MARHAMATDA «YASHIL MAKON» UMUMMILLIY HARAKATI DAVOM ETMOQDA
Andijon viloyati prokurori S.Eshquvvatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Xoʻjamberdiyev, tuman hokimi B.Yuldashev, tuman prokurori O.Qayumov, tuman IIB boshlig‘i J.Qosimov hamda viloyat prokuraturasi, Departament va MIB boshqarmalari xodimlari ishtirokida Marhamat tumani 2-sektor hududidagi ogʻir hudud sifatida qayd etilgan «Uvaysiy» mahallasida «Yashil makon» umummilliy harakati doirasida tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida ushbu hududning Beshmirza koʻchasiga 800 tup manzarali daraxtlar va 2500 tup mevali daraxtlar ekildi va mahalladagi xonadonlarga tarqatildi.
Shuningdek, mutasaddi rahbarlar ushbu mahalla o‘ramida xonadonlarda bo‘lib o‘tayotgan, xalqimizning urf-odatlaridan biri hamda bahor faslining sevimli taomlaridan sumalak pishirish jarayonida ham ishtirok etdilar.
Shu bilan birga, viloyat prokurori S.Eshquvvatov ushbu hududda yashovchi bir nafar nogiron farzandini tarbiyalab kelayotgan Tashlanova Maloxatxonning yashash xonadonida boʻlib, ularning yashash sharoitlari va muammolari bilan tanishdi. Viloyat prokurori tomonidan ushbu oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek, M.Tashlanovaning nogiron farzandini davolanishi uchun sharoit yaratildi va xonadonning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolari hal etilishi taʼminlandi.