TIBBIYOT
January 21, 2022

UVAYSIY MFY AHOLISI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Bugun Marhamat tumani Uvaysiy MFY hududidagi 31-oilaviy poliklinikasida aholi oʻrtasida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik boʻlib oʻtdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari, tuman ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika shifokorlari hamda «Furqat» viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasi shifokorlari bilan hamkorlikda Uvaysiy mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Unda hamkorlikdagi shifokorlardan travmatolog, okulist, kardiolog, terapevt, jarroh, nevropatolog, dermatovenerolog, akusher-ginekolog, pediatr, UASH, hamda UTT shifokorlari aholini bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

Fuqarolardan qon tahlillari ham olinib, natijalari shu joyning o‘zida berildi.
Tibbiy ko‘rikda 330 nafar aholi qatnashib, ularning 12 nafariga viloyat shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Shuningdek, jismoniy harakati cheklangan bemorlar yashash xonadonlariga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, byudjetdan dori-darmon bilan ta'minlandi.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.