August 2, 2020

Qanday qilib telegramda bot yasash mumkin ?

Hozirgi paytda O'zbekistonda eng mashhur messenjer - Telegram borgan sari ommalashib bormoqda. Kun sayin yangi kanallar va vloglar paydo bo'lmoqda. Ushbu maqolada siz Telegramda turli xildagi botlarni yasashni o'rganasiz.

  1. Telegram kanal uchun post chiqarish boti yasash.

1-qadam. Telegramdan @BotFather botini qidirib topasiz. So'ngra /newbot tugmasini bosing.

2-qadam. Hosil qilayotgan botingiz uchun nom tanlang.

3-qadam. Bpt uchun username yozasiz. Yodda tuting: username so'ngida doim bot so'zi bo'lishi shart. Masalan TezTopbot yoki TezTop_bot kabi

4-qadam. Qidiruvdan @ControllerBot ni qidirib toping. So'ngra /addchannel

tugmasini bosing

5-qadam. "Изменить бот" tugmasini bosib, zarur botni tanlang

6-qadam. Agar ro'yxatda siz istagan bot bo'lmasa (hozir yaratgan botimiz chiqmasligi aniq) "Подключить бот" tugmasini bosing

7-qadam. @BotFather'dan kelgan so'nggi xabarni @Controllerbot'ga yuboring(forward)

8-qadam. Endi yaratilgan botni kanalingiz adminlari safiga qo'shing.

Tayyor. Yaratgan botingizga kirib start tugmasini bosing va post yozishni boshlashingiz mumkin!

2.Aloqa bot yaratish. Bu bot sizga obunachilaringiz bilan aloqa qilish imkonini beradi.

1-qadam. Telegramdan @BotFather botini qidirib topasiz. So'ngra /newbot tugmasini bosing.

2-qadam. Hosil qilayotgan botingiz uchun nom tanlang.

3-qadam. Bpt uchun username yozasiz. Yodda tuting: username so'ngida doim bot so'zi bo'lishi shart. Masalan TezTopAloqabot yoki TezTopAloqa_bot kabi

4-qadam. Qidiruvdan @LiveGramBot'ni toping. So'ngra /addbot tugmasini bosing

5-qadam. So'ngra @BotFather'dan kelgan so'nggu xabarni @LivegramBot'ga yuboring(forward)

6-qadam. "Редактировать" bo'limiga kirib "текст"ni tanlang va obunachiga ko'rinishi zarur bo'lgan matnni o'zingiz yozing, chunki Telegram tomonidan taqdim etilgan matnda imloviy xatolar juda ko'p.

Tayyor! O'ylaymizki ushbu maqola siz uchun foydali bo'ldi. Yana qanday bot'larni yasashni o'rganmoqchisiz ? Izohlarda qoldiring.