Reaksiya for my baby
...Asi odatdagidek do'stlari bilan maktab darvozasidan kirib kelardi. Maktab hovlisi yuqori maktab o'quvchilari bilan to'lgan. Yigitlar basketbol maydonida shug'ullanishmoqda. Qizlarning ba'zilari o'sha yigitlarga termo'lish bilan band.
Asi esa do'stlari bilan gaplashgan holda, maktab binosi ichiga kirmoqchi edi. Ammo uni bilaklarini ushlagan qo'llar to'xtatdi. Asi esa to'xtab, bu qo'l kimnikiligini aniqlash uchun, ortga qayirildi.
- men bilan yur, - yigit Asining qo'lini qo'yib yubormay uni o'zi bilan birga sinfxona ichiga olib kirib keta boshladi.
- Jungkook, nima qilyapsan? Qo'limni qo'yib yubor, - Asi yurayotgan holida bilagini bo'shatishga harakat qilar ekan, ammo metindek qo'llar uni qo'yib yubormas edi.
Axiyri Jungkook Asi bilan bo'sh sinfxonaga kirib, eshikni qulfladi. Ammo hali ham Asining bilagini ushlab turardi.
- senga nima bo'ldi? Aqlingni yedingmi? Nima sababdan birdaniga mening bilagimni ushlab, xonaga qamayapsan?, - g'azbini bosishga harakat qilayotgan Asi, hali ham bilagini bo'shatolmayotganidan battar asabiylasha boshladi.
- mening sevgilim ro'lini o'ynashing kerak, - Jungkook bu gapni Asining ko'zlariga qaragan holda aytar ekan, Asining ko'zi kattalashib, og'zi ochildi. Va g'azabi yanada oshdi.
- ha. Mening sevgilim ro'lini o'ynashing kerak.
- nimaga men bunday qilishim kerak?
- chunki menga shu kerak, - Jungkookning ovozi oddiy holatda chiqardi.
- nega men senga kerak bo'lgan ishni qilishim kerak? Axir sen Jeon Jungkook bo'lsang. Sendek mashhur yigitga mendan hech narsa kerak emas.
- ammo, bu safar sen menga keraksan. Iltimos, taklifimni rad etmaaa, - Jungkookning yuz tuzilishi bolalarniki kabi o'zgardi. U yer tepinib, Asining bilagini ushlagan holda, silkita boshladi.
- h-hoy, to'xta. Bolalarcha harakatingni to'xtat... Mayli men roziman...
- rostanmi?, - Jungkookning ko'zlari kattalashib, Asining bilagini silkitishdan va tepinishdan to'xtadi. Ammo Asining bilagini qo'yib yubormadi.
- ha... Ammo evaziga men nima olaman?
- ...hmmm yaxshi, kelishdik... Endi esa bilagimni qo'yib yubor...
- yaxshi, - Jungkook Asining bilagini qo'yib yubordi.
- ha yana. Kelishib olaylik. Menga sevgiling sifatida faqat omma oldida shunday munosabatda bo'lasan. Yana orttirib yuborma.
- o'zi senga qiz do'st nega kerak?
- hamma qizlar meni orqamdan yuribti. Shunchaki ulardan qutilmoqchiman. Endi esa ko'rishguncha, soxta sevgilim, - Jungkook Asining qulog'iga yaqin kelib, shivirlab, yana uzoqlashdi. Va tabassum qilib, xonadan chiqib ketdi.
*Bu bola anniq o'zida emas. O'zidan o'zi menga sevgilisi bo'lishini taklif qiladi... Ammo o'zim ham ahmoqman. Nega ham uni shartiga rozi bo'ldim. Oufff, mayli uzog'i bilan unga va uning ahmoqona qiliqlariga bir hafta chidolaman.
Asi ham shunday deb xonadan chiqib ketdi.
Darslar boshlandi. Asi sinfxonaga kirib, joyiga joylashdi. Jungkook ham uning orqasidan kelib, uning orqa tomonidagi joyga o'tirdi. Asi Jungkookga qarab qo'ydi. Jungkook ham shunchaki ko'z qisib qo'ydi. Asi esa unga ahmoqga qaragandek qarab, yana oldiga qaradi. Sinfga o'qituvchi kirdi va darsni boshladi.
Ammo dars bo'yi Jungkook Asining uzun va jigarrang sochlarini o'ynab o'tirdi. Asining ham hayoli Jungkookning harakatlariga ketib, darslarga yaxshi tushunolmadi.
Jungkook o'rnidan turib, boshini qo'liga qo'yib yotgan Asining oldiga kelib, yuzida turgan sochlarini qulog'i ortiga o'tqazdi. Asi ham harakatini sezib, tezda ko'zlarini ochib, boshini ko'tardi. Jungkook esa unga hech narsa bo'lmagandek, tabassum bilan qarab turardi.
- azizam, tushlik vaqti bo'ldi. Balki birga tushlik qilarmiz?, - Jungkook Asiga qarab gapirarkan, atrofdagi qizlarning barini og'zi ochilib qoldi. Va pichir-pichirlar boshlandi.
- albatta, sevgilim, - Asi ham o'rnidan tabassum bilan turib, Jungkookning qo'llarini ushlab oldi. Va sezdiki, atrofdagi barcha qizlar ularga hasad bilan qarashni boshlashgan edi. Asi ham iloji boricha ro'lini a'lo darajada o'ynashga harakat qila boshladi.
- unda kettik, Asiyim, - Jungkook ham Asining qo'lini ushlab, chiqib ketishdi.
Xonadan chiqishi bilan Asi Jungkookning qo'lini qo'yib yubordi. Ammo ovqatlanish tomon yurishda davom etdi.
- sendan ajoyib aktrisa chiqadi, Asiyim, - Jungkook ham u bilan yurishda davom etarkan, tabassum bilan dedi.
- meni unday chaqirishni bas qil. Va yana, menga bundan ortiq teginishga harakat qilma.
- buni hali ko'ramiz...
Ikkala soxta sevishganlar ovqatlanish uchun maktab oshxonasiga kirarkan, yana qo'llarini mahkamlashdi. Va yana oshxonadagi barcha ularni birga ko'rib pichirlashni va hasad qilishni boshlashdi.
Jungkook va Asi o'tirish uchun joy topib, unga o'tirar ekan, Jungkook Asini o'ziga tortib, tizzasiga o'tirg'izdirdi. Bu harakatdan nafaqat hamma, balki, Asini o'zi ham hayratda edi. Barcha qizlarning bu harakatni ko'rib, imkoniyatlari yo'qligini bilib, oshxonadan chiqib ketishdi.
Asi Jungkookga savol nigohi bilan tikilib turardi. Jungkook ham buni sezib, uning qulog'iga yaqin kelib, shivirladi.
- agar tezroq qutulishni istasang, barchasini a'lo darajada qilish kerak. Ko'rdingmi, qancha qizlar senga hasad bilan chiqib ketishdi.
- hhhh o'rgildim. Ammo bunisi oshib tushdi.
- tezroq ovqatingni yesang, tezroq tushasan.
Asi ham hech narsa demay, Jungkookning tizzasida o'tirgancha yeyishni boshladi. Jungkook esa uni shunchaki kuzatib turardi...
- hullas, o'glim dadang onangni shunday sevib qolgan, - yotoqda o'g'li bilan gaplashib yotgan Jungkook, ko'zlari yumulib ketayotgan o'g'lini biroz uyqudan uyg'otti.
- onam ham sizni o'sha paytda sevib qolganmi?, - ko'zlari yumulib ketayotgan Jihyun yana dadasini bag'rida yotgancha savol berdi.
- albatta, shahzodam, - yotoqxonaga kiyimini pijamaga almashtirib kelgan Asi ham suhbatga qo'shildi, - endi bizni sevgi tariximizni eshitgan bo'lsang, xonanga borib, uxla... Juda ham charchapsan, yaxshisi o'zim olib boraman... Qani kelaqol.
Jihyun dadasini oldidan sekin tushib, onasini oldiga keldi. Asi o'g'lini ko'tarib, bolalar xonasi tomon ketdi. Xonaga kirib, o'g'lini yotqizib, peshonasidan mayin bo'sa qoldirib, xonadan chiqdi. Va yana yotoqxonasiga qaytdi. Xonada esa uni eri kutib o'tirar edi.
- ha, qattiq uyquda, - Asi kelib, erining oldiga yotib, boshini ko'ksiga qo'ydi.
- menimcha juda ham charchagansan, - Jungkook ham javoban Asining belidan qo'llarini o'rab, o'ziga yaqinroq tortdi.
- unda yaxshi dam ol, sevgilim, - Jungkook Asining peshonasidan o'pib, yonidagi chiroqni o'chirdi. Va sevgilisi bilan shirin uyquga ketdi...