Obsession...
1-𝒒𝒊𝒔𝒎☁︎
Hamma narsa tunda boshlanadi. Ayniqsa, xavfli narsalar.
Taehyungning stolidagi qora vino hali tugamagan edi. U zerikkan, ammo nazarini tortgan bir narsa bor edi — sahnada raqsga tushayotgan qiz. Y/n.
U oynayotganda, uning ko‘zlarida nimadir bor edi — sovuqlik?
Qiz shu qadar raqsga berilib ketgan ediki, atrofdagi hech kimni his qilmadi.
Taehyung esa dam olish uchun doʻstlari bilan klubga borgan edi. Bu yerga kam kelgani uchun unchalik raqqosalarni tanimas edi.)
Taehyung Jungkookni sekin turtdi.
Jungkook Y/n ga qaradi va lab chetida sekingina jilmaydi.
Jk: "Klubdagi yangi qiz...chiroyli emasmi?"
Thv: "Bilmadim, odatda men qizlarni uncha farqlamayman. Lekin tan olish kerak, chiroyli qiz ekan."
Taehyung shu gaplarni aytib Jungkook bilan birga kuldi va vino ichdi.
19 yoshlik, Korealik qiz.
U barda raqqosalik qilib pul topadi.
Ota-onasi esa boshqa shaharda ishlaydi, shuning uchun Y/n oʻzini boqishga majbur.
Lekin hali...bokira.
Jungkook sekin asta qiz tomon yaqinlashdi va sezdirmasdan sochlaridan hidladi. (Mast)
Y/n Jungkookni sezdi va ortiga oʻgirildi.
Jk: "Salom, goʻzal qiz. Sir boʻlmasa bu raqslarni qayerdan oʻrganding?"
Y/n raqsga tushishni toxtatdi va Jungkookga toʻliq oʻgirildi.
Y/n: Oʻylab koʻrchi, qayerdan oʻrganganman?"
Jungkook biroz oʻylandi, keyin yana qizga yaqinlashdi.
Jk: "Bilmadim. Uyda raqsni koʻp mashq qilgansan yoki...kimdirdan koʻrib yodlab olgansan."
Y/n kuldi va qoqilib ketay deb turganida Taehyung kelib qizni tutib qoldi.
Thv: "Raqsni koʻrsataman deb oyogʻingdan ayrilib qolma, qizaloq."
Y/n shokda qoldi, Taehyung koʻziga juda tanish koʻrindi.
Y/n: "Hoy, men seni qayerdadir koʻrganman..."
Taehyung qizga turishga yordam berdi.
Y/n qotib qoldi, butun tanasi muzlab ketdi. Umrida bunday boʻlmagan edi.
Y/n: "H-haligi... onamning kichkina qutisida senga oʻxshagan yigitning surati bor edi... menimcha oʻxshatdim."
Taehyung hayratga tushdi. Uning surati onasining qutisida? Nega aynan u? Unga oʻxshagan odam bormi?
Y/n boshqa tarafga ketdi, biroz suv ichdi. Lekin Taehyungning yuragida gʻoʻlgʻula allaqachon bor. Savollar koʻp, javob yoʻq.
Taehyung qizdan shubxalandi. Boshida qizni telba dib oʻyladi. Lekin baribir yuragi uni tinch qoʻymadi. Qizni kuzatib, uyiga borishga qaror qildi.
Soat allaqachon 00:30. Y/n kiyimlarini almashtirib uyiga qaytdi. Albatta Taehyung uning ortida.
•
•
•
•
•
•
Y/n dush qabul qildi. Va uhlashga yotdi. Oradan 30 daqiqadan soʻng eshik taqilladi. Bu kim? Soat tungi 1 da...)
Qiz arang uyquli koʻzlarini ochib eshik tomon yura boshladi va tirqishdan kim kelganini koʻrish uchun qaradi va sekin soʻradi.
— Kim?)
•
•
Taehyung tomoq qirdi.
Qiz xalatini kiydi va eshikni sekin ochdi. Koʻzlari uyqusiraganidan yumilib ketay deyabdi.
Taehyung ichkariga kirishga ruxsat soʻrab qizga qaradi. Qoʻlida nimadir bor.
— Och boʻlsangiz kerak. Sizga narsa olib keldim. Nega ovqatlanmay uhlamoqchisiz?)
Sekin uyga kirdi, stulga Y/n bilan oʻtirdi.
Qiz hayron qoldi.
— Menda nima ishingiz bor? Men uhlashim kerak.)
— Noz qilish shart emas. Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi degan gaplar bor. Shuningdek, ochligingni yashirsang, qorning seni oshkor qilishi mumkin. Endi oʻtir va men olib kelgan narsalarni yeb, mening savollarimga javob ber.)
Y/n Taehyungning bu ovozidan biroz titradi va oʻtirib, yeyishni boshladi.
Taehyung stul atrofida sekin aylanib yurdi va toxtadi.
Y/n ovqatini yeb, tinchgina javob berdi.
— Onamning javonida. Sen haqingda koʻp gapirgan.)
— Demak meni onang ham taniydi...nimalar degan?)
Y/n eski xotiralarni eslab, gapirib bera boshladi...)
— Bunga 5 yilcha boʻldi. Onam sehirgar. Hamma narsalarni oldindan koʻra oladi, seza oladi. Va mening taqdirimni ham aytib bergan edi. Sening suratingni menga tutqazdi va bu sening kelajakdagi ering deya tanishtirdi. Albatta ishonishim qiyin boʻldi, ammo u hamma narsani bilishiga yana bir marta amin boʻldim. Mana, qarshimda turibsan.)
Taehyung biroz tushungandek boʻldi.
Y/n javon oldiga keldi va rasmni qidira boshladi. Uni sekin olib, Taehyungga uzatdi. Rasm biroz gʻijim boʻlishiga qaramasdan aniq uning rasmi edi.
— Demak men seni sevib qolishim kerak..)
— Axmoqlik. Sehirga ishonmayman.)
Shu gaplarni aytib chiqib ketdi. Qiz esa biroz sehirni kuchga soldi va uhladi. Erta tongda esa Taehyung allaqachon sehirlangan...uni nimalar kutayotganini hech kim bilmaydi. Taqdiri deyarli qizning qoʻlida.