XALQ ROZILIGI – BOSH MAQSADIMIZ
Hozirgi kunda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 30-yanvar kuni investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha viloyat hokimining o'rinbosari B.Xamrayev Marhamat tumani 1-sektor hududidagi og'ir hudud sifatida qayd etilgan Konchilar MFYga tashrif buyurdi.
Tumanimiz hokimi B.Yuldashev hamda tuman hokimining o'rinbosarlari hamrohligida u yerda soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma holatlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ushbu hududdagi 20-umumiy o'rta ta'lim maktabini qorg'on devor bilan o'rash, shu mahallada istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg'iz, boquvchisini yo'qotganlarning uylari ta'mirlab berilishi, Konchilar MFY hududidagi ichki yo‘llarni ta'mirlash zarurligi ta'kidlanib, Baxmal ko‘chasining 5 km qismiga shag‘al yotqizish, masalalari bo‘yicha tegishli soha vakillariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi faollar zalida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni tez fursatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida ushbu hududning 1 km qismi shag'allandi, 50 ta xonadon gaz balon bilan ta'minlandi. Elektr energiyasi havo tarmoqlari tortish uchun 15 dona beton tayanch ustun(stalba)lar keltirilib, tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatildi.
Bundan tashqari hududni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududning obodonlashtirish ishlariga e'tibor qaratilib, hududlarda tozalash ishlari amalga oshirildi.