March 19

"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman" ....

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, ta’lim sohasida texnologiyalar, masofaviy ta'lim, elektron darsliklar, axborot texnologiyalari.

Davlatimizda raqamli iqtisodiyotni faol tarzda rivojlanishi talim sohasida xam katta o'zgarishlar olib kirdi. Sababi shundaki talabalarni ko'plab vaxtini va mablag'ini tejashga yordam beradi. Bunda talaba dars olish uchun o'quv joyiga borishi yoki kitob sotib olishi shart bo'lme qoladi, onlayn o'qish va elektron kitob va o'quv qo'llanmalarni onlayn tarzda xam olish imkonini beradi.

Maktab va oliy talim sohalarida xam ko'plab kitob va darsliklar elektron bo'lib o'quvchi va talabalarni bilim olish jarayonlarini osonlashtirdi va vaxtni tejamkorligiga katta foydasi tegadi shu bn birga darsliklar vizual, videoro'liklar va interaktiv bo'lishi tahsil oluvchilar axborotlarning 80 % ni eslab qoladi. Oldin elektron darsliklar va darslar bo'lmagan vaxtda talabalar kitob sotib olishi yoki noqulay sharoitlar bo'lgan vaxtda xam o'quv dargohlariga borishlari shart bo'lgan. Raqamli iqtisodiyot va texnologiyalarning talaba uchun quyidagi avzalliklarni beradi: talabalarning raqamli texnologiyalar va internet aloqalaridan foydalanish natijasida dunyoqarash va dunyoda yuz berayotgan yangiliklar va axborotlardan xabardor bo'lishligi, kitob va malumotlarni yangilab borish kabi ko'plab xarajatlarini kamaytiradi, raqamli darslardan foydalanish talabaga bir vaxtning o'zida darslarni o'zlashtirish va raqamli savodxonliklarini xam shakllanishiga imkon beradi va masofaviy ta'lim shu vaxtning o'zida ishlash kabi imtiyozlar beradi, elektron darsliklarda talaba mustaqil bilim olishni o'rganadi, masofaviy ta'limning yana bir ustunlik tarafi chet eldagi malakali professor va malakali mutaxasislarni maruzalarini onlayn tinglash imkoniyatini yaratadi.

Raqamli iqtisodiyotning o'qituvchi va xodimlarga foydalari shundaki talabaning mustaqil ravishda bilim olib borishini tekshirib borish va talabalar uchun tarqatma materiallar tayyorlashda ularni elektronlash orqali ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytiradi, talabalarning bilim darajasini tekshirish va baholashda shaffoflikni ta'minlaydi. Xulosa. Ta'lim sohasini rivojlantirish zamonaviy darsliklar va doimoiy axborot yangiliklardan xabardor bo'lish va o'quv mashg'ulotlarini sifatini oshiradi. Ta'lim oluvchilarning ko'nikmalari va bilim malakalarini, ijodiy qobilyatlarini rivojlantiradi va qiziqishlarini kuchaytiradi.