Tremulous
Iloji boricha uzoqroqqa qoch.
Lekin o'zingga zarar yetkazma!
Π§Π°ΡΡΡ_4
Mashina shinalari katta yo'lda ovozini chiqarib, borgan sari harakatni tezlashtirardi. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina oldidagi mashinalarni cheklab o'tib, orqasida qoldira boshladi. Orqasida qolib ketgan mashina haydovchilari esa mashinalari ichidan so'kinib qo'yishardi.
Mashina tezligi strelkasi yuqori raqamlarni ko'rsatishda davom etardi. Ammo, svetaforning qizil chirog'i yonishi strelkani eng pastki raqamlarga tushirdi.
Mashina to'xtagandan so'ng Fiona biroz oldingi qo'rquvini bosish uchun chuqur - chuqur nafas olib chiqara boshladi. Yonidagi haydovchi o'rindig'ida o'tirgan Taehyung esa yo'ldan ko'zini uzmay, mashina rulini mahkam qisib turardi. Uning hozirgi daqiqalarda kayfiyati yaxshi emasligini payqash mumkin. Sababi, chimirilgan qoshlar, qo'lida va bo'yin sohasida bilinar darajada chiqgan tomirlar, rulni mahkam qisgan qo'llar va asabiy qaltirayotgan oyoqlar buning isboti. Va bu g'azabini bosish uchun esa o'pkasini to'ldirgancha nafas olayotgandi.
Mashina ichi sukutga to'la. Faqat ikki insonning nafas olishi eshitilardi. Yigit birornima deb qizning ko'zyoshlariga sabab bo'lishdan o'zini zo'rg'a tiyardi. Qiz esa yigitga birornima deb yigitning g'azabini yanada ko'tarishdan qo'rqardi.
β T-taehyung... Nega... buncha g'azablanyapsiz?, - o'zida bor kuchini yig'ib past ovozda so'zlab, egilib turgan boshini yigit tomon qaratdi.
β Fiona...hozir senga sababini tushintiradigan vaziyatda emasman, - yigit qizga qarab sovuq aralash g'azab ohangda gapirib, yana yo'lga qaradi.
β Men...men...Ammo...Siz - yigitning ohangidan qizning ovozi va tanasini titroq bosdi. Va qiz jumlalarini zo'rg'a to'ldirayotgandi.
β Shh... Boshqa gapirma. Eshitishni xohlamayman. Senga zarar berib, qiynashni xohlamayman, - yigitning bu safargi ovozi sovuq bo'lishiga qaramasdan pastroq eshitildi.
Taehyungning gapidan so'ng, Fiona uning yuziga shunchaki qarab qoldi. Va boshqa hech so'z demadi. Diyolmasti ham.
Qizil chiroq o'rnini sariq chiroq egalladi. Taehyung yana gazga oyog'ini qattiqroq ezib turishga tayyorlandi. Fionaning yuzishi tashvish va qo'rquv ifodalari Yana bir bor egalladi. Yana mashina tezlashishi uni havotirga solishni boshlagandi.
β Taehyung... iltimos bu safar...sekinroq haydang, - qiz oldindan nima bo'lishini bilgandek yigitdan iltimos qilib qo'ydi. Yigit esa hech narsa demay, yashil chiroq yongandan keyin gaz pedalini qattiq ezib mashinani harakatga keltirdi. Ammo tezlik oldingi safargidek tez emas. Balki, biroz sekinroq edi...
β Bu yerda hech kim bir o'zi to'y libosi tanlash uchun kelmasa kerak?, - bog'ichni bog'lab bo'lib qaddini ko'targan yigit unga savol nigohi bilan tikilib turgan qizga yuzma - yuz qaradi.
β Men...men ham yolg'iz emasman, - qiz ham qarshisida turgan begona yigitga oddiy tarizda javob berdi.
β Xo'sh, unda bo'lajak turmush o'rtog'ingiz qayerda, kichik xonim?, - yigit biroz uzun bo'yini qizga tenglashtirish uchun boshini egdi.
β Afsuski uning bo'lajak turmush o'rtog'i emas eri bor, - tashqaridan kirib kelgan Taehyung, sovuq nigohlar bilan ayoli oldida turgan yigitga qaradi. Va uning nigohlaridan qarshisidagi yigitni ko'rib quvongan deb bo'lmaydi.
β Ouvv, kimlarni ko'ryapman. Sevimli ukajonim, - yigit boshini ko'tarib, qizdan uzoqlashdi. Va Taehyung tomon qadam tashladi.
β Ukajon?, - Taehyung istehzoli ravishda kuldi, β Sizningcha oramizda aka - uka rishtalari bormi?
β Albatta. Har holda o'gay bo'lsada aka - ukamiz. Oramizda mustahkam bo'lmasada rishtalar bor.
β Dushmanlikni rishta deb bo'lsa, demak, bizda rostdan ham rishtalar bor, - Taehyung yana kuldi, β ...Seokjin... Bu yerda...rafiqamni oldida nima ishingiz bor? Yoki oyijonimiz sizni mening mulkimni tunashga jo'natdimi?
β Demak, bu yosh xonim sening rafiqang, - yigit chekaroqda turgan qizga qarab qo'ydi, β Diding yomon emas ukajon... Nega oyim va meni to'yingga taklif qilmading?
β To'y endi bo'ladi. Va albatta sizlarni chaqirishni unutmaymiz, - Taehyung Fionaning oldiga borib qizning qulog'iga shivirladi, β Kapalagim, kirib kiyimingni almashtir... Libosiga keladigan bo'lsak, shu libos aynan sen uchun... Ana endi boraqol. Seni sh yerda kutib turaman.
Taehyungning gaplaridan so'ng Fiona ortiq indamay, yana kiyimlarini almashtirish uchun mahsus xonaga kirib ketdi. Fiona xonaga kirgandan so'ng, Taehyung Seokjinning oldiga qadam tashladi. Va cho'ntagiga qo'llarini kirgizdi.
β Yana nega meni atrofimda paydo bo'lib qolding, - Taehyungning ovozi jiddiy va sovuq, ortiqcha rasmiyatchilikni yig'ishtirgan holda.
β Endi har bir bosgan qadamim haqida senga hisobot berishim kerakmi?
β Sizning va o'sha onangizni mayda o'yinlaringizga toqatim yo'q. Boshqa atrofimda o'ralashmaysizlar degan umiddaman.
β Agar mayda o'yinlarga toqating yo'q bo'lsa, Unda qaltis o'yinlar o'ynaymiz. Shu sen uchun to'g'ri keladimi?
β Men qaltis o'yin ichiga sizlar bilan birga tushsam, sizlarni uning ichida tashlab chiqib kelaman, - Taehyung Seokjinga yaqin kelib qulog'iga shivirladi, β Ishonavering...akajon
Kiyim almashtirish xonasi ochilib, Fiona chiqib keldi. Taehyung Seokjinng oldidan uzoqlashib Fionaning oldiga kelib, qo'lini kaftlari orasiga oldi. Va qo'lidan ushlagan holda Fiona bilan birgalikda xonadan chiqib ketardi ekan, Taehyungning harakatlarini Seokjinng gaplari to'xtatdi.
β Sen ham huddi onang kabi o'lishingga kafolat beraman ukajon.
Taehyung ichidagi g'azabni chiqarib yubormaslikka harakat qilar ekan ortida turgan yigit buni qiyinlashtirardi holos. Ammo yigitning so'nggi gaplari Taehyungning ichida alanga yoqdi. U Fionaning qo'lini qattiq qisgancha xonani tezkor qadamlar bilan tark etdi.
Qizning bilagidan ushlab uy tomon yetaklayotgan yigit ichidagi alangani bosishga harakat qilardi. Ammo endi kech. Ko'rinishidan yigit alangani so'ngdirolmaydi. G'azabdan ko'zi qisilgan. E'tibori hozircha uyning kirish qismiga qaratilgan. Orqasidan majbur ergashayotgan qiz esa yigitga yetib olish qadamlarini tezlashtirirga harakat qilyapti.
Xona eshigi ochilib shahtam qadamlar Taehyung Fiona bilan ichkariga kirib keldi. Qizning bilagini qo'yib yubormasdan xona eshigi orqasidan berkitib, qulfladi. So'ngra, qizning bilagidan ushlagan holda, qizga yaqin keldi. Yigitning tartibsiz nafas olishi qizning terisiga urilib, qizning titrashiga sabab bo'lardi. Har olingan nafasda ishib qaytayotgan ko'ksi qizniki bilan birlashib borardi. Va qizning ko'zlariga g'azab, chorasizlik va chalkashlik nigohlari bilan qarab turardi.
β Taehyung, - oradagagi sukunatni qizning qaltiroq ammo, mayin ovozi buzdi. Va yigitning hayollarini o'ziga jamladi, β Nega...buncha g'azablanyapsiz? U...u... yigit...sizga kim bo'ladi?
Yigit hamon jim. Shunchaki qizning bilagini ushlagan holda undan ko'zini uzmay qarab turibti. Ammo yigitning keyingi harakatlari qizning ko'zlari kattalashib, hayratlanishiga sabab bo'ldi...
Qimmatbaho jihozlar bilan bezatilgan hashamatli uyga kirib kelgan Seokjinning ko'zi mehmonxonada qahva ichib turgan onasiga tushdi. Qahvasidan so'nggi bor shimirgan ayol kichik chashkasini stol ustiga qo'yib, nigohlarini oldidagi divanga o'tirgan o'g'liga qaratdi.
β Xo'sh, uni ko'rdingmi?, - ayol vazmin ovozda oyoqlarini chalishtirgan holda so'radi.
β Albatta oyijon. U bilan birga uning suyukli rafiqasini ham ujratdim, - yigit ham divanga yaxshiroq suyangancha kulgu aralash tovushda gapirdi.
β Rafiqasi, - ayol qoshlarini ko'targan holda hayronligini yaqqol sezdirdi.
β Ha, rafiqasi. Men ham uning rafiqasini endi ko'rib turishim. To'g'risi bundan o'zim ham hayron qoldim.
β Demak, rafiqasi bor degin, - ayol lab chetida kuldi, β Balki, bu qizaloqni ham bizga foydasi tegib qolar.
β Ko'rinishidan ancha soddaga o'xshadi. Taehyungdan ham qo'rqar ekan. Ukajonim bechora qizaloqqa bosim o'tkazgan ko'rinadi.
β Bizning kichkina go'dakimiz ancha o'zgargan ko'rinadi.
β Menimcha ham shunday onajon. Bizning kichkintoyimiz endi kichkina emas.
β Ammo o'sha onasi kabi o'lim topadi. Ha u ham o'lishi kerak. O'lishi..., - ayol bir nuqtaga qaragancha jiddiy ohangda so'zlarini yakunladi.
Ayol bir nuqtaga qaragancha keyingi qadamini hisoblay boshlaydi. Albatta inson o'ldirish oson ish emas. Unga mukammal va pishshiq reja kerak bo'ladi.
Xona ichida faqatgina yigitning yig'i tovushlari eshitilardi. Uning nafas olishi yig'i tufayli biroz qaltiragan. Quyilib kelayotgan ko'zyoshlariga erk berarkan, nafas olish darajasining qiyinligi ortib borardi. Tashqariga chiqayotgan bu ko'zyoshlar qizning ko'ylagini namlashga ham ulgurgan edi.
Besh daqiqadan beri qizning ko'ksida kuchsiz inson kabi yig'layotgan Taehyung Fionaning bellaridan yanada mahkamroq qisib, o'zi uchun qulayroq joy yaratdi.
Bir nuqtada nima qilishni bilmay qolgan Fiona shunchaki yigitni yig'lashiga qo'yib berdi. Yigitning ko'zyoshlarini sababini bilmaydi. Ammo hozir buning sababini so'rashga payti ham emas. Qiz ham yigitning dardini yengillashtirish uchun uni ham bag'riga bosdi.
* Uni birinchi bor shunday holatda ko'rishim. Uning yig'lashini, ko'zyoshlarini, kuchsizligini, umidsizligini birinchi bor ko'rishim... Uning kuchsizligi, g'amga botishi, undan nafratlansam ham, ammo, hozirgi daqiqalarda bu narsa menga ham ozor beryapti.
Uning ko'zyoshlari sababini bilmayman. Uning dardiga sherik bo'lishni ham. Qiloladigan yagona narsam, hozirda unga kerak va xohlayotgan narsani berish...
_Oradan yana besh daqiqa o'tarkan ular hamon shu holatda turardi. Bir - birini bag'rida. Bir - biriga suyanayotgan qalblar. Yigit yanada mehr olish ilinjida bo'lsa. Qiz esa ozor chekayotgan sevgilisiga yanada mehr berishga urinar edi.
β Taehyung, - qiz qo'llarini yigitning belidan bo'shatmagan holda, biroz o'ziga kelgan yigit ismini shivirlab chaqirdi.
Yigit esa javob sifatida qizni yanada mahkam quchdi. Huddi qo'yib yuborgisi kelmayotgandek. Bor mehrni izlayotgandek. Shunchaki uning bag'riga yanada intildi.
Fiona ham ortiq so'z demay Taehyungning bag'ridan chiqib, uning qo'lidan ushladi. Va uni yotoq oldiga olib kelib, o'tirg'izdirdi. Keyin o'zi ham Taehyungning yonidan joy oldi.
Fiona hech qancha vaqt kutmay yana Taehyungni shunchaki bag'riga oldi. Taehyung ham shuni kutgandek, shunchaki uning bag'riga yana singidi. Ikki qalb yana birlashdi. Bir - biriga energiya va mehr berish uchun.
β Taehyung, - qiz yigitning sochlarini silarkan, yana bir bor shivirladi, β Nima sababdan yig'ladingiz?
Yigit yana jim. Shunchaki qizning iforini hidlab o'zini ovutushga urinardi. Shunchaki shunday sukunat ichida bir umr qilishni istardi. Shunchaki sukunat...Ammo qadrli lahzalar xotirasi.
β Bilaman, buni aytish sizga...noqulaydir. Balkim, menga aytgingiz kelmayotgandir.... Agar shunday bo'lsa, unda mayli majburlamayman, - qiz ham sukunatni tanlab yigitning Sochi bilan o'ynashish da davom etdi.
β Ular... mening onamni o'ldirishgan, - yigitning qaltirashni boshlagan ovozi va qizning namlanayotgan terisi, yigitning ko'zyoshlari chiqishga tayyorlanayotganidan belgidir.
4 - qism tugadi. Yoqadi degan umiddaman. Xato va kamchiliklar uchun uzr. Iltimos mehnatimizni qadrlang. Ko'ryapman 200+ odam o'qiyapti. Lekin nega reaksiya 100 ga yetmayapti. Sizlar bizga sodiqligingizni shunday ifodalatsizmi? Iltimos fikr yozmasangiz ham reaksiya bosing. Biz bu fikr va reaksiyalar orqali, sizning ff haqidagi tasurotlaringizni va munosabatingizni bilishni xohlaymizππ.
Writer: #Seol_Fiona
@Bloodly_fanfics