BELGILANMAGAN JOYLARDA SAVDO-SOTIQ FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANMANG!
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 75-son qarori talab qoidalari hamda belgilanmagan joylarda noqonuniy savdo faoliyatini oldini olish maqsadida tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari belgilanmagan joylarda, jumladan, piyodalar yurish yoʻlakchalarida noqonuniy savdo faoliyati bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar olib borib, ularga ogohlantirishlar berildi.
Noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotganlar bir necha bor rasman ogohlantirishlarga qaramay, belgilanmagan joylarda, jumladan, piyodalar yo‘laklarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib, piyodalar harakatlanishi uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda. Bunday holatlar qayta takrorlansa, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi haqida ogohlantiramiz!