QO‘L BARMOQLARIDAGI QURUQ TERI: QANDAY YO‘L TUTISH KERAK?
Qo‘l barmoqlari va barmoqlar uchidagi quruq teridan qanday qutulish mumkin?
Odatda ayollar va qizlar qo‘llar uchun namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi krem ishlatishadi.
Ularni dorixonadan yoki supermarketdan topish mumkin.
Ammo vosita yordam bermasa va qo‘llar quruqligicha qolsa-chi?
Bunda terining qurishi va quruqlik sabablarini bilish muhimdir.
Nima uchun qo‘l barmoqlarida teri quriydi?
Ushbu holat quyidagi sabablar natijasida yuzaga kelishi mumkin:
— ichki organlar va tizimlarining noto‘g‘ri ishlashi;
— immun tizimi faoliyatining buzilishi;
— qo‘l barmoqlarining ortiqcha quruqligi va sezgirligiga irsiy moyillik;
— organizmda vitamin yetishmasligi yoki gipervitaminoz;
— gormonal muvozanatning buzilishi;
— allergik reaksiya, mahsulot yoki moddalarga individual ta’sirchanlik;
— stressga nisbatan javob reaksiya;
— doimiy ravishda maishiy kimyoviy modda yoki boshqa toksik moddalar bilan aloqa qilish;
— har kuni ishlatiladigan noto‘g‘ri yoki muddati o‘tgan vositadan foydalanish;
— kaftlarning noto‘g‘ri gigiyenasi;
— noqulay iqlim sharoitlarida yashash;
— organizmda foydali yog‘lar, suyuqlik yetishmasligi;
— doimiy ravishda issiq suv bilan aloqa (masalan, idish yuvishda);
— teri kasalliklari (ekzema, dermatit, psoriaz);
— yoshga doir o‘zgarishlarning boshlanishi;
— ultrabinafsha nurlarining salbiy ta’siri.
Qo‘l barmoqlarida quruqlik qanday namoyon bo‘ladi?
Odatda bu holatda qo‘llar qizarib ketadi, teri yorilishi mumkin.
Agar holat o‘z vaqtida davolanmasa, kaftlarda yarachalar va mayda yoriqlar paydo bo‘ladi.
Ular yallig‘lanishni boshlashi va kuchli og‘riq bilan kechishi mumkin.
Tirnoqlar atrofidagi kutikula ham quriydi, ularning chetlari notekis va tartibsiz o‘sib boradi.
Tegishli parvarishsiz bu yorilish to‘liq yo‘qolmaydi va holat yanada yomonlashishi mumkin.
Barmoqlarning o‘ta quruqligidan qanday qutulish mumkin?
Qo‘l terisini parvarish qilish qoidalari:
1. Agressiv yuvish vositalari va sovundan foydalanishni to‘xtatish kerak. Kremsimon sovun yoki unga o‘xshash, tarkibida yuqori faol komponentlari bo‘lmagan variantlarga o‘tish lozim.
2. Qo‘llarni yuvgandan so‘ng yetarlicha artmaslik quruqlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu maqsad uchun alohida yumshoq sochiq yoki boshqa yumshoq mato bo‘lishi kerak.
3. Sumkada har doim namlantiruvchi krem yoki qo‘l uchun losyon olib yurish kerak. Bir nechta tuba sotib olish tavsiya etiladi (avtomobilga, ish joyiga, to‘shak yonidagi tumbochkaga va hokazo). Vositani muntazam qo‘llash kerak, faqat vaqti-vaqti bilan emas. Kechasi ko‘proq yog‘li krem yoki oziqlantiruvchi yog‘ (masalan, kokos yog‘i) ishlatish mumkin.
4. Uyni tozalash ishlarini qo‘lqopda bajarishni odat qilib olish, shu jumladan, idish yuvishni ham. Qo‘lqoplardan foydalanish bog‘da ishlaganda ham muhimdir.
5. Shifokorga murojaat qilib, organizmda vitaminlarning miqdorini aniqlash uchun tahlillar topshirish. Agar yetishmovchilik mavjud bo‘lsa, zarur moddalarni yoki vitamin komplekslarini ichishni boshlash.
6. Ba’zida qo‘llar uchun spa-protseduralar (vanna, oziqlantiruvchi niqoblar) qilish.
7. Yozda barcha ochiq tanaga ultrabinafsha nurlardan himoya vositalarini surtish.
8. Sovuq paytlarda qo‘lqoplarni taqishni unutmang, chunki shamolda qo‘llar deyarli darhol qizarib, yorila boshlaydi.
9. Qo‘l uchun krem va losyonlardan tejamaslik kerak. Juda arzon variantlar ko‘pincha o‘z vazifalarini bajara olmaydi.
Xulosa
Shunday qilib, qo‘llar turli sabablarga ko‘ra quriydi va yorilishi mumkin.
Nima uchun bunday bo‘layotganini aniqlash muhimdir.
Ehtimol, o‘z ratsioningizni, oziq-ovqat tartibini yoki tana parvarishi qoidalarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.