March 6

matn

Kcell va Tele2

So'z o'yinlari orqali qilingan ushbu marketing janglari sizni hayron qoldirishi aniq

Qozog'iston bozoriga kirib kelgan Tele2 aloqa operatori ishni mahalliy raqobatchisiga hujumdan boshlab, shahar bannerlariga "Tabriklayman QIMMATli Kisel, sening Qimmat bo'lmagan Tele2 ing" reklama kampaniyasini amalga oshiradi. Kcell esa, javobni uzoq kuttirmay "Kisel mi yoki Kcell? Yaxshi eshitilmayapti. Uzilishlarsiz tabriklang" javobini beradi.

Ushbu brendlar orasidagi tashqi reklama jangi esa, hatto bino tomlarida ham davom etgan. Masalan, Tele2 Kcell reklamasi yoniga "Tele2 ni tavsiya qiladi" mazmundagi reklamasini joylashtiradi. Kcell'ning javobi esa undanda qiziq. "Kcell Tele2 ga sifat haqida o'ylab ko'rishni tavsiya qiladi". Ajoyib, shunday emasmi?

Sodiqlik dasturi

"Korzinka kartangiz bormi?"

Korzinkadan savdo qilganingizda bu so'zni kassirdan eshitgan bo'lishingiz aniq. Lekin, hech o'ylab ko'rganmisiz, ushbu karta kompaniyaga nega kerak?

Sodiqlik kartasi - bu xaridingiz uchun sizga keshbek, bonus, chegirma va qo'shimcha imkoniyatlar beruvchi karta hisoblanadi. Ya'ni kompaniya sizga 1, 2 yoki 5% gacha keshbek beradi, siz esa yanada ko'proq bonusga ega bo'lish uchun qayta-qayta aynan shu do'kondan xarid qilasiz, aksiyalarida ishtirok etasiz va raqobatchilarga o'tib ketmaysiz. Agar sizda ham biznesingiz bo'lsa, albatta sodiqlik dasturini ishlab chiqing