Prezident qarori bilan faxriy donorlarga bir qator huquqlar berilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha oshiriladi.
✅ “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:
● ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
● shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli
va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
● davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish.
✅ Doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush o‘rtog‘ining ota-onalari) statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi.
✅ Donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
✅ Immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi.
✅ Shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.
❗Shuningdek, har oyning ikkinchi haftasi “Qon donorligi haftaligi” deb e’lon qilindi.
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i