Sport
March 2, 2022

SPORT - SOG‘LIK GAROVI

Marhamat tumanidagi Alitepa MFY hududida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha joriy yilning 2-mart kuni yoshlar o‘rtasida tuman birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada Marhamat tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchilari hamda umumta'lim maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etdilar.

Musobaqada sportning voleybol turi bo‘yicha 8 ta jamoadan tashkil topgan qizlar jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Sportning shaxmat turi bo‘yicha 65 nafar sportchi yoshlar bahs olib bordilar.

Shuningdek, sportning suzish turi bo‘yicha musobaqa Alitepa MFY hududidagi xususiy yopiq suzish havzasida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa tuman BO‘SM shug‘ullanuvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Musobaqalarda jami 220 nafardan ziyod sportchi yoshlar ishtirok etdilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoalar va sportchi yoshlar tuman Turizm va sport bo‘limi hamda tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi tomonidan 1-2-3-darajali diplomlar bilan munosib taqdirlandilar.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.