TIBBIYOT
January 18, 2022

POLVONTOSh MFY AHOLISI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Bugun Polvontosh MFY hududida aholi oʻrtasida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik boʻlib oʻtdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari hamda ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika, 36-Oilaviy poliklinika shifokorlari hamkorlikda Polvontosh MFY hududida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

Unda KTMP shifokorlaridan okulist, kardiolog, terapevt, nevropatolog, dermatovenerolog, akusher-ginekolog, pediatr hamda UTT shifokorlari tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Z.Umarov boshchiligida aholini bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

Shuningdek, fuqarolardan qon tahlillari ham olinib, natijalari shu joyning o‘zida berildi.

Ma'lumot uchun:

Bugun 450 nafardan ziyod fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bepul dori-darmonlar bilan ta'minlandi.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.