August 2, 2020

Marketolog

Marketolog (market-bozor, logo - ma'no, ta'lim) - bozirni o'rganuvchi, xaridorlarning talab va takliflarini inobatga olib, kompaniya uchun bozor strategiyasini ishlab chiquvchi inson.

Marketologlar qaysi mahsulotga va nima uchun talab yuqoriligini baholaydilar, raqobatchi kompaniyalarning ish tizimini, mahsulot va strategiyalarini o'rganib ulardan o'zib ketish uchun sistema ishlab chiqish, savdoni monitoring qilish va sotuvchi, ishlab chiqaruvchi kompaniyaga o'z tavsiyalarini berish, shuningdek xaridorlar fikrlarini o'rganish bilan shug'ullanadilar.

Shuningdek reklama va PR kompaniyalari tashkil etish, nazorat qilish marketologning asosiy vazifasiga kiradi. Ammo yirik kompaniyalarda bitta mutaxassis uchun ko'plik qiladi, shu sababli bu vazifani analitik, marketolog-iqtisodchi, product menejer, event menejer, BTL menejer, brend menejer va marketing bo'limi direktori.

Analitik - ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi

Marketolog iqtisodchi - narxlarni nazorat qilish bilan shug'ullanadi. Bunda u mahsulotning tannarxini, talabni, raqobatdosh kompaniyalarning narxlarini inobatga oladi.

Product menejer - bozorni o'rganish, kompaniya mahsulotini ommalashtirish maqsadida tadbirlar o'tkazish, raqobatdosh kompaniyalar mahsulotlarini analiz qilish bilan shug'ullanadi.

Event menejer- Mahsulotni odamlarga tanitish uchun turli tadbirlarni rejalashtirish, o'tkazish, shuningdek turli aksiyalar, matbuot anjumanlari va korporativ tadbirlar o'tkazish bilan shug'ullanadi.

BTL menejer - kompaniya uchun promoaksiyalar uyushtiradi, masalan degustatsiyaga o'xshash

Brend menejer - Marketing bo'limidagi yuqori lavozim hisoblanadi. Barcha mutaxassislarning ishlarini nazorat qilish, reklama kompaniyalari tuzishni rejalashtirish, sotuvlar rejasini tuzish va nazorat qilish bilan shug'ullanadi.

Qanday qilib marketolog bo'lish mumkin ?

Marketolog kasbini o'rgatuvchi platformalar:

Ingliz tilida

udemy.com

get.google.com

Rus tilida

geekbrains.ru

academy.yandex.ru

O'zbek tilida

Najot Ta'lim

MaqsadAcademy

Alpha Education

Tehnikum o'quv markazlari

Marketolog vazifalari:

-