May 4, 2025

"Óģirlangan yurak 19-qism."

Jennie oshxonada issiq qahva tayyorlar, bir qo‘li bilan telefonni ushlab kim bilandir muloyim suhbatlashardi.

— Ha, Ha-yoon. Bugun kelolasanmi? — dedi u mehr bilan. — Y/n va Taehyungga ozgina dam kerak. Areum hali ancha nozik holatda…

Ertalab soat o‘n ikki atrofida, eshik jiringladi. Derazada oq nur titrab turgan, ichkariga yangi inson qadam qo‘ydi — 25 yoshlardagi, silliq sochlari orqaga yig‘ilgan, muloyim nigohli qiz. Ismi Ha-yoon edi. U bolaning parvarishi bo‘yicha bilimli, mehribon va sinchkov enagalardan edi.

Ha-yoon

Jennie uni ichkariga olib kirdi. Y/n Areumni quchoqlab turgan, Taehyung esa deraza oldida sokinlikda turardi.

— Bu — Ha-yoon. U endi sizlarga yordam beradi. Men bunga ishonaman, — dedi Jennie ishonch bilan.

Y/n biroz ikkilanib qaradi, lekin Ha-yoon qizchani ohista bag‘riga olib, unga mehr bilan: — Salom, chiroyli Areum. Men seni juda yaxshi ko‘raman, — deganida, Areum darrov xotirjam tortdi. Uning qo‘llari Ha-yoonning bo‘ynidan ushladi, ko‘zlari kulib qaradi.

Taehyung ham Y/nga qarab jilmaydi: — Ko‘rinadi, u ham uni yoqtirdi.

Jennie ohista Y/nning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi: — Endi sizlar biroz dam oling. Men va Ha-yoon bu yerda bo‘lamiz.

Y/n va Taehyung asta yotoqxonaga yo‘l oldi. Nihoyat, oradan oylar o‘tib ilk bor tinchlik. Bolasiz, sokin xona. Faqat yuraklarining ohangida urayotgan sevgi.

Taehyung deraza yoniga borib, pardani yopdi. Xona qorong‘i tus oldi. Y/n to‘shakka o‘tirgancha, ko‘zlarini yumdi. Taehyung asta yoniga keldi, unga mehr bilan tikildi.

— Nihoyat biz yolg‘izmiz… — dedi u past ovozda, ohangida sog‘inch va ehtiros qorishgan.

Y/n unga qarab jilmaydi: — Faqat men va sen…

Ular bir-birlariga yaqinlashishdi. Taehyung sekin Y/nning yuzini qo‘llari bilan ohista ushlab, peshonasiga labini qo‘ydi. Bu shunchaki o‘pich emasdi — bu orzulariga yetgan yuraklarning sukunatdagi qasami edi.

Ular yostiqlar orasiga suykalib, biri ikkinchisining nafasini tinglab, so‘zsiz bir-birini anglab yotishdi. O‘tmishdagi og‘riqlar, qiyinchiliklar, Areumning dunyoga kelishi — hammasi ularni bog‘lagan edi.

Tong yana yangi quvonchlar bilan kelishi aniq edi.


Y/n asta ko‘zlarini yumdi. Oxirgi oylar charchoq, iztirob va cheksiz g‘amxo‘rliklar bilan to‘ldi. Ammo bugun — nihoyat, tanasiga sukunat o‘rnashgan, yuragiga esa osoyishtalik.

To‘shakda yotganida, Taehyung yoniga sekin cho‘zilib keldi. U Y/nning kaftini ushladi, so‘ngra asta, mehr bilan yelkasini siladi. Barmoqlari bo‘ylab orqaga, bo‘yin sohasiga o‘tdi — u yerda zo‘riqish to‘plangan edi. Taehyung buni sezdi.

— Hali ham og‘riyaptimi? — deb so‘radi u pichirlab.

Y/n shunchaki bosh irg‘adi. So‘zsiz. Taehyung esa davom etdi. Uning har bir harakati Y/n tanasiga qulaylik olib kelar, bo‘g‘inlarida yig‘ilib qolgan charchoqni asta so‘rib olgandek edi. Har bir uqalash, har bir iliq nafas uning ruhini ham davolardi.

Taehyung Y/nning bel sohasiga, so‘ngra sonlariga o‘tdi. Yumshoq barmoqlari bilan u har bir mushakni asta bosib chiqdi. Bu og‘riq emasdi — bu yengillik edi. Go‘yo, har bir harakati bilan Y/nni dunyo tashvishlaridan ajratayotgandek.

— Men sening har bir og‘riqni sezaman, — deb pichirladi u, Y/nning qulog‘iga. — Va har kuni ularni senga sezdirmaslikka harakat qilaman.

Y/n ko‘zlarini ochdi, unga mehr bilan qaradi. So‘zsiz. Bu nigohlarning o‘zi yetarli edi. Taehyung yuzini Y/nning bo‘yiniga yashirdi, ularning nafaslari uyg‘unlashdi.

Xuddi shu paytda, mehmonxonada Jennie Areumni bag‘riga bosib, unga asta biror bolalar qo‘shig‘ini sekin pichirlardi. Kichkintoy sekin-sekin ko‘zlarini yumdi, og‘zidagi kichkina tishlari biroz ko‘rinib turar, ammo endi og‘riqdan emas — tinchlikdan.

Jennie unga mehr bilan qaradi: — Sen — butun oilani birlashtirgan kichkina mo‘jizasan.

U asta chiroqni o‘chirib, Areumning yoniga kichik quyoncha o‘yinchog‘ini qo‘ydi. So‘ng deraza pardasini yopib, u ham sukutli xonani tark etdi.

Bu tun — dam olish, tuzalish va yangi kuch to‘plash tuniga aylangandi.

Tinch tun davom etayotganida bir qattiq ovozdan hamma uyģondi...