Startap
Hammaga salom. Bu videoda gap startaplar haqida boradi. Startap nima ? Qanday turlari mavjud ? Ular qanday tuziladi ? Shuningdek, muvaffqaiyatli startap loyihalaridam misollar keltiramiz. Shunday qilib boshladik. Startap nima ? Hozirgi kunda faoliyatning startap deb ataluvchi yo'nalishi haqida eshitamagan odamni topa olamasangiz kerak. Bu so'z tez-tez ishlatilsada, hamma ham ma'nosini tushunib yetmaydi. Startap ko'pincha yoshlar loyihalari va kichik bizneslar, shuningdek, demokratik boshqaruv va nostandart hayot tarzi bilan bog'lanadi. Startap - bu yosh, innovatsion biznes bo'lib, muvaffaqiyatli amalga oshirilganda klassik kompaniyalardan ko'ra 10-100 barobar tezroq o'sadi. Aniqroq qilib aytganda, Startap loyiha - shunday loyihaki, unda hali hech kim qo'llab ko'rmagan, o'zini oqlamagan texnologiyalardan foydalaniladi. Misol sifatida ushbu startapni keltirishimiz mumkin. Kimdir sartaroshxonada ochishi mumkin, bu yangi ish. Ammo startap loyiha uchun bu kamlik qiladi. Startaplarga oldin hech kim amalga oshirmagan loyihalar kiradi. Shuningdek, internetda amalga oshirilgan loyihalarni startap deb o'ylashadi. Aslida unday emas. Faqatgina "butunjahon o'rgimchak to'ri" ularni amalga oshirishga yo'l qo'ymaydi. Juda ko'p muvaffaqiyatli misollar mavjud. Facebook loyihasi va uning analogi hisoblangan Vkontakte. Shunigdek Wikipedia'ni ham oldin mavjud bo'lmagan internet ensiklopediya sifatida -startap deb hisoblash mumkin. Ilgari ilm-fan texnologiyalariga asoslangan tashkilotlar - startap deyilgan. Hozir esa Amazon, azon kabin do'konlarni ham startap deb atashmoqda.
Startap turlari.
Startap innovatsion va o'ziga xos bo'lgan loyihalar bo'lgani uchun, uni aniq turlarga ajratish qiyin va bu kategoriyalar oddiy emas. Mutaxassislar tomonidan shartli ravishda bir nechta kategoriyalarga bo'linadi.
"Muvaffaqiyatli nusxalar"
Mavjud ideani olib, uni boshqacha ko'rinishda yetkazib beruvchi startaplar. Qoidaga ko'ra, bu usul ish bermaydi. Ammo shunday usul bilan liderlikka chiqqan loyihalar ham mavjud. Misol tariqasida dasturchilari tayyor feysbuk paltformasini rusiyzabon insonlar uchun optimizatsiya qilishgan vkontakteni olishimiz mumkin. Yoki yaratuvchilari interfeysni qulayroq va ommabop qilingan Google qidiruv tizimini. Va undan oldingi qidiruv tizimlari - AltaVista va Lycoslarni kimdir eslay oladimi ?
"Agressiv kelgindilar"
Bu nafaqat o'z pirogini olish, balki raqobatchilarni jazolash orqali o'ljani butunlay qo'lga kiritishni maqsad qilgan loyihalardir. Qoidalarga ko'ra bunday loyihalar xaridorlarga arzonroq mahsulot taklif etuvchi innovatsion g'oyalardan foydalanishadi. Ular o'zlarini qiziqtirgan sohada, yirik kompaniyalar shunchaki e'tibor qaratmaydigan yangi ishlanmalarni qo'llash orqali yutib chiqadilar.
"Qora otlar"
Birinchi va ikkinchi toifalarga mansub bo'lmagan loyihalardir. Chunki bunday loyihalar asosida oldin hech kim o'ylab ham ko'rmagan g'oyalar yotadi. Ular otilib ketadimi yoki omadsizlikka uchraydimi, iste'molchilarga yoqadimi yo'qmi, bunday loyihalar eng yuqori tavakkalchilikka asoslangan. Ammo hayotimizni sifatli tomonga o'zgartira oluvchi barcha innovatsion yechimlar aynan shu yerda. Bugungi kunda eng mashur va istiqbollilarga:
Dasturlash, savdo, moliya, meditsina, ta'lim, xizmat ko'rsatish, ko'ngilocharlar kiradi. Bizning davlatimiz uchun oladigan bo'lsak, Rossiyada eng talabgir sifatida ijtimoiy sferalar uchun g'oyalar beruvchi, shuningdek xizmat ko'rsatish va ko'ngilochar sferalari ham kiradi.
Qanday qilib startap tashkil etish va rivojlantirish mumkin ?
Startaplarning turlari ko'pligiga qaramasdan, ular doim bir xil bosqichlardan o'tadi. Demak starap yaratish va rivojlantirishning 6 ta bosqichini ko'rib chiqamiz.
1-bosqich. G'oyani shakllantirish.
G'oyalar mavjud bir nechta elementlarning birlashishidan hosil bo'ladi. U nafaqat zo'r bo'lishi, balki iste'molchilar hozirda boshqacha yechayotgan aynan qaysidir muammoni yechisi zarur. Faqatgina iste'molchilarning haqiqiy muammolarini yecha oladigan g'oyalargina biznesga aylana oladi.
2-bosqich. Bozorni va raqobatchilarni analiz qilamiz.
Mahsulot noyob bo'lmasligi mumkin, ammo biznes omadli bo'lishi uchun u raqobatchilarni quyidagi parametrlar orqali ortda qoldirishi kerak: 1)Mijoz uchun sifat yoki qulaylik 2)Tezlik 3)Obro' 4)Arzon narx. Agar sizni g'oyangizda mana shu fikrlardan bir yoki bir nechtasi bo'lsa, mahsulotingiz o'z istemolchisini topib oladi. Qolgan parametrlar analogdan pastda bo’lishi mumkin. Obro’, sifat, qulaylikga va raqobatdosh bo’lgan mahsulotni tanlagan holda yaxshi holatdagi auditoriyaga ega chiqishni ko'zlash lozim, bu shuni anglatadiki mahsulot yaxshi, sifatli va qimmat bo’lishi kerak. Va agar biznes g'oya juda ham arzon tovar sotishga qaratilgan bolsa, narxlar mijozlarni rozi qiluvchi eng past ko’rsatkichga tushadi.
3-bosqich. Maqsadli auditoriyani aniqlaymiz. Bu bosqichda maqsadli auditoriyani aniqlash ishlari boradi. Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun mijoz haqidagi savollarga javob berish zarur. Kim u?, qayerda u?, nega u bizni mahsulotni sotib olishi kerak? Qanday qilib uni jalb qilishimiz mumkin? O’zingizni mijozlaringiz haqida qancha ko’p bilsangiz, ularni jalb qilinishi shuncha arzon boladi va sizni loyihangiz ertaroq foyda keltirishni boshlaydi.
4-bosqich. Mahsulot yaratamiz. Mahsulotni faqatgina bozorda unga talab borligni bilgan holda yaratamiz. Prototip yoki sinov uchun namuna juda ham oddiy bo'lishi mumkin, hattoki qo'lda yasalgan narsalardan ham yasasa boladi, ammo tovarimizning asosiy sifatlarini o'zida mujassam etishi shart. Mahsulot unchalik ham mukammal bo'lmasligi mumkin, lekin uning asosida mahsulotimiz sinab ko’riladi. U yordamida ko’p hajmdagi mahsulot ishlab chiqarganingizda qanday muammolarga duch kelishimiz mumkinligini ko’rishimiz mumkin.
5-bosqich. Mahsulotni sotamiz. Eng ideal boshlanish - bu mijozlardan oldindan buyurtma olingan mahsulotlarni sotishdan boshlash. Buning uchun omborda katta hajmdagi mahsulotlar kerak emas. Reklama kompaniyasi boshlash uchun bor yo’g’i prototipni omadli suratini olishni o’zi kifoya. Ijtimoiy tarqmoqlardagi maqsadli reklama sizni auditoriyangizni qancha pul evaziga sizni mahsulotingizni sotib olishga tayyorligini ko'rsatadi. Agar ishlab chiqarishni tezda yo’lga qo’yish imkoni bo'lsa, mijozlar puli to'langan tovarlarni qo’lga kiritishadi. Agar belgilangan vaqt ichida ishlab chiqarish yakunlanmasa, bor yo’gi pullarni qaytarib berasiz.
6-bosqich. Yanada kengayamiz. Birinchi bolib, savdoning oshishi reklama byudjetini oshishi evaziga kuzatiladi. Mijoz jalb qilish uchun 10ming rubl to’lab , 100 ming rubl foyda olish, va 20 ming rubl sarflab 200 ming foyda olish mumkin bo’ladi ammo sizni hududingizda mijozlar soni qisqarib boraveradi.
Startupga pulni qayerdan topsa bo’ladi?
Startap boshlash va rivojlantirish uchun pul topishning bir nechta usullari bor.
1.Biznes-farishtalar yoki invest-malikalardan olish mumkin. Ular startaplarga boshlang‘ich bosqichlarida investitsiya kiritadigan xususiy shaxslar. Ular uzoq vaqt o‘tib foyda olish uchun pul tikishadi, shuning uchun tez muddatda qarzni qaytarishni talab qilishmaydi.
2.Venchur fondlaridan. Ular pul tikkanlarning pulini investitsiya qiladigan kompaniyalardir. Ko‘p hollarda ular bozorga chiqib ulgurgan yosh va kelajagi bor, lekin to‘laqonli start uchun vositalar yetmayotgan startaplarga pul berishadi.
Startap yaratmoqchi bo‘lib, nimadan boshlashni bilmayotgan uchun bir nechta tashkiliy usullar mavjud.
-Biznes inkubator- yosh startapchilar uchun barcha kerakli yordamni (ma'lumot, bilim, ish uchun muhit, eng muhimi esa, kerakli tanishlar) beradigan tashkilot. Biznes inkubatorda startaper salmoqli startapni ishlaydigan biznez planga aylantishini, bozorda o‘z o‘rnini topish, investorlarni jalb qilishni o‘rganadi, va hamfikrlarini topish uchun imkoniyat yaratiladi.
-Biznes-akselerator. Juda kam vaqtda startaperga oddiy g‘oyadan biznesini rivojlantorib bozorga obchiqishi uchun hamma yordamni beradi. Biznes-akseleratorda beriladigan yordam MENTORLIK deyiladi. Har xil usullari bor: kouching, seminarlar, konferensiyalar va individual konsultatsiyalar.
-Texnoparklar. Universitet va ilmiy markazlar qoshida yaratiladigan ilmiy-tadqiqot komplekslari. Maqsadi hayotimizga yangi texnologiyalarni tadbiq qilish. Startaperlar razrabotchiklar bilan ishlab o‘z g‘oyasini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan joydir ham.
Muvaffaqiyatli startap loyihalar misollari.
Balki tavakkalchilik, suv ostidagi toshlari va qiyinchiliklarini ko'rgan yosh startaperlar o'z fikrlaridan qaytarlar, biroq eng jasurlari dunyoni o‘zgartirishadi. Hayotimizni keyingi loyihalarsiz tasavvur qilib ko‘ring. Kim o'ylabdi deysiz, qachonlardir ushbu loyihalar entuziastlar miyasiga kelgan va shubhali tuyulgan g'oyalar mahsuli deb ?
YouTube kompaniyasiga 2005-yilning fevral oyida asos solingan. Startap loyiha yaratuvchilari yuborilayotgan ma'lumotlarning kichik hajmida ham sifatli yozib olishni ta'minlovchi Flash Video texnologiyasidan foydalanishgan. Loyiha juda katta mashurlikka erishib, gigant ko'ngilochar tarmoq - MySpace'ni ortda qoldirdi. 2006-yilda YouTube Google kompaniyasi tomonidan sotib olindi. Startap loyiha yaratuvchilariga 1,5 mlrddan ziyod foyda olib keldi.
"Instagram"
Foto va videoyozuvlar bilan bo'lishish tarmoqlari ichida mashhur tarmoq. Loyiha 2010-yilning 6-oktyabrida chiqqan, 2012-yilning 19-oktyabriga kelib esa Facebook kompaniyasiga sotilgan. Instagram yaratuvchilariga 1 mlrddan ko'proq foyda olib keldi.
"Amazon"
Amazon - internet orqali savdo va xizmat ko'rsatuvchi eng yirik Amerika kompaniyasi. Shuningdek real tovarlarni sotishga asoslangan ilk internet serverlaridan biri. U 1994-yilda amerikalik tadbirkor Jef Bezos tomonidan yaratilgan. 1995-yilda sayt ishga tushgan. Hozirda ushbu startap asoschisi dunyoning eng boy insonlaridan biri hisoblanadi.
"Uber"
San Fransiskodagi Xalqaro Amerika kompaniyasi bo'lib bir nomli taksi chaqirish, to'lovni amalga oshirish va xususiy haydovchi yollash imkonini yaratuvchi ilova. U 2009-yilda asos solingan edi. Kompaniya turli fondlar va investorlardan 12 mlrd investitsiya yig'gan. Hozirgi kunda 76 dan ortiq davlatda tarqalgan.
"Airbnb"
2008-yilning avgustida tashkil etilgan, butundunyo bo'yicha qisqa muddat yashash uchun uy band qilish platformasi. Loyihaning boshlang'ich moliyalashtirishi biznes inkubator tomonidan amalga oshirilgani diqqatga sazovor. AirBnb 200 dan ortiq davlatda yashash uchun uy taklif qiladi. San Fransiskodagi bosh ofisdan tashqari, dunyo bo'ylab 20 dan ortiq megapolislarda mahalliy ofislari mavjud.