𝘿𝙚𝙗𝙩
Qoronģu tun, yomģir endi tomchilab boshlamoqda.
Katta saroyda esa qizning ota onasi va...mafia boshliģi Jungkook.
Òrtada qolgan uzoq sukunatdan keyin otasi gap boshladi.
– Bizga sizning yordamingiz kerak...mening bizness ishim negadur qulay boshladi. Tiklashim uchun esa kòp pul ketar ekan. Sizni maqtashgani uchun chaqirgan edik.)
Jungkook tirsaklarini tizzasiga òyib, otaning kòzlariga tikildi.
– Sizning qizingiz bor...tòĝrimi?)
Ona huddi gap qayerga ketayotganini sezgandek nafasini ushlab turdi.
Jungkook uzoq òylab qoldi va aqil bilan ish kòrish kerakligini tushundi.
– Sizlarga yordam bersam, yani qarz bersam, tòlay olmasdan qochib ketishingiz mumkin. Ammo men qarz tòliq tòlangunga qadar qizingizni òzim bilan olib ketsam...tezroq tòlarsizlar? )
Otaning jaxli chiqa boshladi ammo hech narsa qila olmadi. Nima ham qila olar edi?
Haqiqatdan ham qarz muddatigacham beradigan hech vaqosi qolmagan edi.
– Roziman...faqat menga va'da berishingiz kerak, janon Jungkook.)
Ona bu qarordan norozi, " yòq " demoqchi bòlgandek bòldi ammo eri uni jim qildi.
Jungkook qoshini kòtardi, yuzi sovuq.
– Qizimni asraysan. Qòl tekkizmaysan. Chunki 1 ta yagona qizim, malikam u meni. Agar u seni deb yiģlasa yoki menga sen haqingda shikoyat qilsa, seni òzim adabingni beraman. Va'da?)
Jungkook chuqur kuldi, sovuq yuziga biroz rang yugurgandek bòldi.
– Men òz sòzimda doim turganman, turaman ham. Ishonmasangiz men ketdim, vaqtim yòq.)
Endi òrnidan turar ekan, ota baqirdi.
– Yòq, yòq! Mayli biz rozimiz...lekin qachon?)
Yigit ketishga shaylanib òrnidan turdi.
– Ertaga qizingizni olib ketaman, albatta pul bilan kelaman.)
Ota noiloj rozi bòldi va Jungkookni kuzatdi.
Ona esa qizining xonasiga yugurdi.
Yunaning onasi Mrs. xonim xonaga taqillatmasdan kirdi. Qiz uxlayotgan edi. Onasi uning oldiga òtirdi va sochlarini silab, yiģladi.
– Mening bechora qizim...seni qutqarish uchun hech narsa qila olmayapman. Meni kechir...)
Qizini qattiq quchoqlab, hidini hidladi. Va òsha yerda uxlab qoldi.
Otasi esa biroz ichkilik ichdi, ichida yonayotgan bu alamni òchira olmayapti. 21 yil avaylagan guli endi qaysidir qarz uchun òrtada qolmoqda...
Mr. Pov: Nahotki...qayerda xato qildim? Agar hamma pullarni ishlatib yubormaganimda biznesga ham, oilamga ham yetar edi... Jin ursin!))
Ertasi kuni ham tez yetib keldi. Ona qizining uyģonishini istamay qattiq quchoqlab, qurigan kòz yoshlari bilan yuzini uning bòyniga kòmdi.
Yuna sekin asta kòzini ochdi. Onasining issiq taftini his qilib, tabassum qildi.
– Tong...qizim. senda gapim bor...faqat qòrqmaslikga va'da ber....)
Qiz hayron qoldi, onasiga biroz ikkilanish va hayajon bilan qaradi.
– Ayting, qòrqmaslikga va'da beraman.)
Ona chuqur nafas oldi, titrayotgan qòllari qizining yuzini siladi.
– Seni 21 yil boqdik...juda erka òsding. Ammo bilasan, hozir dadangning ishlari orqaga ketmoqda. Shuning uchun biz katta biznessmen mafia insonni topdik ammo u qarz tòliq tòlangunicha seni olishni istayapti.)
Ona òzini tòxtatib, qizning reaksiyasini kutdi.
– Lekin senga qòlini teqqizmas ekan, va'da berdi...)
– Ha,) deya ohista javob berdi onasi
Qiz hech narsa demadi, qòliga qarab egilib qoldi.
– Kasalligimizni aytdingizmi?)
– Yòq hali...bugun seni olib ketar ekan. Òsha payt aytmoqchi edim.)
Qiz onasini quchoqlab, òzini tinchlantirish uchun chuqur nafas oldi.
– Ona...ketgim kelmayapti, lekin ketasam biz ochlikdan qiynalamiz? Balkim ketmasman?
Bu gapni otasi eshitib jaxli chiqti. Xonaga kirib baqirdi.
– Qizim, bizni ham òyla! U yigit senga tegmaydi ham.
– Roziman. Lekin onamga achinyapman! Ular meni tuni bilan quchoqlab yiģlab chiqibdilar.)
Onasi xonadan chiqib ketdi, chiday olmadi.
Bir necha soat qiz narsalarini yiģish bilan òtkazdi.
Eshik darvozasi oldida mashina tòxtab, Jungkook uyga kirdi.
Yunaning ota-onasi uni kutib olishdi.
Yuna zinalardan sumkasi bilan tushar ekan, yigitga nafrat kòzlari bilan qaradi.
Ona: "Bu bizning qizimiz Yuna...lekin u kasal. Qon kamligi bor unda. Uni asrang...iltimos.)
Yigit bosh irģadi va qizning qòlini sekin oldi.
Shu payt qiz qòrqdi...onasiga umid kózlari bilan qaradi
Onasi qizini qattiq quchoqladi.
– U yerda jim yur...seni tezda qaytarib olamiz, vada beraman.)
Jungkook sabri tòlib qizni kòtardi. Sumkasini ham olib mashinaga sekin joyladi.
– Qòrqganim uchun uzur... endi menga kim bòlasiz?)
Jungkook mashinani ishga tushirdi va òz saroyiga haydadi.
– Uyga borganimizda aytaman, endi jim ket.)