October 7

BOLANI KATTALAR UCHUN MO‘LJALLANGAN SHAMPUN BILAN YUVINTIRISH MUMKINMI?

Bolaning va kattalarning sochlari bir-biridan farq qiladi, shu sababli ular uchun alohida vositalar ishlab chiqarilgan.

Odatda, ota-onalar kichkintoylarga maxsus bolalar shampunini sotib olishadi.

Umuman olganda, bolani kattalar uchun mo‘ljallangan shampun bilan yuvintirsh mumkinmi?

Bolalar sochi kattalar sochidan qanday farq qiladi?

Odamlarning soch tuzilishi o‘xshash bo‘lsa-da, bolalar sochi kattalarnikiga nisbatan kamroq hujayra qatlamlaridan iborat bo‘ladi.

Shu sababli chaqaloq sochlari yupqa va mo‘rt bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarda asosan dermaning yuqori qatlamlarida o‘sadigan mayin tuklar mavjud.

Bolalar uchun gigiyena jarayonlarini qanchalik tez-tez o‘tkazish kerak?

Bu masalada bolaning yoshi, soch turi va tuzilmasi hamda faollik darajasi hisobga olinishi kerak.

Ko‘pchilik bolalar uchun sochlarni 1–2 marta haftasiga yuvish yetarli hisoblanadi.

Agar sochlar jingalak bo‘lsa, ularni biroz kamroq yuvishga ruxsat beriladi, lekin tarashni yengillashtirish va keyingi parvarish uchun konditsioner qo‘llash tavsiya etiladi.

Bola ulg‘ayib, balog‘at yoshiga yetganda, yog‘ bezlarining faoliyati tezlashadi.

Boshning toza ko‘rinishi uchun uni har 2–3 kunda yuvishga o‘rgatish lozim.

Shu yoshda uni kattalar shampuniga o‘tkazish mumkin, chunki bolalar shampuni endi kerakli samarani bermay qoladi.

Bolalar uchun sifatli shampun qanday bo‘lishi kerak?

Bolalar uchun mo‘ljallangan yuvish vositasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1. Yumshoq tozalovchi ta’sir.

2. Rang va hidning yo‘qligi (allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin).

3. Allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaslik.

4. Ko‘zga tushganda achishish va yosh oqishini oldini olish.

5. Bosh terisida qichishish va tirnashni keltirib chiqarmaslik.

6. Shampun yutib yuborilganda xavfsiz ekanligi haqida belgi bo‘lishi lozim (kichkina bola yuvinish paytida ko‘piklarni og‘ziga solib yuborishi mumkin).

7. Balansi teri turiga mos, yengil kislotali bo‘lishi lozim.

8. Qulay shakldagi flakonda – katta va dumaloq bo‘lmagan bo‘lishi kerak, chunki uni bir qo‘lda ishlatishga to‘g‘ri keladi.

9. Tarkibi – maksimal darajada tabiiy va organik, sulfatlar, parabenlar, silikon va sun’iy rang beruvchilar bo‘lmasligi kerak.

10. Tarkibida foydali moddalar (romashka, choy, aloe, kalendula ekstrakti) bo‘lishi.

11. Aniq iforli tabiiy o‘simlik moylari (lavanda, bodom, shaftoli) mavjud bo‘lishi tavsiya etiladi.

12. Shampunni dorixona yoki professional kosmetika do‘konidan xarid qilish tavsiya etiladi. Shubhali do‘kon yoki bozor rastalarida ko‘pincha sifatsiz mahsulotlar taklif qilinishi mumkin.

Bolani kattalar shampuni bilan yuvintirsa bo‘ladimi?

Kichkintoyning hammomda o‘zining maxsus shampuni bo‘lishi kerak.

Kattalar uchun vositalar boshqa masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan (rangni yuvilishdan saqlash, qazg‘oqni yo‘qotish, yog‘li terini tozalash, yengil turmaklashni ta’minlash).

Bolaga bunday funksiyalar kerak emas, unga tabiiy tarkibga ega yengil tozalovchi vosita mos keladi.

Biroq agar bola bosh terisi biror ruxsat etilmagan narsa bilan ifloslangan bo‘lsa yoki bolalar vositasi yo‘q bo‘lsa, bir martalik kattalar shampuni bilan yuvish mumkin.

Bolani kir holatda qoldirish zararliroq bo‘lishi mumkin.

Yaxshisi, shampun tabiiy tarkibga ega bo‘lsin va yuvinish paytida bola ko‘ziga tushmasligi lozim.

Bu gigiyenik jarayonlarga nisbatan salbiy munosabatni yuzaga keltirishi mumkin.

Xulosa

Shunday qilib, bolalar uchun alohida gigiyenik vositalar sotib olish kerak.

Kattalar shampuni unga mos emas, ayrim hollarda uning nozik sochlariga zarar yetkazishi mumkin.

Kattalar vositasidan faqat favqulodda holatlardagina foydalanish mumkin.