November 22

Tremulous

Iloji boricha uzoqroqqa qoch.
Lekin o'zingga zarar yetkazma!

Π§Π°ΡΡ‚ΡŒ_5

Flashback | 14 yil oldin

Katta va shinam uyning oshxona qismida nimalarar bilandir band ona - bola, hazil bilan ishini bitirar edi. Oshxona chekkasida joylashgan stol usti turli xil mahsulotlar bilan band. Ba'zilari allaqachon ochiq holga keltirilgan bo'lsa, ba'zilari esa o'z yopiq holatini saqlab turibti. Ammo bolakay og'zi yopiq mahsulotlardan birini olib, ochishga shaylandi.

– Oyijon, bu mahsulot ham sizga kerak bo'ladimi?, - qo'lida ochilmagan tuz mahsulotini ushlab turgan kichik Taehyung, mahsulotni ochishdan tuxum suyuqligini aralashtirish bilan band bo'lgan onasiga qaradi.

– Yaaa, Tae, shirinlikga tuz qo'shmaymizku, - tuxumdan nigohlarini olib, o'g'liga qaratgan ayol, o'g'lining qo'lidagi mahsulotga qarab kulib yubordi.

– Men...rostdan ham bilmagandim. K-kechiring oyijon, - bolakay qo'lidagi narsani sekin joyiga qaytarib qo'yib, boshini ekgancha biroz hijolatli va homush tovushda gapirdi.
O'g'lini xafa bo'lganini sezgan Kim xonim qo'lidagi idishni qo'lidan bo'shatib, yerga qarab turgan o'g'lichalik egildi. Va yuzlarimdan siladi.

– Tae, xafa bo'lma. Odamlar doimo adashishadi. Va sen qilgan narsang – bu xato emas. Uni ustiga Hali sen bolasan. Bu sen uchun xato emas, - ayol o'g'lining endi yoshlanayotgan ko'zini artib bag'riga bosdi, – Endi esa turaqol. Tezroq shirinlikni pishirishimiz kerak.

~~~

Taehyung va uning onasi oshxonadagi ishni bitirib, to'zg'igan joylarni yig'ishtirishga tushdi. Onasi nam mati bilan un va krem tekkan joylarni artarkan, Taehyung uning orqasidan ergashib yurardi. Onasi tabassum qilgancha ishida davom etdi.
Vanihoyat tozalashni tugatgan Taehyungning onasi ishlatgan matosini tozalab yuvib qo'ydi. Garchi, ular boy va hashamatli uyda yashashlariga qaramasdan, Kim xonim hech qachon bu narsalari bilan maqtanmagan. Yana, ular uyidan xizmatchi ishlatmaydilar. Bunga hojat yo'q deb hisoblaydilar. Yosh ayol bo'lmasligiga qaramasdan, ish qilishni oilasi uchun taom va shirinliklar tayyorlashni sevadi. Va bu mashg'ulotlar bilan shug'ullanish sog'lig'i uchun foydali hisoblaydilar.

Ona va bola oshxonadagi manzilni ovqatlanish xonasiga o'zgartirishdi. Birgalikda dasturxon tuzab, bezatishdi. Albatta bu kichik narsa ham ularni tabassum qilish va hursand bo'lishiga sabab bo'lardi.

– Oyijon, har doimgidek dasturxonni ajoyib tayyorladingiz!, - dasrurxonga qarab jilmaygancha turgan bola joyidan qo'zg'alib onasining oyoqlaridan quchdi, – Ammo bitta narsa hech tushunmayman.

– Xo'sh, nima ekan mening kichkintoyimni kichik miyasini qiynayotgan?, - onasi ham jilmaygan holda dasturxon ustiga qoshiq va sanchqilarni qo'ydi.

– Nega doim oddiy kechlik uchun bayramona dasturxon tuzaysiz?

– Hmmm... Chunki har bir sen va otang bilan o'tgan kunim men uchun bayram, - ayol ham egilib, o'g'lini bag'riga bosdi. Bola ham qaytarib onasini bag'riga singidi.
Ular shu holatda turishiga ko'p bo'lmasdan, eshik qo'ng'irog'i yangradi. Kim xonim bag'ridagi bolasini bag'ridan chiqarib, eshik tomon bordi. Eshik qulfini bo'shatib, eshikni tashqariga ochdi.

– Jun Hae..., - ayol gapini tugatmasidan qarshisidagi manzara uning so'zlarini to'xtatdi.

– Yeri, - qarshisida rafiqasini ko'rgan erkak yonida turgan ayol va yoshi 14-15 yoshlardagi bolaga qaradi.

– Jun Hae, mehmonlaringiz bormi?, - yuziga tabassum yugurgan ayol tashqaridagi insonlarni ichkariga taklif qilganday, qo'li bilan ichkariga imo qildi, – Marhamat kiringlar. Havo sovuq. Kechlik qilamiz.
Kim xonim eshikni ochiq qoldirib o'zi uy ichiga kirdi. Eshik ostonasida turgan janob Kim va oldidagi ayol bir - biriga qarab xo'rg'in nafas chiqarishdi. Ular o'rtasida turgan jiddiy va kulmayotgan bola esa qarshisidan nigohlarini uzmay turardi. Janob Kim va ayol qo'llarini bir - biriniki bilan bog'lab ichkariga qadam tashladi. Ular orqasidan bola ham ichkariga ergashdi.

– Yuri, - ovqatlanish xonasida yangragan bo'g'iq ovoz dasturxon ustiga mehmonlar uchun likopcha qo'yayotgan ayolni to'xtatdi.

– Labbay?, - ishidan boshini ko'targan Kim xonim nigohlarini eriga so'ng uning boshqa ayol bilan bog'lanib turgan qo'liga qaratdi.

– Sen bilan gaplashadigan muhim gapimiz bor, - erkak yonidagi ayolga qarashdan oldin tomog'ini qirdi, – Bular mening...ikkinchi oilam. Va shu kundan boshlab ular ham biz bilan birga yashaydi.

Bu gaplarni eshitgan Kim xonimning nafas olish darajasi sustlashdi. Tanasi qotib qolgan. Ammo ichidan bor vujufi qaltirayapti. Nima deyishni yoki nima qilishni bilmaydi. Shuncha yil davomida birga yashagan insoni shunchaki ikkinchi oilasini uning qoshiga olib kelib birga yashaymiz deyishi...shunchaki uning qalbini parcha - parchalarga bo'lib tashladi. Kim xonimning yanoqlarini sho'r ko'zyoshlar silay boshladi. Va yanoqlarini kuydirar edi.
Onasining ko'zyoshlarini payqagan Taehyung o'tirgan o'rnidan turib, onasining oldiga chopdi. Kiyimining etagidan mahkam qisib, yana bo'yi yetgancha oyoqlarini bag'riga oldi.

– Oyijon, yig'lamang, - oyisining yuziga qarab qo'yib, so'ngra yana bag'riga bosishda davom etdi.

~~~~ 4 yildan so'ng | Yangi yil kechasi
( Eslatma, hali ham Flashback davom etmoqda. Shunchaki o'sha kundan ikki yil o'tdi‼️ )

Hashamatli uy yangi yil ayyomiga mos ravishda bezatilgan. Devorlarga yaltiroq zarkar ilingan. Eshiklarning yuzalariga ham turli xil bezaklar ilingan. Barcha yig'iladigan bayramona xonada devor chekkasida isitish uchun olov yonib turardi. Uy ichidagi odamlar esa uyni yanada isitar edi.
Faqatgina uy ichi emas balki, tashqi tomon ham o'ziga xos ravishda bezangan. Tashqaridan o'tgan odam uyga qarasa bas. Kim qanday bayram qilayotgani anglab yetadi.
Katta mehmonxona markazida esa katta archa joylashtirilgan. Archa ham ko'zni o'ynatuvchi elektron chiroqlarni o'z atrofida o'rab turibti. Bundan tashqari archa o'yinchoqlari ham uni bezab turibti. Va eng asosiysi archaning cho'qqisida porlayotgan yulduz archaning salohiyatini oshirmoqda.

– Xonimlar va janoblar, - barchaning e'tiborini o'ziga qaratishidan oldin qo'lidagi ichimlini qoshiq bilan urib, ovoz hosil qildi. Barcha e'tiborini erkakga qaratgandan keyin erkak gapirish uchun og'iz juftladi, – Bilasizlar, men qarib qoldim. Shu sabab biznesimni hamda, boyliklarimni ikki o'g'lim Taehyung va Seokjinga teng ikkiga bo'lib bermoqchiman.
Erkak gapidan to'xtab qo'lidagi alkogoldan shimirar ekan atrofdagilar uni olqishlashdi. Jumlafan erkakning ikki rafiqasi ham. Yuri xonimning yuzida mayin tabassum bo'lsa, Hanji xonimning yuzlari ushbu gaplardan keyin tundlashdi. Albatta. Uning fikricha mol-u davlatning ko'p qismi uning o'g'li Seokjinga tegishli kerak edi. Ammo bu amalgam oshmadi. Va ko'rinib turibdiki bu Hanji xonimni g'azablantirdi. U mehmonlar oldida o'zini odatiy holatini ushlab turishga harakat qilardi.

– Taehyung va Seokjin, qani kelinglar o'g'illarim, - janob Kim mehmonlar bilan suhbat qurayotgan yosh o'g'illarini oldiga chaqirdi. O'z ismlarini eshitgan yigitlar ham otasi oldiga turishdi. Va janob Kim ularni hamkorlariga tanishtirib va boshqa mavzular bo'yicha suhbatlasha boshladi.

– Yuri, siz bilan biroz suhbat qursak bo'ladimi?, - shovqin va odamlarning tovushidan Yeri xonimga yaqin kelib qulog'iga gapirdi Hanji xonim.

– Albatta, Hanji, - Yuri xonim qarshisidagi ayol uni xushlamasligini bilsada, u bilan suhbat qurishga rozilik berdi.

Hanji va Yuri xonim zaldan sokinroq bo'lgan va shovqin eshitilmaydigan balkon tomon chiqishdi. Va qishning sovuq havosi ayollarning yuziga urildi. Yeri buni his etib, yuzida kichik va bilinmas jilmayish hosil qildi.

– Sen lanati va o'sha o'g'lingni deb, biz shunday hashamatda kun kechirmadik, - birdaniga ovozi muloyimlikdan g'azabga aylangan Hanji Yurini balkon rishotkalariga tirab borardi. Va kutilmagan holat Yurini gangitib qo'ydi.

– Nimalar...deyapsiz Hanji, - Yuri allaqachon Hanjining g'azabga to'la yuz ifodasidan biroz qo'rqishni boshlagan edi. Va orqaga qadam tashlab balkon rishotkasiga yanada tiraldi.

– Seni deb, Jun Hae bilan turmush qurolmadim. U bilan birga yashashi uchun shuncha yil sabr qildim. Ammo sening arzanding barchasiga ega chiqyapti. Mening farzandim qolib, sening farzandingni tanlashyapti. Jin ursin lanati, - Hanji sochlarini bir bor barmoqlari bilan tarab, yana qarshisida qo'rqayotgan ayolga qadadi, – Va endi bularga sen javob berasan... Joining bilan... Havotir olma... O'g'linga ham albatta javob eradi... Ammo oldin sen...

– Hanjiii, - Hanji birdaniga Yurini yuqori qavaqtdagi balkondan itarib yubordi. Yuri so'nggi bor Hanjining ismini aytib, oppoq ustiga tushdi. Oppoq qor ustini qizilllik egalladi.

Baqiriq ovozini eshitgan barcha mehmonlar balkonga yig'ilishdi. Va joyida qotib qolgan Hanjiga duch kelishdi. Mehmonlar qatori kirib kelgan Taehyung balkondan pastga qarar ekan, pastda qon belangan onasini ko'rib yurak urishi to'xtadi. Ko'zlari kattalashib, shol ahvolga tushdi. Ammo o'zini tezlikda yig'ib hovli tomon shoshila boshladi. Tilida, yuragida va miyasida bir – so'z " Ona" so'zi aylanmoqda...

~~~~ Flashback end | 5 kundan so'ng
( Flashback tugadi. Va Taehyung yig'lagan kundan besh kun o'tdi‼️ )

* O'sha kundan besh kun o'tdi. Ammo, haligacha uni ko'rmadim. O'sha ko'zyoshlarini tindirib chiqib ketgan soyasini boshqa ko'rmadim. Men hayratdaman... Sababi, u birinchi marotaba shunday qilayotgan edi. Ya'ni, meni hech qachon o'zimni bunchalik ko'pga tashab ketmasdi. Ammo shunday qildi. Balkim, o'sha kuni bag'rimda yig'lagani uchun uyalganikan. Yo'q. Unday emas... Unda nimaga...

O'rnimdan turib xona chirog'ini o'chirdim. Vaqt allaqachon yarim tun. Uxlash payti bo'ldi. Ammo uyqum yo'q. Negadur ko'nglimning g'ashligi menga uyqu bermayapti. To'sqinlik qilyapti.
Asta yotog'imga joylashish barobarida qalinroq choyshabimni ustimga tashladim. Yaxshilab o'zimni o'rab, ko'zlarimni yumdim. Lekin, uxlolmay yana ko'zlarimni ochib, eshik tomon qaratdim... Huddiki, hozir u shu eshikni ochib, xona ichiga kirib keladigandek...

~~~

Yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlarni ochib beruvchi va ularning sevimli makoniga aylangan joy. Barcha bir - birigi va qizil - ko'k chiroqlarga hamohang qo'shiqqa raqs tushmoqda. Atrof shovqin. Va alkogol hidi qoplagan. Ammo bu insonlarining ketishiga emas, balki, yanada qilishiga sabab bo'ladi holos.

Taehyung katta, hamma uchun mo'ljallangan bar oldida alkogol bilan o'zini ovutushga harakat qilardi. Kelganiga allaqachon uch soat bo'lgan. Va shuncha vaqt ichida ancha butulkani bo'shatgan. Ammo, sergakligi va hushyorligi doim tayyor. Ya'ni hali mastga aylanmagan... Yana bir qadahdan shimirib, bo'shatdi. Va bo'shatgan qadahni bermenga uzatdi.

– Yana, - shunchaki qadahga qarab turgancha oast va sovuq ohangda dedi.

Bermen ortiqcha so'z va harakat qo'shmay, qadahni olib, uni yana to'ldirdi. So'ng qaytarib, Taehyungga uzatdi.

– Men... Men... Oyi sizni sog'indim... Hali ulardan birma - bir hisob so'raymanman. Sizning o'limingizga sababchi bo'lgan har bir inson hisob to'laydi., - Taehyung alkogolidan shimirib yana joyiga qo'ydi. Va hali ham yuzini pastga qaratgancha qadahdagi alkogolni aylantirdi.

– Ahhh, ukajon. Bu sening bir o'zingga ancha qiyin bo'lib ketmadimi?, - birdaniga orqadan kelgan ovoz va tana Taehyungning yoniga joylashdi. Taehyung esa bu kimligini bilgan holda nigohlarini ko'tarmadi.

– Qaysi biri?... Ichkilikmi yoki...maqsadim?, - yigit yuzida istehzoli jilmayish hosil qilish barobarida alkogolidan yana shimirdi.

– Hozirgi daqiqadan ichkilik... Keyingi daqiqa uchun esa maqsading ham bo'lishi mumkin, - Seokjin ham bermenga 'menga ham bitta' degandek ishora qilib, o'z alkogoligini oldi, – Rafiqang chiroyli ekan..., - birdaniga o'rtaga tashlangan suhbat mavzusi Taehyungning yuz ifodasi tundlashiga sabab bo'ldi.

– Rafiqamga baho berish senga qolib ketgan yo'q, - yana alkogolidan shimirib, – Va... unga e'tibor berishingni va o'yin ichida o'yin yaratishingni xohlamayman, - Taehyung o'rnidan turib, kostyumining ichki cho'ntagidan hamyonini oldi. Hamyonidan ichimlik kerakli miqdordagi naqd pulni qo'yib, o'rnidan turdi.

– Nega rafiqangni uyda yolg'iz qoldirding. Yana qochib ketmaydimk?, - Seokjin e'tiborni qadahda saqlab qilgancha tinch ovozda gapirdi.

– Seni ogohlantirdim. O'yin. Ichida. O'yin. Boshlama, - Taehyung ko'satkich barmog'imini bigiz qilgancha, g'azabini sezilarli qilib gapirdi.

– Ammo bu qiziq bo'ladi, - Seokjin lab chetida iblisona tabassum qildi.

– Agar, shuni istasang...buni sen uchun qiziqlashtiramiz, - Taehyung ortiq bu nusxa bilan qilishni istamay suhbatni oxirgi so'zlari bilan tugatdim. So'ng, barni tark etdi...

~~~~

Uy ichiga chalkash qadamlar bilan kirib kelgan Taehyung, yo'lini o'ziga kerakli bo'lgan xona tomon qaratdi. Va o'sha qadamlar bilan yura boshladi. O'ziga kerakli xona oldida to'xtagan yigit eshikni ochishdan oldin chuqur nafas chiqardi.
Eshikni ochiq xonaga kirgandan keyin, yana shunday orqasidan eshikni yopdi. Nigohlari yotoq ustida uxlab yotgan kapalagiga tushdi. Juda ham beozor va nozik kapalak...
Taehyung yotoqda uxlab yotgan Fiona oldiga kelib uning yonida to'xtadi. Va yuziga termulishni boshladi.
Yurak urishi tezlashdi. Qandaydur hirs va hislari qurshoviga tushib qoldi. Ich - ichidan xohlaydigan hirslar otilib, uning atrofini o'rab olmoqda. Shunchaki Taehyungning nazoratini yo'qotishiga sabab bo'lmoqda. Biroz mastlik bu hirslarni yanada jumbushga keltira boshladi.
Taehyungning nigohlari qizning lablariga o'tdi. Pushti, nam, sof va mazali lablar. Hozirgi daqiqalarda yigit shu tamni tatib ko'rishni xohlaydi. So'rishni xohlaydi. Ha, bu xoshishlar hirslarni kuchayishiga nazoratini yo'qotishiga undayapti.
Yigitning nigohi endi qizning tanasida. Qizning ustini berkitib turgan choyshabni asta pastga tortdi. Choyshab sirpanib, yotoqning pastki tomoniga tushib, berkitib turgan qizning tanasini ochib berdi.
Taehyungning qo'li beehtiyor Fionaning tanasiga yugurdi. Uning barmoqlari qizning bel qismini egalik va boshqa hislari bilan silardi. Teginish. Qizning tanasini his etish. Ana endi hirslar g'olib bo'ldi. Yigit nazoratini yo'qotdi. Va hirslar ichiga tushib qoldi.

– Kapalagim... Menga keraksan... Senga tashnaman. Hozirgi daqiqalarda seni his qilmoqchiman. Va sen ham meni his etishingni xohlayman... Dunyodagi jamiyki barcha narsalarni unutib, seniki bo'lishni xohlayman... Menga hoziroq keraksan, - Taehyung qizdan qo'lini olib, o'zining oq ko'ylagining tugamalari tomon olib bordi. Barmoqlari tezlikda tugmalarni ozodlikka chiqara boshladi...

~~~

Writer: Seol Fiona
@Bloodly_fanfics