April 17, 2024

Xitoyning oziq-ovqat xavfsizligini raqamlashtirish tajribasi 

-Oziq-ovqatni saqlash to'g'risidagi axborot platformalari(ishlab chiqaruvchilarga oziq-ovqatni saqlashga eng yaxshi usullari xaqida ma'lumotlar beruvchi Tiktok, WeChat, Microblog va shu kabi raqamli platformalar).

-Kompanyalarning raqamli oziq-ovqat omborlari ( oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, chiqarish va nazorat olib boruvchi tizim omborlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash imkonini beradi).

-Raqamli transport tizimi (tashish raqamli tizimi va logistika tarmog'ini takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini tashishni boshqarish punktualligini ta'minlash va monitoring jarayonlarini nazorat qilish maqsadida oziq-ovqatni tashish uchun raqamli magistralni qurish).

-Jamoat transport-logistika xablarini qurish (mahsulotlarni tashish va muomalaga kiritish logistikasi uchun oziq-ovqatning isrof bo'lishi muommosini tahlil etish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy axborot platformasi).

-Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun raqamli boshqaruv asosida kadrlar tayyorlash.

- Oziq-ovqat mahsulotlarini tejash masulyatini oshirish va targ'ibotlar (Tiktok, WeChat shu kabi platformalar, raqamli media, foto, multiplikatsiya, mikrofilmlar va hk).

-Oziq-ovqat iste'molining tejamkor modelini rivojlantirish (iste'molchilar o'z sog'lig'ining xolatidan va ehtiyojlaridan kelib chiqqan xolda raqamli texnologiyalar yordamida individual ovqatlanish ratsionini tanlashligi).