August 1, 2020

Targetolog

SMM(Social Media Marketing) mutaxassislari - turli brendlar, shaxslar va bizneslarning ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, Facebook, Vkontakte, Twitter, YouTube)dagi sahifalarini yuritish, obunachilar bilan aloqa qilish, izohlarga javob berish, rivojlantirishning turli strategiyalarini ishlab chiquvchi insonlardir.

SMM mutaxassisiga qo'yiladigan talablar:

-Marketing va reklama sohasida bilimga ega bo'lishi

-Raqobatdosh kompaniyalar faoliyatini analiz qila olish va ijtimoiy tarmoqlarda brendni rivojlantirish uchun strategiyalar tuza olish

-Kontent strategiya, kontent rejasini tuza olish, matnlar yozish, postlar uchun rasm va video materiallar tayyorlash

-Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni rivojlantirish uchun targeting qilish qoidalarini bilish

-Obunachilar bilan muloqot qila olish, negativni nazorat qilish va reputatsiyani ko'tarish

-Obunachilar sonini oshirish va aktivligini ko'paytirish tizimlarini bilish


SMM mutaxassislik kasbining plyus va minus tomonlari

Plyus:

-Juda qiziqarli ijodkor insonlarga mos kasb

-Yaxshigina daromad

-Dunyoning istalgan nuqtasidan ishlash imkoniyati.

-Kichik SMM mutaxassisligidan SMM mutaxassislaridan iborat jamoani boshqaradigan menejer bo'lish

-Kasbni egallashda qiyinchiliklarning kamligi. Ya'ni 3-4 oy o'rganib, o'z faoliyatingizni boshlash imkoniyati

Minuslari

-Aniq ish vaqtining mavjud emasligi. Ya'ni kunning ixtiyoriy qismida sizni ishdan bezovta qilishlari mumkin.

-Biznes egalarining SMM haqida umuman tasavvurga ega emasliklari. Aksariyat hollarda SMM'ni rasmni tagiga matn yozib qo'yish deb tushunishadi va nima uchun bu yo'nalishga pul sarflash zarurligini bilishmaydi.

-O'rganish nisbatan oson bo'lgani uchun mehnat bozorida yaxshi ish o'rinlariga konkurensiya juda yuqori

SMM menejerlikni o'rganish mumkin bo'lgan platformalar:

Ingliz tilida
1.Skillshare.com
2.Coursera.org

Rus tilida
1.Skillbox.ru
2.Netology.ru

O'zbek tilida
1.Najot Ta'lim (Youtube sahifasi)
2.etalim.uz