XALQ ROZILIGI - BOSH MAQSADIMIZ!
Marhamat tumani tibbiyot birlashmasi tizimidagi 35-Oilaviy Poliklinikasida Shomat, Paxtakor, Qushchi hamda Shoʻrqishloq mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrik jarayonida terapevt, oftalmolog, kardiolog, nevropatolog, stomatolog, jarroh kabi tor doiradagi mutaxassislar ishtirok etdilar.
250 dan ortiq aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, koʻrik mobaynida 7 nafar bemorga tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi statsionarlarda davolanish uchun yoʻllanmalar berildi.
Oʻtkazilgan tibbiy koʻriklarda laborator hamda funksional tekshiruvlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, Ultratovush tekshiruvi, EKG tekshiruvi va laborator tekshiruvlari amalga oshirildi.
Reja asosida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar aholining tibbiyot xodimlari faoliyatidan, shuninngdek, xalqqa koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan roziligini taʼminlashga qaratilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar nogironligi bor bemorlarning uylariga borildi. Ular ham chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va zarur dori-darmon vositalari bilan taʼminlandilar.
Bundan tashqari Paxtakor MFY hududida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Marhamat TTB ASTTQQ va JFO bo‘linmasi mudiri A.Saidakbarov tomonidan sog'lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Bunday tibbiy-ko‘riklar tumanimizdagi barcha MFYlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.