, yoniga o'tirdi.
β Hech havotir olma, kichkintoy, muhimi bu kechlik seni bitirganing sababi bilan emas, - uyga kirib kelgan yigit ham qizni masxara qilishni unutmasdan devorga og'irligini tashladi.
β Hoy, amaki, siz qayerdan bilasiz bu kechlikni sababi men emasligimni?, - qiz masxara qilinganini bilib, 1:1 qilishni unutmadi.
β To'g'ri, Fiona, bu kechlikning sababi sen. Ammo, bitirganing munosabati bilan emas, - yigitning gapini kesib, yigitga jim degandek ishora qilib, oshxona tomon yurib ketdi, β Qizim, borib kiyimlaringni alishtir. Hademay, mehmonlar kelishadi.
β Hop, oyi, - qiz oyisiga qarab bosh silkib qo'ydi. Keyin hali ham o'rnidan turmay, yuzini dadasiga tomon burdi, β Dadajon, siz ayting, kechlikni sababini. Bular aytishmayapti, - qiz bir qo'lini dadasining yelkasidan o'rab erkalandi.
β Birozdan so'ng bilib olasan. Endi esa oyingning aytganini qilib, kiyimlaringni alishtir.
β Yaxshi...
Fiona o'rnidan turib, xonasi tomon yo'naldi. Mehmonxonada esa qolganlar dasturxonni kamchiliklarini tekshira boshladi. Albatta Kim oilasi kelishiga barcha narsa mukammal bo'lishi kerak edi.
Barcha mehmonxonada kelishi kerak bo'lgan oilani kutib o'tirishar ekan eshik qo'ng'irog'i chalindi.
β Fiona, boraqol eshikni och. Mehmonlarimiz kelishdi shekilli, - ayol o'rnidan turib ustiga - boshini to'g'irlab, qizini eshikni ochishga imladi.
Fiona o'rnidan turib, eshik oldiga keldi. Va eshik tutqichini ushlab eshikni ochdi. Eshik oldida yosh yigit va uning dadasi turar edi. Qiz erkakni ko'rib, yuzi yorishdi.
β Hayrli kech, Kim amaki, - qiz hurmat yuzasidan biroz egilib qo'ydi, β Demak, kutayotgan mehmonlarimiz siz ekansizda, - qiz amaki oldida turgan yigitga uncha tanimay qarab qo'ydi.
β Senga ham, qizim, - janob Kim ham tabassum bilan qizni qarshiladi, β Ichkariga taklif qilmaysanmi?
β Uzur. Marhamat ichkariga kiring, - qiz mehmoblarini ichkariga taklif qilmagani uchun hijolatli kulib, mehmonlarni uyga kirgizdi.
Janob Kim bilan uning orqasidagi o'g'li ham uy ichiga kirishdi. Ularning uyga kirganini ko'rgan Seol oilasi ularni kulib qarshilab kutib olishdi.
β Jin Hae, ko'rishmaganimizga ham ancha bo'libdi. Ahvollaring yaxshimi?, - janob Seol do'stini bag'riga olib, yelkalariga urib qo'yish barobarida hol - ahvol so'rashni ham unutmadi.
β Men yaxshiman, Suhyon. Ko'rib turganingdek, davolanyapman, - do'stini bag'ridan chiqgan erkak bir atrofga qarab qo'ydi.
β Umid qilamanki, to'y kuni yonimizda bo'lasan, - janob Seol kulib do'stini yelkasini urib qo'ydi, β Taehyung o'g'lim, sening ahvollaring yaxshimi? Eshitishimcha bugun chet eldan kelibsan. Qiynalmadingmi?, - janob Seol diqqatini dadasi oldida turgan kelishgan yigitga qaratdi.
β Ha, Seol amaki, bugun qaytdim. Va ko'rib turganingizdek, kelishim to'yimni qilishmoqchi ekan.
β Hoy, amaki, manabu yigit Kim amakimga kim bo'ladi?, - boyadan beri jiddiy va kamgap, ora - orada gapirayotgan yigitni kuzatgan qiz, oldidagi akasidan qiziqish bilan, quloqlariga shivirlab so'radi.
β Bu yigit Kim amakimning o'g'li, kichkintoy, - yigit ham qiz tomon engashib shivirlab javob qaytardi.
β Ular kimning to'yini gaplashishyapti? Sizniki emasmi?
β Hoy, kichkina...
Fiona Yoongi amaki*sini jig'ini keltirgani uchun kulgisini ushlab turolmay kulib yubordi. Kulgisini ushlab turolmagani uchun qo'llari bilan berkitishga harakat qila boshladi. Uni bir chekkada kuzatib turgan yigit esa qizdan ko'zlarini uzolmay qoldi. Shunchaki yuz ifoda bilan qarab turgani bilan, ichida ming tuyg'ular uyg'ona boshladi.
* Uning tabassumi chiroyli ekan. Bu qiz mening rafiqam bo'lishiga ishongim kelmayapti. U juda ham quvnoq va nozik. Huddi, bitta teginish bilan sindirib qo'yiladigandek. Shu sabab teginishga ham qo'rqaman. Amma bu turmushning sababi ham shu emasmi. Unga uylanishimning sababi bola emasmi. U bu uchun juda yoshlik qiladi. Hozirdan uning shu tabassumini yo'qotishdan qo'rqishni boshladim...
β Fiona qizim, bu yerga nima sababdan kelganimizni bilsang kerak?, - oradagi suhbatdna so'ng janob Kim e'tiborini hozirgina kulishini to'xtatgan qizga qaratdi.
β Yo'q, Kim akami, - qiz boshini 'yo'q' degan ma'noda silkidi.
β Biz seni turmushga bermoqchimiz, - ayol qizning qo'lini ushlab tabassum bilan qaradi.
β Meni!? Kimga!?, - hozirgina eshitgan gaplaridan hayratga tushgan qiz, hissiyotlarini ochiqchasiga oshkor qildi.
β Menga, - o'rtaga qo'shilgan sovuq tovush barchaning e'tiborini o'ziga qaratdi...