Qurilish bo‘limi
March 2, 2022

MARHAMAT TUMANIDA «YASHIL MAKON» UMUMMILLIY LOYIHASI

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Marhamat tumanidagi yangi barpo etilgan «Buyuk maskan» dam olish markazida mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlarini ekish aksiyasi oʻtkazildi.

Aksiyani Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari M.Nishanov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Shundan soʻng, tuman hokimi B.Yuldashev aksiya ishtirokchilarini bahorning ilk kuni bilan qutlab, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi. Aksiya davomida yoshi ulugʻ, koʻpni koʻrgan momolarimiz tomonidan qadimiy urf-odatlarimizdan birini aks ettiruvchi chalpaklar tayyorlandi.

Aksiyada tuman hokimligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, mahalla fuqarolar yigʻini hamda tumandagi barcha tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Aksiya davomida tumandagi aholi yashash xonadonlariga, boʻsh turgan yerlar hamda adirlik hududlariga povloniya, archa, tut, terak, uzum, olma, anor kabi mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

Tumanimizning barcha hududlarida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.