Bayram tadbirlari
January 14, 2022

14-YANVAR – «VATAN HIMOYACHILARI KUNI»

Bugun Marhamat tumanida 14-yanvar – «Vatan himoyachilar kuni» va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligini 30 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Tadbir tumanimiz markazidagi Markaziy xiyobondagi «Motamsaro Ona» haykali poyiga tuman hokimi B.Yuldashev boshchiligida tuman prokurorining katta yordamchisi F.Abduxokimov, Departamentning tuman bo‘limi boshlig'i F.Ibragimov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik J.Qosimov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Marhamat tuman Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i J.Abdullayevlar ishtirokida gulchambar qoʻyish bilan boshlandi.

Shuningdek, tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman IIB, «Vatanparvar» tashkiloti Marhamat tuman oʻquv sport texnika klubi, tuman TTB, tuman XTB, tuman MTB xodimlari hamda tumandagi barcha tashkilotlar, muassasalar rahbar va xodimlari, harbiy qism ofitser va harbiy xizmatchilari kasb liboslari va harbiy formalarda ishtirok etdilar.

Tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.