April 17, 2024

Raqamli iqtisodiyot va men

Kalit so'zlar: iqtisodiyot,raqamli iqtisodiyot, Manuel Kastels, Nikolas Negroponte, portativ kompyuter.

Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarni yaratish hamda ularni hayotga tatbiq etish orqali mavjud iqtisodiy tizimni yangicha tizimga o'zgartirish bo'lib, bu atamani ilk bor Manuel Kastels degan ispaniyalik va amerikalik sotsiolog va tadqiqotchi o'z monografiyasida qo'llagan. Uni amaliyotga kiritgan inson esa dasturchi Nikolas Negroponte bo'lib, u bu ishni 1995-yil amalga oshirgan. Nikolas Negroponte raqamli iqtisodiyot tushunchasiga 3 xil ta'rif bergan. Ta'riflarning barchasi bir-biridan farqli va hozirgi kunga mos bo'lgan ta'riflardir. Bu dasturchidan tashqari yana bir necha mashxur shaxslar ham bu atamaga ta'rif berib o'tgan. Garvard universiteti professori Daniel Bell raqamli iqtisodiyot bu postindustial iqtisodiyot, deya ta'rif bergan. Amerika siyosatshunosi Elvin Toffler axborotlashgan iqtisodiyot, Rossiya siyosatshunosi Viktor Borisovich mega iqtisodiyot, Bill Geyts texnoiqtisodiyot deya ta'rif berishgan. Bill Geyts ta'rifiga ko'pchilik qo'shiladi va raqamli iqtisodiyotni amalda texnoiqtisodiyot, ya'ni ingliz tilida digital economy deb ham yuritiladi.

Hozirgi kunga kelib ko'plab iqtisodiy jarayonlar raqamlashib ketgan. Raqamli iqtisodiyotning bir necha belgilari mavjud: yuqori darajada avtomatlashganlik, elektron hujjat almashinuvi, ma'lumotlarning elektron bazalari, korporativ tarmoqlar, online to'lovlar va online buyurtmalar va boshqa shu kabilar. Raqamli iqtisodiyot rivojlanib kelishi bizga keng ko'lamda qulayliklar yaratdi. Masalan, To'lovlarni amalga oshirishimizda telefon orqali online to'lovlar amalga oshirish yoki biron yegulik va maishiy texnikalar tovarlar buyurtma berish va xizmatlardan foydalanmoqchi bo'lsak u haqidagi ma'lumotlarni  olishimiz mumkin, vaqtimizni va mablag'imizni  tejashimizga katta yordam beradi, o'zimizga qulay sharoitda ma'lum amaliyotlarimizni bajarish imkoniyatini yaratdi va yana boshqa shu kabi ko'p qulayliklar mavjud. Raqamli iqtisodiyotga o'tish bizga ko'p narsalar beradi. Iqtisodiyot tez o'sadi, tegishli tarmoqlarda ish o'rinlari ko'payadi, mehnat unumdorligi oshadi, bizneslar jadal rivojlanadi, bir qancha xizmatlardan foydalanish osonlashadi va sifat darajasi ortadi, atrofga salbiy ta'sirlar kamayadi va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishining eng yaxshisi bu xufyona iqtisodiyotning yo'qolib borishi, korrupsiyaning kamayishi va budjetdan ajratiladigan pullarning maqsadsiz sarflanishi va o'g'irlanishining oldi olinishi hisoblanadi.

Bunday raqamli iqtisodiyotning vujudga kelishiga asosiy turrkilardan biri, bu ilk portativ kompyuterlarning yaratilishidir. U 1989-yil "POQET" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Yana birinchi veb-saytning yaratilishi. 1991-yil britaniyalik olim Timoti Berners-Li dunyodagi birinchi veb-saytni yaratib, ommaga taqdim etgan. Raqamli iqtisodiyot paydo bo'lishi va rivojlanishiga asos bo'lgan va ta'sir qilgan omillar ko'p.