April 12, 2022

Tibbiyot xodimlari bilan huquqiy-targ‘ibot o‘tkazildi.

Joriy yilning 11 aprel kuni Termiz shahar yuridik xizmat xodimlari tomonidan 1-sonli oilaviy poliklinika xodimlari bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Targ‘ibot davomida xodimlar tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishi, ish beruvchi va xodimlarning huquq, majburiyatlari hamda xodimlarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, suhbat so‘nggida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.