Tremulous
Iloji boricha uzoqroqqa qoch.
Lekin o'zingga zarar yetkazma!
Π§Π°ΡΡΡ_2
β Nega hali ham uxlamagansan?, - xona eshigini ochib kirgan yigit, unga qaratilgan nigohlar tomon yura boshladi, β Yoki senga yaratib bergan qulayligim, ya'ni jazodan qutulganing yoqmayaptimi?
Yigit qiz yotgan yotoq tomon yaqinlashib kela boshladi. Qiz esa kelayotgan yigitdan biroz qochgandek bo'lib, yotoqning chekkasiga surildi. Yigit buni sezdi shekilli, odatdagidek tabassum yuziga yugurdi.
β Nega mendan qochishga harakat qilyapsan?, - yigit yotoqning chekkasidan joy egalladi, β Shuncha qochishga urunganlaring yetmaydimi?
β Negaligini o'zing mendanda yaxshi bilasan, - shuncha payt qo'rquvdan hech bir so'z aytolmagan qiz yotoq ustiga o'tirib ichidagilarni sochishga tayyorlana boshlagandek, β Shu sabab mendan sababini so'rashga haqqing yo'q.
β Uhh, kapalakcham, - xonada yigitning bo'g'iq ovozli kulgisi yangradi. Yigit yotoqga qulayroq joylashib, qiz tomon yaqinroq joylashdi, β Albatta bilaman. Ammo buni sening alam va g'azabga to'la ovozing bilan birga eshitish menga o'zgacha zavq bag'ishlaydi.
β Nega meni aldading?, - qiz yigitning ko'zlariga tik qarab, biroz xiralashib borayotgan ovoz bilan gapirdi.
β Kapalakcham, - yigit gapirishdan oldin biroz to'xtab, yana qizning ko'zlariga qarab gapini davom ettiridi, β Men seni hech qachon aldamaganman. Shunchaki sen bu haqida mendan avvalroq so'ramagansan.
β So'raganim bilan hozir birornarsa o'zgargan bo'lardmidi?, - qiz sohta tabassum qilib atrofga qaradi. Va yana nigohini qarshisidagi yigitga qaratdi.
β Balkim, ha... Balkim, yo'q. Bu o'zinga bog'liq bo'lardi, Fionam, - yigit qo'lini ko'tarib, qizning yuziga tushib turgan sochini quloqlari orqasiga o'tqazdi.
β Agar o'sha paytda sendan bu haqida so'raganimda ham, menga qarshilik bilan uylanarmiding?, - qizning ovoz tonasi biroz yuqorilashdi. Endi u ichidagi shuncha oy davomida saqlab turgan dardlarini saqlab turolmaydi, β Gapir. O'sha paytda sendan, jinoyatchimisan deb so'raganimda, menga majburlab uylanarmiding?
β Ha. Chunki sen birinchi uchrashuvimizdan beri faqat menikisan. Va menga tegishlisan, - yigit ortiq chidab turolmay, yotoqning narigi chekkasida turgan qizni belidan ushlab, o'ziga yaqin tortdi, β Hatto, o'sha paytda so'raganingda ham men seni qo'yib yuborolmasdim. Hech qachon!
Taehyungning baquvvat qo'llari Fionaning nozik belini mahkam o'rab, tanasini o'ziniki bilan birlashtirdi. Fiona esa Taehyungni o'zidan itarishga harakat qilib, ko'ksidan itara boshladi. Ammo yigitning qo'llari qizni yanada mahkam ushlab, qizning harakatlanishini cheklagan holda, qizning qo'llarini ko'ksiga tegingan holda mahkamladi.
Yigit qizning yelkalariga tushib turgan sochlarini ortga siltab, o'ziga kerakli nuqtani ochdi. Va burnini qizning biroz sovuq ammo yoqimli bo'lgan bo'yniga burnini komdi. Va odatiga ko'ra qiladigan ish - uni narkotik doridek uzoq hidladi.
Fiona bu holatga deyarli o'rganib qolgandi. Qiz bilar edi, u bo'ynidan chuqur hidlayotgan yigit uchun qiz narkotik kabi, bir kun iste'mol qilinmasa, telbaga aylantirar edi. Yigit ham hozir telbalik kuchini uzoqlashtirishga harakat qilardi. Ammo bu his kundan - kunga ortib borardi holos.
Yigit o'ziga keraklicha hidlagandan so'ng, qizning bo'yniga o'zining qaynoq lablarini bosdi. Qis esa bunday seskanib ketdi. Yigit qizning har bir bo'yin sohasida bo'sa qoldira boshladi. Qiz esa yigitni itarishga yana harakat qildi. Ammo yigit ikkinchi qo'li bilan, qizning bilaklarini birlashtirib ushlab, qizning beliga mahkamladi. Va qizning harakatlarini yana bir bor chekladi. Va qizni mahkamlagan holda o'z ishida davom etdi. Qiz esa bo'yni orasidagi bo'shliqni yopish uchun bo'ynini pastga egardi. Yigit esa ishlayotgan qismi yopilishiga yo'l qo'ymay, qizning bo'yin sohasiga yanada chuqurroq kira boshladi.
Mayin qoldirilgan bo'salardan so'ng, Taehyung biroz to'xtab, tishlarini qizning siliq terisiga botirdi. Hosil bo'lgan og'riqdan qiz qiz ko'zlarini yumib, yotoq chekkasida turgan bolishni qisib, biroz ingrab yubordi. Yigit boshini ko'tarib, qoldirgan iziga qaradi.
Qizning bo'yin sohasida qolgan biroz namlikni kafti bilan siladi. Va o'zi yaratgan binafsha rangli egalik tamg'asidan hursand bo'ldi.
β Agar o'sha paytda, senga haqiqatni aytganimda hozir ham men bilan birga bo'larmiding?, - yigit qizning beli va bilaklarini ozod qildi. Va qizdan biroz uzoqlashib, qizning ma'nosiz ko'zlariga tikildi.
Qiz ham nima deb javob berishni bilolmay qoldi. Shunchaki yigitning ko'zlariga so'zsiz qarab turardi. Ko'zlar bir - biri bilan to'qnashib turardi. Huddi, gaplashayotgan kabi. Ammo bu so'zlashuvda faqat yigitning ko'zlari so'zlayapti holos. Qizniki esa shunchaki yigitnikini tinglayapti.
β Tushunarli, - yigit chuqur xo'rsinib, yotoq ustidan tushdi. Qiz esa undan ko'zlarini uzmay qarab turardi, β Hayrli tun.
Yigit oxirgi so'zlarini aytib xonadan chiqib ketdi. Qiz esa hali ham eshik tomon qarab turardi. Javob berolmaganidan o'zini boshqacha his qilayotgandi. Nima deb javob berishni o'zi ham bilmaydi. Sevgan insonidan nafratlanishiga sabab bo'layotgan yagona sabab - uni jinoyatchi ekanligi. Fiona Taehyung bilan bunday hayotini emas, balki, baxtli va tinch hayotni istagan edi. Ammo o'sha kun, o'sha besh daqiqa qizning barcha yorug' orzularini qorong'ulik sari yetakladi. O'sha besh daqiqa shuncha bo'lib o'tgan baxtli voqealarni davom etishini, barqarorligini chekladi. Sevishi uchun bir hafta vaqt ketgan bo'lsa, nafratlanishi uchun bir daqiqa kifoya bo'ldi.
Tun bo'lishiga qaramasdan poyezd vokzali hali ham mehmoblarini kutib olmoqda. Va yana bir poyezd to'xtab, ikkinchisi safarga otlandi.
Vokzal o'z manziliga shoshayotgan odamlar bilan to'la. Barcha o'zga shahardan kelgandan keyin, sog'ingan insonlarini bag'riga bosmoqda. Ba'zilar esa band holatda poyezdi tomon shoshmoqda.
Hozirgina poyezddan tushgan qiz, vokzal ichidagi kichik qahvohanadan qahva sotib oldi. Va jamadonini sudiragancha kutish uchun mo'ljallangan stulga o'tirib, jamadonini yoniga joylashtirdi. Atrofdagi odamlarga qarab shunchaki xo'rsinib qo'yib, issiq qahvasidan ho'pladi.
Fiona biroz vaqt atrofidagi insonlarni kuzatgandan so'ng, sekin o'rnidan ushlab, bir qo'liga hali tugashga ulgurmagan, ikkinchisi bilan jamadonni ushlab, vokzal chiqish eshigi tomon harakatlana boshladi. U eshikka yaqin qolganda jamadoning chekasiga biror - narsa tegdimikan deb to'xtadi. Qo'lidagi qahvani o'ziga yaqin turgan stol ustiga qo'ydi. Va jamadonini tekshira boshladi. Va jamadoni benuhson ekaniga ishonch hosil qilib, yonida joylashgan stoldan ahvani qayta olib yo'lidan davom etmoqchi edi.
Ammo orqasidan kelib urilgan katta gavdalar sabab qizning qo'lidagi qahva qo'lidan sirpanib pastga tushib ketdi. Va pastga tushgan qahvaning issiq tafti qizning qo'lini jarohatlamay o'tmadi.
β Kechirasan, men shoshayotgan edim, - qiz orqasidan kelgan ovozni eshitib ovoz tomon o'girildi. Va qarshisida qora kostyum - shim kiygan yigit turardi. Qiz esa qo'lidagi og'riqni ham unutib yigitga termulib qoldi, β Kechirasan. Atay qilmoqchi emasdim.
β Y-yo'q, hammasi joyida, - Fiona o'zining hayollarini yig'ib oldi. Va biroz achishayotgan qo'liga qaradi. Yigitning nigohlari ham beixtiyor qizning qizargan qo'llariga tushdi.
β Kechirasan, - yigit qizning biroz burishgan yuziga keyin yana qaytib qizning qo'liga qaradi, β Yomon achishmayapti?, - yigitning pushaymonligi va havotiri ovozidan ham bilinib turardi.
Yigit qizning kiygan qo'lini kaftlariga olib ko'zdan kechira boshladi. Og'riq darajasini bilish uchun kutgan qismiga ingichka barmoqlarini biroz tekkizdi. Va qizning yuziga qaradi. Qizning lablari achishishdan burishdi. Va qiz boshini boshqa tomonga burdi.
β Menimcha, yaraga malham surtish kerak, - yigit qizning qo'llarini asta qo'yib yubordi. Va nigohlari qizga qaratildi. Qiz ham qo'lini ozod bo'lganini sezib, yana boshini yigit tomon burdi, β Shifoxonaga boramiz.
β Yo'q, shart emas. O'zim ham malham surtolaman, - qiz kuymagan qo'li bilan yana jamadonni qo'liga olib ketishga tayyorlandi, β Endi esa uzur va xayr, - qiz achishayotgan qo'liga qarab qo'yib, yigitga yuzini teskari o'girib, jamadonini sudiragancha keta boshladi.
β Afsuski, men seni bu holda qo'yib yuborib, o'zimni pushaymon his qilgim yo'q, - yigit ketayotgan qizning bilagini ushlab, yurishdan to'xtatdi, β Seni birinchi shifoxonaga keyin esa uyingga olib borishim mumkin. Tushunarlimi? Endi esa yur, - yigit bir qo'li bilan Fionaning bilagidan ushlab, ikkinchisi bilan jamadonini ushlagan holda vokzaldan tashqariga chiqa boshladi.
β H-hoy, - qiz gapirishga ulgirmay yigit uni tashqariga olib chiqdi.
Ko'cha qorong'u. Atrofni vokzal va shahar chiroqlari yoritib turibti. Yigit tashqariga chiqib, qizning bilaklarini ushlagancha atrofga qarab o'ziga kerakli insonni qidirdi. Va tanish qora mashinani ko'rib, o'sha tomon yura boshladi.
β Hayrli kech, janob Kim, - mashina oldida turgan yigit jamadon ko'tarib kelgan Taehyungni ko'rib, biroz egildi. Va qaddini ko'tarib, xo'jayini oldida turgan begona qizga qaradi, β Va...
β Jihyun, bu haqida keyin gaplashamiz. Hozir esa shifoxonaga borishimiz kerak, - yigit birinchi o'zining jamadonini yerga joylashtirib, keyin qizning jamadonini ham qo'lidan olib, yordamchisiga tutqazdi, β Biz mashinadan kutamiz. Bularni joylashtirib, o'rningga qayt.
Taehyung mashina eshigini ochib, qizni o'tirg'izdirib, eshikni yopdi. Keyin narigi tomonga o'tib, o'zi ham mashina ichiga joylashdi. Qiz esa unga hayron va savol nigohi bilan qarab turardi.
β Hoy, men uyimga ketishim kerak. Jarohatga keladigan bo'lsak, bundan havotir olmang. Shuning uchun men tushib qolishim mumkin, - Fiona tushish maqsasida mashina eshigining ruchkasiga qo'l uzatdi. Ammo eshik ochilmasidan yigit qizning qo'lini ushlab, eshik ruchkasidan uzoqlashtirdi. Qiz esa hotirjam turgan yigitga savol bilan qaradi.
β Shunchaki, qilgan xatoyimni to'g'irlashimga ruhsat ber, - Taehyung qizning qo'lini tizzasiga ustiga qaytarib qo'yib, qo'yib yubordi, β Yetib borgunimizcha jim ket.
Haydovchi o'rindig'i eshigi ochilib, o'rindiqqa Jihyun joylashdi. Va xavfsizlik kamarlarini taqdi. Va oyna orqali orqa tomondan o'tirgan xo'jayiniga qaradi.
β Yaqin atrofdagi shifoxonaga, - yigit ham yordamchisini tushunib, unga kerakli javobni berdi. Jihyun mashinani o't oldirib, asta katta yo'lga chiqib, mashinalar orasidan o'rin egalladi.
β Janob, qayeringizdir shikastlandimi?, - mashinani haydab ketayotgan Jihyun yigitga bir qarab, yana nigohlarini yo'lga qaratdi.
β Men yaxshiman. Bu yerda shikastlangan men emas, - yigit oldida indamay ketayotgan qizga qarab qo'ydi.
Jihyun hech narsani tushunmagan bo'lsa, ham savol berish payti emasligimni bilib, shunchaki o'z ishini bajarishda davom etdi.
β Ismingiz nima?, - orada ketayotgan sukunatdan zerikkan Fiona oldida oyoqlarini chalishtirib, oynaga qarab o'tirgan yigitga gapirdi.
β Taehyung. Kim Taehyung , - yigit oynadan uzoqlashib, qizga qaradi. Va oddiy ammo qiz uchun mayin bo'lishga ulgurgan tovushda gapirdi, β Xo'sh, seniki?
β Seol Fiona, - qiz ham yigitga qarab javob berdi.
Oraga yana sukunat tushdi. Qiz ham yigit ham jimgina oyna tomon qarab ketishar edi. Tungi oyning yorqin manzaralarini tomosha qilib ketishardi. Qiz yana savol bermoqchi bo'ldiyu. Ammo bir marotaba ko'rishgan insonini bu qadar yaxshi bilish kerak emas degan qarorga keldi.
Hamshira Fionaning shikastlangan qo'liga malham surtib, uncha qalin bo'lmagan bint bilan o'rab qo'ydi. Va salomatlik tilab xonadan chiqib ketdi. Xonada Fiona va Taehyung yolg'iz qoldi.
β Rahmat, - qiz asta o'rnidan qo'zg'alar ekan, o'rnidan turayotgan yigitga qarab, biroz Bosh egib qo'ydi.
β Menimcha bu yerda rahmat ortiqcha, - yigit xo'rsinib o'rnidan turdi. Va qo'llarini cho'ntagi ichiga joyladi, β Sening shikastlanishingga men sababchi bo'ldim. Demak, uni qayta tuzatish meni vazifam hisoblanadi.
β Haa, - qiz to'liq holda turib ketishga tayyorlandi, β Endi xayrlashsak. Men endi ketaman. Yaxshi qoling, - qiz bilan yigit xonadan chiqgandan keyin, asosiy eshikka yetib kelishdi.
β Jamadoning hali ham mening mashinamda. Uni tashlab ketmoqchimisan?, - Taehyung Fiona ketishga shaylanganida unga esimdan chiqgan narsasini eslatdi.
β Ha, unutay debman, - qiz hijolatli tabassum qilib joyida to'xtadi, β Menga uni olib berolasizmi?
β Jihyun, Fionaning jamadonini mashinadan olib ber, - yigit mashina oldida ularni kutib turgan yordamchisiga qarab, u tomon yura boshladi.
Jihyun mashinaning orqa tomonini ochib, qizning jamadonini olib, yana yukxonasini yopdi. Jamadonni qizning qo'liga tutqazdi.
β O'zing qorong'uda qanday ketasan?, - yigit allaqachon ketishga tayyor qizga boshdan oyoq qarab qo'ydi.
β Taksi chaqirgan edim. Hozir kelib qoladi, - ular oldiga Taksi mashinasi kelib to'xtadi. Va kelganini bildirish maqsasida bir marotaba signal chaldi, β Ana keldi. Mayli Xayr. Yaxshi qoling. Yordam uchun yana bir bor rahmat.
Fiona jamadonini Taksi haydovchisiga berdi. Va haydovchi jamadonni yana yukxonaga joyladi. So'ng qizning o'zi ham taksiga chiqib, yigitning oldida g'oyib bo'ldi.
Taehyung ham o'z mashinasiga o'tirib, uyi tomon harakatlanishni aytdi. Jihyun ham joyini egallab, qizigan mashinani haydab, bu yerdan g'oyib bo'ldi.
β Umid qilamanki, sen bilan boshqa ko'rishmaymiz, Seol Fiona. Sendek kapalak mening bog'imda uchish uchun juda ham kuchsiz hisoblanadi. Ammo ko'rishsak, mening bog'imda bir umr uchib, kapalagim bo'lishga majbur bo'lasan...
Kattakon uy eshigi ochilib, uy ichiga kirgan Taehyung anchadan beri kirilmagan uyning chirog'ini yoqdi. Oyoq kiyimini qulay oyoq kiyimga almashtirib, jamadonini sudirab uy ichiga olib kirdi. Shinam mehmonxona. Yigit ustidagi kastyumini yechib divan ustiga otdi. Keyin o'zi ham biroz bir nuqtaga qarab hayolga berilib qoldi. Va yana aqlini yig'ib atrofga qaradi. Bo'ynini ikki yonga harakatlantirib, qirsillash ovozini hosil qildi.
Va birinchi o'rinda muzdek dush qabul qilishni xohladi. Bu yerga hali kiyimlarini olib kelinmaganligi sabab, jamadonini ichidagi kiyimlarini chiqarishga qaror qildi.
Olib kelgan jamadonini zamogini pastga tushirib, jamadonni ichini ochdi. Ammo ichida yigitga xos kiyimlar emas. Balki, qizlarning buyumlari, kiyimlari va oyoq kiyimlari turardi. Taehyung buni ko'rib, biroz qoshlari chimirildi. Va bu kimniki ekanligiga qiziqayotgan edi. Lekin hayoliga kelgan bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotni o'ylab, yuziga tabassum yugurdi.
Jamadonni berkitib, telefonini qo'liga olib, Jihyunga qo'ng'iroq qildi. Va Taehyungga yangi kiyimlar olib kelishini aytib, qo'ng'iroqni yakunlaydi.
β Sen bilan boshqa ko'rishmasligimizni xohlagan edim. O'zing uchun mos bo'lmagan bog'da azob ila uchishingni xohlamagan edim. Ammo taqdirni sen bilan qandaydur adovati bor. Shuning uchun ham seni mening bog'imda bir umrlik kapalak bo'lishini ta'minlaydi... Endi kech Seol Fiona... Mendan qocholmaysan, kapalakcham...
2 - qism tugadi azizlarim. Yoqdi degan umiddaman. Maroqli mutolaa π. Fikr va reak kutib qolaman.