UzChess
1.Eng uzoq davom etgan shaxmat partiyasi qancha davom etganini bilasizmi?
Ushbu o'yin 1989-yil, Belgrad shahrida o'tkazilgan turnir davomida bo'lib o'tgan. Raqiblar
Ivan Nikolich va Goran Arsovich o'rtasida o'tgan aqliy jangda ular naqd 269 ta yurishni
amalga oshirishgan. Tasavvur qilyapsizmi?
O'yinning umumiy davomiyligi esa naqd 20 soat, 15 daqiqani tashkil etgan. Sizning shaxsiy
rekordingiz qanday? Izohlarda qoldiring
2.Seytnot, Tay breyk, Armageddon
Shaxmatda ko'p ishlatiladigan ushbu so'zlar ma'nosini bilasizmi?
Seytnot - o'yinchida yurishni o'ylash uchun vaqt qolmagan holatga aytiladi
Tay breyk - o'yinda g'olib aniqlanmaganda, qo'shimcha o'tkaziladigan partiyalar
Armageddon - o'yin durang bilan yakunlanib, tay breyk ham g'olibni aniqlolmasa, hal qiluvchi partiya o'tkaziladi va bu o'yinga armageddon deyiladi
shaxmat o'yinlarini ko'rganingizda, bu kabi soatlarga ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. Lekin, hech o'ylab ko'rganmisiz, bu soat o'zi nega kerak?
Ushbu qurilma shaxmatda qo'llanilishidan oldin o'yinda hech qanday vaqt cheklovi bo'lmagan. Ishtirokchilar bir yurishni soatlab o'ylashlari mumkin bo'lgan.
Bu muammoni yechish uchun esa o'yinlarda qum soatlar ishlatilgan, undan keyin mexanik soatlarga almashtirilgan hozir esa mana bu ko'rinishda foydalanamiz.
Har bir yurish uchun belgilangan vaqtdan o'tib ketsa yutqazgan hisoblanasiz.
Shu sababli shaxmatda faqat o'yinni emas, vaqtni ham to'g'ri boshqarishingiz kerak bo'ladi.
4.Siz tanigan va yoqtirgan qaysi mashhur insonlar shaxmat o'ynaydi?
1.Bill Geyts - microsoft kompaniyasi asoschisi bu o'yinni nafaqat yoqtiradi, balki o'z fondi orqali uni rivojlantirishga ham katta hissa qo'shgan.
2.Arnold Shvartsnegr - ushbu o'yinning ashaddiy ishqibozi ekanini ushbu suratdan ham bilib olishingiz mumkin
Tesla, SpaceX, Neuralink kompaniyalari bilan sizga tanish Ilon Mask 2021-yilda onlayn turnir o'tkazgan va unda 20 mingdan ortiq shaxmatchi ishtirok etgan.
Ushbu ro'yxatga futbolchi Muhammad Saloh, aktrisa Kim Kardashyan, rejissyor Gay Richilarni ham qo'shishimiz mumkin.
Siz ham shaxmatni o'rganmoqchimisiz? Unda safimizga qo'shiling
5.Oqlarda o'ynagan yaxshimi yoki qoralarda?
Statistikaga qaraydigan bo'lsak umuman olganda farqi yo'q. Kim kuchliroq o'ynasa g'alaba o'shaniki.
Oqlarning yutug'i - ular birinchi bo'lib hujumga o'tishlari va o'yin taqdiriga ta'sir qilishi mumkin, qoralar esa himoyalanuvchi pozitsiyadan boshlab, partiyani o'zlari istagan holatga olib kelishi mumkin.
Sizchi, qaysi donalarda o'ynashni yoqtirasiz? oqlardami yoki qoralarda?