June 21, 2023

#Asar tahlili loyihasi 20-son

#Asar tahlili loyihasi 20-son #Jahon adabiyoti durdonasi ruknidanMashhur faylasuf Jaloliddin Rumiyning kitoblarini o'qimagqn kitobxon topilmasa kerak.Rumiyning ''Ichingdagi ichindadur'' ''Ma'naviy masnaviy'' ''Yetti majlis'' asarlari dunyoga mashhur asarlar sirasidandir.Uning ''Ma'naviy masnaviy'' asarinidagi qisqa qisqa hikoyalar jamlangan asarlaridan birini sizlar bilan birgalikda muhokama qilamiz.Bu asar ''Ma'naviy masnaviydan hikoyatlar'' asari, bu asarni sizlar bilan 2-qismi haqida gaplashamiz.Bu asarni O'zbek tiliga Odil Ikrom tarjima qilgan, tarjima ajoyib chiqqan.Asarning birinchi hikoyasi bu ''Xayoldagi hilol'' hikoyasi hisoblanadi.Bu hikoya Umar r.a. davrida sodir bo'lgan bo'lib Umar r.a. va bir necha kushi ramazon hilolini ko'rish uchun toqqa borganlarida bir inson Umar r.a. ga hilolni ko'rganini aytadi, Umar r.a. esa u yerda hilol yo'qligini takidlaydi.Bunga isbot sifatida Umar r.a. u insonga ''sen ko'zingni yumib so'ng osmonga qara'' degan javobni qaytaradilar.U inson ko'zini yumib qaraganda esa hilolni ko'rmadi.Umar r.a. unga ''sen tanangdagi bitta a'zoying tufayli hilolini ko'rgan bo'lding agar hamma a'zoying pand berganda ko'p yolg'onlar gapirgan bo'lar eding'' degan javobni qiladi.Hikoya xulosalarini aytadigan bo'lsam bu hikoyada tana a'zolari qiyosida insonlar yotadi ya'ni insonlarning gap so'zlari bilan fikr chiqarishdir.Bundan tashqari asarda ajoyib hikoyalar kiritilgan.Asarni o'qishga tavsiya etaman.Tahlil muallifi: Muxriddin Normurodov