February 28, 2024

Interview 

Meta teglar vazifasi ?

"Meta teglar" vazifasi veb-sayt yoki web sahifalarda foydalaniladigan HTML kodlari (HTML meta tags) orqali veb-sahifaning strukturasi va ma'lumotlari haqida qo'shimcha ma'lumotlarni ta'rifi uchun ishlatiladi. Bu teglar asosan veb-sahifaning belgilangan qismini ko'rsatish, tarjima qilish, sahifa tavsifi (description), mualliflik ma'lumoti, sahifa avtori, va boshqa ma'lumotlarni kiritish uchun foydalaniladi.

Pesudo class va pseudo element farqi?

CSS psevdo-class tanlangan element(lar)ning maxsus holatga o'tishini bildiruvchi selektorga qo'shilgan kalit so'zdir . Masalan, psevdo-class :hover foydalanuvchi kursorini tugma ustiga olib kelganda tugmani tanlash uchun ishlatilishi mumkin va bu tanlangan tugmani keyin uslublash mumkin.
 a:link { color: blue; /* Linklarga havola berilgandan keyin ko'rsatiladi */ } a:hover { color: red; /* Foydalanuvchi tugmani ustiga o'tganda ko'rsatiladi */ }

Mixin vs extend farqi ?

@mixin va @extend Sass dasturlash tilida ishlatiladigan dasturlash kalti so'zlaridir. Bu kalit so'zlar stil yozishni osonroq qilish, o'xshsash kodni qayta ishlatish imkoniyatini beradi.
  • @mixin yordamida bir elementga bir nechta xususiyatlarni qo'shish imkoniyati beriladi va u xuddi funksiyaga o'zshab.
  • @extend esa bitta xususiyatlarni boshqa sinflarga nusxalash uchun ishlatiladi, shuningdek, bitta extend nomi yaratiladi va undan keyinchalik boshqa sinflarga nusxalanadi.

Data-types.

JavaScriptda 8-ta ma'lumot turlari mavjud va ular ikkiga bo'linadi. Primative va Non -Primative.

Primative.

  • Number - sonlarni o'zida saqlovchi ma'lumot turi.
  • String - o'zida matnlar belgilarni saqlovchi ma'lumot turi
  • Boolean - Mantiqiy ma'lumot turi bo'lib o'zida faqatgina true va false qiymatlarni saqlaydi.
  • Undifined - Hali aniqlanmagan ma'lumot turi
  • Null - Bo'sh qiymatga ega ma'lumot turi.
  • Symboll - yagona unique va o'zgarmas qiymatga ega ma'lumot turi.
  • BigInt - Katta sonlarni ±(253-1) saqlovchi ma'lumot turi.

Non-primative.

  • Object - O'zgaruvchiga muroojat qilgan manzilda ko'rsatilgan boshqa manzilni saqlay oladi.

Variables difference.

O'zgaruvchilar 2- xil farqlanadi. 1 - Global. 2 - Local.
  • Global o'zgaruvchilar: Dastur barcha joylarda qo'llanilishi mumkin. Masalan, dastur boshida yaratilgan va barcha funksiyalarda qo'llanilgan o'zgaruvchilar.

Local o'zgaruvchilar: Bitta funksiya yoki blok ichida faqat shu blok yoki funksiya ichida qo'llaniladi.

Number - methods.

  • toFixed() metodi sonni qavs ichiga necchi son kiritilsa o'shancha kesib qaytaradi.
  • toString() metodi sonni matnga aylantirib qaytaradi.
  • isNaN() metodi sonning raqam yoki raqam emasligini tekshiradi va true yoki false qiymat qaytaradi.

Math-object.

  • Math.floor --> Kichik tomonga yaxlitlab beradi.
  • Math.ccil --> Katta tomonga yaxlitlaydi.
  • Math.round --> Haqiqiy yaxlitlaydi.
  • Math.abs --> Absoyut sonning modulini olishda ishlatilinadi.
  • Math.trunc --> Eng kichik sonni oladi.

String methods.

  • length -Matndagi belgilarning (harflar, raqamlar, belgilar) nechtaligini qaytaradi.
  • toUpperCase() -Matnni katta harfga o'tkazadi.
  • toLowerCase() -Matnni kichik harfli ko'rinishga o'tkazadi.
  • replace(searchValue, replaceValue) -Matnda berilgan qiymatni qidiradi va uning orasidagi birinchi qiymatni o'zgartiradi.
  • substring(startIndex, endIndex) -Berilgan indekslar orasidagi qismini qaytaradi (startIndex - shu indexdan boshlab, endIndex - bu indexdan avval).
  • split(separator) - Matnni berilgan ajratuvchiga (separator) asosan bo'lib qidiradi va undan asosiy matnni ajratib chiqadi.

Undefined vs null ?

Undifined xali aniqlanmagan ma'lumot turi. Null - Bo'sh qiymatga ega ma'lumot turi.

Truthy vs Falsy.

"Truthy" va "Falsy" JavaScriptda qiymatlar haqida fikrlar bildirish uchun ishlatiladigan terminologiyadur. Bu qiymatlar shartlarni tekshirishda yoki xatoliklarni aniqlashda juda foydali bo'ladi.

Truthy.

Bu qiymatlar true deb hisoblanadi, ya'ni shartlar rost bo'lsa yoki o'zgaruvchi bo'sh bo'lmasa, ular "Truthy" deb hisoblanadi. Quyidagi qiymatlar Truthy bo'ladi:
  • Barcha sonlar, har xil raqam qiymatlari (0 va NaN ham).
  • Har qanday matn ("", "0" va bosh matn emasligi).
  • Barcha obyektlar.

Falsy.

Bu qiymatlar false deb hisoblanadi, ya'ni shartlar yolg'on bo'lsa yoki o'zgaruvchi bo'sh bo'lsa, ular "Falsy" deb hisoblanadi. Quyidagi qiymatlar Falsy bo'ladi:
  • false (yolg'on)
  • 0 (son nol)
  • "" (bosh matn)
  • null
  • undefined
  • NaN (son emas)